So’nggi yangiliklar

15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  1 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  0 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  3 14:31Ашурматов "Химки"дан учралган мағлубиятга изоҳ берди  0 14:07Альвареснинг агенти келаси ҳафтада "Ман Сити" билан музокаралар ўтказади. Клуб ўйинчини 40-50 млн еврога сотмайди  1 13:39"Ливерпуль" Робертсонга ўринбосар топди  0 13:105та гол урилган "Андижон" — ОКМК ўйини ёҳуд олмалиқликларнинг даҳшатли камбэкидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:50Футзал. ЖЧ-1992. Пеле томоша қилган ҳамда онасининг қорнида тўп тепишни бошлаган ялангоёқ болакайнинг энг яхши ўйинчига айлангани ҳақида ҳикоя қиламиз  0 12:36"Атлетико" Альварес учун 47+12 млн фунт таклиф қилмоқда, "Ман Сити" 70+20 млн хоҳламоқда. Мадридликлар пессимистик кайфиятдалар  3 12:05Гвардиола Англия терма жамоасининг қизиқишини изоҳлади  0 11:37Галлахер Испания клубига ўтишга яқин  1 11:05Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Юнайтед" - "Ливерпуль" 0:3, Каземиро "замах" га алданди  2 10:48FourFourTwo футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳимоячилар рейтингини тузди   15 10:20«Бавария» ҳимоячисини «Манчестер Юнайтед»га сотишга рози бўлди  3 09:53«Барселона» ва «Реал Мадрид» АҚШдаги ўзаро учрашувидан қанча пул ишлаб олгани маълум  10

O'FF prezidenti Babayan va Jalilovning hisobotini qabul qildi Yangiliklar

O'FF prezidenti Babayan va Jalilovning hisobotini qabul qildi

Ushbu haftada O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti huzuridagi murabbiylar kengashining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.
Unda milliy va olimpiya terma jamoalarining hisoboti tinglandi. 

Majlisga O'FF Prezidenti Mirabror Usmonov raislik qildi. Murabbiylarning hisobotidan avval u kun tartibidagi masalalar bo'yicha kengash azolari va taklif etilganlarga axborot berdi.

“Bugungi kunda milliy terma jamoa tarkibi qanchalik kuchli bo'lsa, olimpiya terma jamoasi ham shunchalik kuchli. Jamoada salohiyat katta. Futbolchilar yonib o'ynashyapti. Ular olimpiya terma jamoasidagi o'yinlari orqali milliy terma jamoa eshiklarini ochish uchun jon berib o'ynashadi. Qolaversa, olimpiada o'yinlarida ishtirok etish har qanday futbolchi uchun katta orzu. SHu nuqtai nazardan olib qaralsa, olimpiya terma jamoasining Rio olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritishi yo'lidagi zahmatli ishlarida omad va muvaffaqiyat tilab qolaman”, - deydi Usmonov. 

Olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning asosiy qismini BAAning Dubay shahrida o'tkazadi. Ikki bosqichli tayyorgarlikning birinchisi 2-14 dekabr kunlariga to'g'ri kelsa, ikkinchisi 17-28 dekabr kunlari bo'lib o'tadi. 9 yanvarda boshlanadigan Osiyo chempionatiga borish oldidan ham olimpiyachilar 2 yanvarda Dubayga jo'nab ketib u erda yana bir hafta mobaynida tashkil qilinadigan yig'inda musobaqaga tayyorgarlik ko'radilar.

Viktor Jalilov boshchiligidagi olimpiya terma jamoasining olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish yo'lidagi tayyorgarlik jarayoni uchun O'zbekiston Futbol Federaciyasi murabbiylar shtabining talablari asosida mavjud shart-sharoitlarni muhayyo qilib bergan. Tayyorgarlikning reja asosida borishini bosh murabbiy nazorat qilib boradi va federaciya rahbariyatiga hisobot beradi.

Majlisda, shuningdek, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayanga olimpiya terma jamoasining tayyorgarligi borasida Viktor Jalilov bilan elkama-elka ishlash, zaruriyat tug'ilsa yordam berish vazifasi yuklandi.

“Biz olimpiada yo'llanmasi uchun harakat qilyapmizmi, demak, hammamiz birga ishlashimiz kerak. Murabbiylarga, futbolchilarga nima kerak bo'lsa, joyida bajo keltirishimiz kerak. Olimpiya terma jamoasi tarkibida milliy terma jamoa azolari ham borligini inobatga olib, Samvel Babayanning ham yordamga kelishini, zaruriyat tug'ilsa, 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida olimpiya terma jamoasi murabbiylari tarkibiga bosh murabbiy istagan har qaysi mutaxassisni taklif etishga haqqi borligini alohida malum qilib o'tmoqchiman”, - deydi Mirabror Usmonov.

Majlisda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Viktor Jalilovning hisoboti qabul qilindi.

Hisobot davri davomida O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Yaman terma jamoasi bilan o'ynab 1:0 hisobida g'alaba qozondi, Manilada esa Filippin terma jamoasini 5:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, 6 ochkodan 6 ochko olishni uddaladi. Samvel Babayan boshchiligidagi milliy terma jamoa jahon chempionati saralashi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini 8 oktyabr kuni safarda Bahraynga qarshi o'tkazadi.

Mirabror Usmonov so'z avvalida Lokomotiv bosh murabbiyi Vadim Abramovning matbuotdagi chiqishlariga ham o'z munosabatini bildirib o'tdi. 

“Ming afsuslar bo'lsinkim, terma jamoalarimizning yutuqlari ayrim murabbiy va mutaxassislar tomonidan suistemol qilinyapti. Bu, ayniqsa, o'zi ishtirok etayotgan musobaqalarda mag'lubiyatga uchrab, uning sababini o'zidan emas, boshqalardan qidiradigan Oliy liga klublari, ularning murabbiylari OAV bilan suhbatlarida yaqqol namoyon bo'layotganligi achinarli hol, albatta.

Toshkentning “Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov o'yindan keyingi matbuot anjumanlarida “Lokomotiv” jamoasining qayd etayotgan mag'lubiyatli o'yinlariga klub azolarining milliy terma jamoaga jalb etilayotganligini sabab qilib ko'rsatdi. U “Lokomotiv” futbolchilari milliy terma jamoaga chaqirilib, safarlargan turist sifatida borayapti deb, ommaga asossiz malumot tarqatish barobarida O'zbekiston milliy terma jamoasiga, terma jamoaga shart-sharoit yaratib berayotgan O'zbekiston Futbol Federaciyasining mehnatiga hurmatsizlik bilan munosabatda bo'ldi. Hatto “Paxtakor”ga qarshi o'yindagi “Lokomotiv”ning mag'lubiyatida ham milliy terma jamoani aybdor qilib ko'rsatdi. Abramovning ommaga yolg'on bo'xtonni singdirishga harakat qilayotgani juda tushunarsiz holat. CHunki, milliy terma jamoa futbolchilarni jalb etishda ularning klublari, obro'-etiboriga qaralmaydi, aksincha, shu kungacha eng yaxshi tayyorgarlikka ega futbolchilargina tarkibga jalb qilinadi”, - deydi Usmonov.

“Men tushunaman, har qanday murabbiy o'z klubi manfaatidan kelib chiqib gapiradi. Lekin, mag'lubiyatda qanday qilib terma jamoa aybdor bo'lishi mumkin? Jarohatlar bo'lmasa, futbolchilar doimiy mashg'ulotda bo'lsa, muammo nimada axir? Vadim Abramov milliy terma jamoa bosh murabbiyi bo'lgan yillarda haftalab o'quv-mashg'ulot yig'inlarida yurilgan vaqtda, klublardagi hech bir murabbiy Abramov bugun o'rinsiz gapirayotgangi kabi nolimagan, omadsiz o'yinlarga terma jamoaning yig'inlarini sabab qilib ko'rsatmagan edi”, - deydi Usmonov. 

“Bizningcha yaxshi murabbiy mag'lubiyatni tan ola bilishi, g'alaba qozongan hamkasbini qo'lini siqib qo'yib, tabriklashi kerak. Bor aybni boshqalarga ag'darib, mag'lubiyatning sababini o'zidan emas, boshqalardan qidirish professional murabbiyning ishi emas”, - deydi O'FF Prezidenti.

“Terma jamoa masalasi eng ustuvor masala”, - deydi kengash raisi Mirabror Usmonov. “Terma jamoaning taqdiri uchun faqat jamoa emas, federaciyadagi katta rahbardan tortib, oddiy ishchigacha javobgar hisoblanadi. Oktyabrdagi Bahraynga qarshi, noyabrda esa SHimoliy Koreya va Yamanga qarshi jiddiy o'yinlar bor. Katta sinov davri ostonasida men federaciyadagi barcha xodimlardan, mutaxassis va ekspertlardan terma jamoa uchun yordamlarini ayamasliklarini so'rayman. Milliy terma jamoa bosh murabbiyiga esa, g'alaba uchun nima kerak bo'lsa, har doim bo'lgani kabi yordam berishga tayyormiz.”

O'zbekiston milliy terma jamoasining tarkibi shakllanishi uchun o'smirlar, yoshlar va olimpiya terma jamoalari o'rtasida o'ziga xos ko'prik yuzaga kelgan. Aynan shu tizim asosida bugun milliy terma jamoaga yosh futbolchilarning etishtirib berilishi natijasida tarkibda katta raqobat yuzaga keldi. Raqobat shundayki, Samvel Babayanning ixtiyorida bugungi kunga kelib har bir chiziqda teng kuchli ikki-uch nafar futbolchi bor. 

“Terma jamoa azolari buni juda yaxshi tushunishadi”, - deydi Samvel Babayan. “Terma jamoaga futbolchilar chaqirilayotganida bitta tamoyilga tayaniladi. Bugungi kunda eng kuchli futbolchilargina terma jamoaga jalb etiladi. Bo'ldi, boshqa tamoyil yo'q. Qolgan gaplar esa asossiz mish-mishlar!”

Kengashda o'z hisobotini taqdim etar ekan, Samvel Babayan irodasi kuchli, oldinga intiladigan, mardonavor kurasha oladigan yangi jamoa paydo bo'layotganidan xursand ekanligini alohida urg'uladi.

“Eng asosiy masala futbolchilarga terma jamoa o'yinidagi yangi falsafani ochib berish va jamoani yangi o'yin modeliga moslashtirishdan iborat edi”, - deydi Babayan. “Birinchi o'yinda bu ishni uddalash biroz qiyin bo'lgan bo'lsa, chunki, to'liq tarkib bilan faqat ikki kungina shug'ullangan edik, ikkinchi o'yinda bu ish osonroq kechdi. Bundan ham muhimi shundaki, ikkinchi o'yinda har qanday raqib bilan bellashuvga qo'rqmay kira oladigan, yaxshi futbol o'ynaydigan va g'alabaga chanqoq jamoani ko'rdim. Men uchun aynan shu narsa juda muhim edi. Terma jamoa atrofidagi boshqa gaplarga keladigan bo'lsak, men bularning umuman asossiz ekanligini aytmoqchiman. Barchani ishontirib aytamanki, terma jamoadagi har bir futbolchi haqiqiy vatanparvar, yurtini sevadigan haqiqiy insondir. Terma jamoadan chaqiruv olishlari bilan ular klub haqida butkul unutadilar. Bunga men kafilman”.

Bahrayn terma jamoasiga qarshi o'yinga tayyorgarlik 1 oktyabrdan boshlanadi. 30 sentyabrda chempionat o'yinlari tugaydi va ertasiga futbolchilar milliy terma jamoa yig'iniga kiradilar. Toshkentda mashg'ulot o'tkaziladi va 6 oktyabr kuni charter reysi bilan Manamaga uchib ketiladi.

“Darhaqiqat, O'zbekistonga qarshi Filippin bilan o'yindagi Bahrayn o'ynamaydi. Birinchidan, tarkibda o'sha o'yindagiga qaraganda 6 nafar yangi futbolchi paydo bo'lgan. Ikkinchidan esa, SHimoliy Koreya bilan o'yinda garchand ular mag'lubiyatga uchragan bo'lsalarda, juda yaxshi taassurot qoldirganliklarini aytib o'tishim kerak. SHunga qaramay, men jamoamga ishonaman va biz Bahrayn bilan o'yinga optimal formada boramiz”, - deydi Samvel Babayan.

Murabbiylar kengashi Samvel Babayanning hisobotini qabul qildi.

Keyingi rejalar haqida gapirar ekan, milliy terma jamoa bosh murabbiyi jumladan quyidagilarni takidladi: 
“Bizning oldimizdagi vazifani ikki bosqichga bo'lish mumkin. Birinchisi ustuvor vazifa, bu jahon chempionatiga chiqish. Ikkinchisi amaldagi vazifa, bu hozirgi guruhimizda birinchi o'rinni egallash. Biz shunday ahvoldamizki, har bir keyingi uchrashuv biz uchun juda muhim. SHu sababli biz har bir o'yinga final uchrashuvidek munosabatdamiz va unda g'alaba qozonishni niyat qilganmiz. Buni futbolchilarga tushuntirganmiz. CHunki, oldindagi har bir uchrashuvni yutish orqaligina biz avvaliga amaldagi vazifani, uning ortidan esa ustuvor vazifani bajaramiz”, deb so'zini yakunladi Babayan.

O'zbekiston terma jamoalarining har bir natijasi uchun O'zbekiston Futbol Federaciyasi apparatidagi har bir kishi javobgar. Birlashish, bir jamoa bo'lib oldinga intilish eng avvalo shu erdan boshlanadi. Terma jamoa atrofida uning taqdiriga befarq bo'lmagan u mutaxassismi, oddiy ishchimi, ishqiboz yoki jurnalistmi, barcha bir tanu bir jon bo'lib birlashish davri keldi. Kimdir ko'z, yana kimdir qo'l, kim esa oyoq bo'lib oldinga harakatlanishi va bir jamoa bo'lib jahon chempionatiga chiqishimiz kerak. Bir so'z bilan aytganda, futbolchilar, jamoa azolari bugun ishqibozlarning, OAVning qo'llab-quvvatlashiga muhtoj.

O'FF MATBUOT XIZMATI

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика