So’nggi yangiliklar

14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8

O'FF prezidenti FIFAning eng yaxshilarni taqdirlash marosimida qatnashadi Yangiliklar

O'FF prezidenti FIFAning eng yaxshilarni taqdirlash marosimida qatnashadi

O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov va Ijroiya qo'mitasining azosi Bobur SHodiev FIFA prezidenti Janni Infantinoning taklifiga ko'ra rasmiy tashrif bilan Angliyaga uchib ketdi.

23 oktyabr kuni Londonda FIFAning yil yakunlariga bag'ishlangan ananaviy gala-oqshomi bo'lib o'tadi. “The Best FIFA Football Awards 2017” deb nomlangan ushbu tantanali kechada O'FF delegaciyasi ham ishtirok etadi.

Mazkur tadbir arafasida Umid Ahmadjonov va Bobur SHodiev dunyoning bir qator futbol federaciyalarining rahbarlari va delegaciyasi azolari bilan uchrashib, o'zaro fikr almashishni rejalashtirgan. SHu jumladan, Angliya Futbol Uyushmasining prezidenti Greg Klark bilan ham uchrashuv tashrif dasturidan o'rin olgan.
FIFAnnig yil yakunlariga bag'ishlangan tantanasida sayyoramizning eng yaxshi futbolchilari va murabbiylariga futbol olamining dunyo miqyosidagi eng nufuzli sovrinlari topshiriladi. “The Best FIFA Football Awards” deb nomlangan mazkur tadbir 2016 yilda sobiq “Ballon d’OR” (“Oltin to'p”) mukofotining o'rniga tasis qilingan edi.
Bu yilgi tadbir Londonning muhtasham “Palladium” teatrida bo'lib o'tadi. Tadbirni dunyoga mashhur boshlovchilar Idris Elba va Laylo-Anna Lilar olib boradi. Sobiq va bugungi kun futbolchilari – Roberto Di Matteo, Jey-jey Okocha, Aleks Skott, Andrey SHevchenko va Piter SHilton kabi yulduzlar tadbirning elchilari sifatida ishtirok etadilar.
Dushanba oqshomida bo'lib o'tadigan ushbu tantanadagi dunyoning eng yaxshi erkak futbolchisi va ayol futbolchisi, shuningdek, eng yaxshi erkaklar jamoasining murabbiyi, eng yaxshi ayollar jamoasining murabbiyi kabi nominaciyalarda g'oliblar taqdirlanadi. G'oliblar FIFAga azo mamlakatlarning murabbiylari, futbolchilari va ommaviy axborot vositalari vakillarining ovozlari asosida aniqlanadi. Aynan shu to'rt mukofot kechaning bosh mukofotlari sanaladi.

Umuman olganda esa FIFA gala-oqshomida 8 ta nominaciyada g'olib taqdirlanib, 11 kishidan iborat dunyoning ramziy terma jamoasi ham aniqlanadi.
FIFAning “The Best Football Awards 2017” marosimi FIFA rasmiy sayti va FIFAning “Youtube”dagi rasmiy kanali orqali namoyish etiladi.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика