So’nggi yangiliklar

16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  2 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  1 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  7 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  4 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4 12:30Малайзия CAFA мусобақасида иштирок этмайдиган бўлди. Бунинг сабаби ҳам маълум  22

O'FF prezidenti rasmiy tashrif bilan Qatarga bordi Yangiliklar

O'FF prezidenti rasmiy tashrif bilan Qatarga bordi

O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar Futbol Uyushmasining Prezidenti SHayx Hamad bin Xalifa bin Ahmad ol Taniyning taklifiga ko'ra Dohaga xizmat safari uyushtirib, dunyodagi eng yaxshi futbol akademiyalaridan biri sanalgan “Aspire”ga tashrif buyurdi.

“Aspire” bizda juda katta taassurot qoldirdi”, - deydi Umid Ahmadjonov O'FF matbuot xizmatiga. “Ertaga Qatar Futbol Uyushmasi bilan memorandum imzolanishi oldidan, o'ylaymanki, bugungi safar juda samarali bo'ldi. Biz ikki mamlakatda bolalar-o'smirlar futbolini rivojlantirish maqsadida ushbu akademiya bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yishni rejalashtirganmiz”.

Umid Ahmadjonov bugun, shuningdek, “Aspetar” sportga ixtisoslashgan tibbiyot markazida bo'ldi. O'FF delegaciyasi markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, “Aspetar”ning O'zbekiston futboli uchun foydali jihatlarini yaqindan o'rganishga muvaffaq bo'ldilar.

Umid Ahmadjonov 17 oktyabr kuni Dohada Qatar Futbol Uyushmasi prezidenti SHayx Hamad bin Xalifa Ahmad ol Taniy bilan uchrashadi. Uchrashuv yakunlariga ko'ra O'zbekiston va Qatar futboli rahbarlari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi kutilmoqda.

Qatar safari Umid Ahmadjonovning O'FF prezidenti etib saylanganidan beri amalga oshirgan uchinchi xorijiy safaridir. Bunga qadar Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino va BAA futbol uyushmasi vice-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan uchrashgan edi.


Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика