So’nggi yangiliklar

13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  1 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  5 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  5 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  10 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  4 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  5 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  4 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  5 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  10 07:30Эрон ОАВ. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  13

O'FAning navbatdagi Hisobot-saylov Kongressi bo'lib o'tdi. Azizov va Ermatov qayta saylanishdi Yangiliklar

O'FAning navbatdagi Hisobot-saylov Kongressi bo'lib o'tdi. Azizov va Ermatov qayta saylanishdi

Bugun, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining majlislar zalida O'FAning navbatdagi Hisobot-saylov Kongressi bo'lib o'tdi.


Ushbu sahifada jarayonni onlayn kuzatib borish mumkin. 



YANGILASH


SHu bilan O'FA navbatdagi hisobot saylov kongressi yakuniga etdi.


Abdusalom Azizov: "Avvalo yana 4 yil muddatga saylaganinglar uchun barchaga rahmat aytaman. OFK va FIFA yordamida futbolimiz rivojlanishi uchun ishladik. Ammo milliy terma jamoamiz Jahon chempionatiga chiqa olmagani ishimizda kamchiliklar borligi ko'rinib qoldi. Oldimizda Parijdagi Olimpiadaga chiqish vazifasi turibdi. 2026 yilgi mundialga ham chiqish Srechko Katanec boshchiligidagi murabbiylar oldiga vazifa qilib qo'yildi. Bundan tashqari milliy chempionatimiz saviyasini oshirish, jamoalar atrofidagi qing'irliklarni yo'qotish kerak.


O'FA Ijroiya Qo'mita 9 ta azoligiga quyidagilar saylandi:
Mirobidova Edita Lukmanovna
Abduvaxitov Abdujabbor Abdusattarovich
Isoqov To'lagan Ulmasovich
Usmanov Jaxangir Mirabrorovich


O'FA vice prezidenti lavozimiga 6 nafar nomzoddan 5 nafari o'z nomzodini qaytib olgan. Faqatgina bir nomzod Ikramov Azizbek Isroilovich qolgan. Unga bir ovozdan ovoz berishdi va Ikramov Azizbek Isroilovich O'FA vice prezidenti etib saylandi. Yana bir vice prezident keyingi saylovda saylanadi.

Hisobot-saylov kongressi raisi Xabibulla Mirzaxanov malumot bermoqda:

"45ta azo tashkilot O'FA prezidenti lavozimiga Abdusalom Azizov nomzodini ilgari surgan, 42ta azo tashkilot esa O'FA Birinchi vice-prezidenti lavozimiga Ravshan Ermatov nomzodini ilgari surgan. SHu bois Abdusalom Azizov va Ravshan Ermatovni yana bir bor o'z lavozimlariga qayta saylanganlari bilan tabriklayman", - deydi Xabibulla Mirzaxanov.


14:55. Avaz Maksumov O'zbekiston futbol associaciyasi faoliyati to'g'risidagi hisobotini o'qib eshittirmoqda.


O'ZBEKISTON FUTBOL ASSOCIACIYASINING NAVBATDAGI HISOBOT-SAYLOV KONGRESSI KUN TARTIBI:
I. O'zbekiston futbol associaciyasi 2021 yil 19 iyunda o'tkazilgan navbatdan tashqari Kongress bayonini tasdiqlash.
II. O'zbekiston futbol associaciyasining tasdiqlangan Ustaviga asosan mustaqil qo'mitalar va yurisdikciya organlarini faoliyatini samarali tashkil etish to'g'risida.
III. Moliyaviy hisobot va yillik hisobotni o'z ichiga olgan yillik auditorlik hisobotni tasdiqlash.
IV. O'zbekiston futbol associaciyasi faoliyati to'g'risidagi hisoboti.
V. O'zbekiston futbol associaciyasi Prezidenti, Vice-prezidentlari va Ijroiya Qo'mita azolarini saylash.


14:46. Tadbirni O'FA Bosh kotibi Avaz Maksumov ochib bermoqda

14:40. O'FA faoliyatiga oid rolik namoyish etilmoqda

14:38. Abdusalom Azizov boshchiligidagi O'FA rahbariyati MOQ anjumanlar zaliga kirib keldi.

Reyting: -57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика