So’nggi yangiliklar

11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  1 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1

O'FF prezidenti yoshini o'zgartirgan 5 nafar futbolchini umrbod futboldan chetlatdi Yangiliklar

O'FF prezidenti yoshini o'zgartirgan 5 nafar futbolchini umrbod futboldan chetlatdi

Teglar :  O'FFUmid Ahmadjonov
O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan futbolimizda shaffoflikni taminlash, nohaqliklarni oldini olish va g'irromliklarga barham berish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, futbolchilarning yoshini kichraytirib ko'rsatish, hujjatlarni qalbakilashtirishga qarshi kurashish, bu illatlarning ildiziga bolta urish maqsadida, mavjud malumotlar muntazam ravishda o'rganilib, tahlil qilib borilmoqda.

Tahlil asnosida bir qator noqonuniy holatlar yuzaga chiqdi.

Jumladan, 2008 yil U-16 va 2011 yil U-19 Osiyo chempionatlarida O'zbekiston terma jamoasi tarkibida qatnashgan Abdumutal Abdullaev o'z tug'ilgan sanasini 19 sentyabr 1992 yil sifatida ko'rsatgan. Aslida esa bu futbolchining ismi-sharifi tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi bo'yicha Nodir Teshabaev bo'lib, 1989 yil 4 oktyabr kuni tug'ilgan. Ayni paytda bu futbolchi hech qaysi jamoa tarkibida to'p surmayapti.

2010 yil Toshkentda o'tgan U-16 Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi tarkibida to'p surgan Muhammadjon Abdullaev o'z tug'ilgan yilini 1994 yil sifatida ko'rsatgan. Bu futbolchining tug'ilganlik haqidagi guvohnomasida tavallud kuni sifatida 23 noyabr 1991 yil ko'rsatilgan. Muhammadjon Abdullaev 2013 yili o'z ismini Muhammadjon Rasulovga o'zgartirib, Birinchi ligadagi “Xotira-79” jamoasida to'p surib kelgan.

2012 yil U-16 Osiyo chempionatida hamda 2013 yil BAAda o'tgan U-17 JCHda O'zbekiston terma jamoasi tarkibida qatnashgan Ulug'bek Davlyatov tug'ilgan yilini 1996 yil sifatida ko'rsatgan. Aslida esa tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi bo'yicha uning ismi Nuriddin Hasanov bo'lib, 1994 yil 20 iyul kuni tavallud topgan. Bu futbolchi shu paytga qadar “Surxon” jamoasida to'p surib kelgan.


2012 yil U-16 Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi tarkibida to'p surgan Zokir Ahmadaliev o'z tug'ilgan yilini 1996 yil sifatida ko'rsatgan. Aslida esa tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi bo'yicha bu futbolchining ismi Dilshod Ahmadaliev bo'lib, 1994 yil 2 noyabr kuni tavallud topgan. Bu futbolchi “Bunyodkor” jamoasida to'p surib kelgan.

Hasanov Burhon “Buxoro” klubi yoshlar jamoasi futbolchisi. 2000 yil tug'ilgan deb ko'rsatilgan. Aslida esa 1998 yil tavallud topgan.

Yuqorida nomlari tilga olingan futbolchilar O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan bir umrga futboldan chetlatildi.



"O'zbekiston futbol federaciyasi doimiy ravishda futboldagi g'irromliklar, yosh kichraytirishlar va hujjatlarni soxtalashtirish bilan bog'liq holatlarga qarshi kurash olib boradi. O'zbek futbolidagi har bir futbolchini shaxsan o'zim tekshiraman. Agar qonunbuzarliklar aniqlansa, qatiy ravishda jazolanadi. G'irrom futbol bizga kerakmas.

O'z yoshini kichraytirib, chet elda to'p surib yurgan futbolchilar haqida ham menda barcha malumot bor. Tez orada ular haqida ham batafsil malumotlar elon qilinadi va tegishli choralar ko'riladi.

SHuningdek, futbolchilarni chet davlatlarga sotish bo'yicha qoidabuzarlikka yo'l qo'ygan, katta pul ishlash maqsadida, futbolchini g'irromlikka qo'l urishga majbur qilgan futbol agentlari haqida malumotlar to'plangan. Bu malumotlar ham tez orada federaciya rasmiy saytida elon qilinadi va ularga tegishli jazolar tayinlanadi", - deydi O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov.

Reyting: +121   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика