O'FAning ko'hna qitadagi rasmiy vakili Dilshod Ro'zmetov bilan katta intervyu
20 okt 2019 09:00
Yangiliklar
O'FAning ko'hna qitadagi rasmiy vakili Dilshod Ro'zmetov bilan katta intervyu
Bir muncha vaqt oldin OAVda o'zbek sporti, xususan, futbolida yangi lavozim tasis etilgani haqida yangiliklar paydo bo'lgandi. Qaysiki, Evropada O'zbekiston Futbol Associaciyasining vakili paydo bo'ldi. Bu lavozimga «Izvestiya» nashri mushtariylari orasida jurnalist sifatida tanilgan Dilshod Ro'zmetov tayinlangandi. Sports.ru sayti vakili Evdokim Raimov Ro'zmetov bilan mazkur lavozim, o'zbek futbolining rivoji, turmush tarzi, Evropadagi hayot, shuningdek, kofe fabrikasidagi faoliyati haqida ham suhbatlashishga muvaffaq bo'ldi.
Salom, Dilshod! Avvalo, obunachilarimiz uchun o'zingiz haqingizda batafsil malumot bersangiz.
Salom! Men O'zbekiston Futbol Associaciyasining Evropadagi vakolatli vakiliman.
Siz qanday vazifalarni bajarasiz?
• Birinchidan, men Evropa futbolidagi futbolchi, murabbiy, shifokor va menejerlarni tayyorlash va nazorat qilishning zamonaviy texnika va usullari haqida malumot va tajriba to'plab, ularni O'zbekistonda tadbiq etishim kerak;
• Evropa futbol federaciyalarining O'FA bilan hamkorlikka bo'lgan qiziqishlari haqida barcha malumotlarni to'plash;
• O'zbek futbolining raqobatbardoshlik darajasini oshirish va O'zbekiston Respublikasi milliy terma jamoalari va professional klublarining natijalarini yaxshilashni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadigan mahorat darslarini o'tkazish uchun xorijiy mutaxassislarni izlash;
• Mahalliy futbolning yuqori darajadagi iqtidorlariga tomoshabinlar qiziqishlarini orttirish;
• Xalqaro futbol tashkilotlari va O'FA o'rtasidagi hamkorlik uchrashuvlarini tashkil qilish singari vazifalarni bajaraman.
Bu vazifalarning barchasini bajarishim lozim.
Malumki, O'zbekiston F.A. bilan hamkorlikni siz boshlagansiz. Toshkent bilan muzokaralar qancha davom etdi?
Toshkentdagi muzokaralar kichik tanaffuslar bilan ikki oy davom etgandi.
Ascociaciyaning mahalliy muxlislar orasida obro'ga ega emasligi sizni xijolat qilmadimi?
Norozilar har doim, hamma joyda bo'lgan, bo'ladi ham. Muxlislarning azaliy orzusi terma jamoani Jahon chempionati final bosqichida ko'rish. Bu voqea sodir bo'lmas ekan, associaciya muxlislar bosimi ostida bo'ladi. Muammo shundaki, muxlislar jamoaning yuqori natijalarini kutish uchun etarlicha sabr-toqatga ega emaslar, ular hamma narsaninig birdaniga sodir bo'lishini xohlashadi.
Hech kimga sir emaski, siz harakatchan bo'lishingiz va hamma narsani kuzatib borishingiz kerak. Sir bo'lmasa, ish jadvalingiz qanday?
Ish? Men doimiy «online»man.
Bugungi kunga kelib siz maosh olyapsizmi? Yoki bularning hammasi bepulmi?
Yo'q, hozirgi paytda vakolatxona o'z moliyaviy manbalari hisobidan ishlamoqda. Ish bilan bog'liq barcha xarajatlarni men o'z shaxsiy byudjetim asosida moliyalashtiraman.
O'FAning Evropadagi rasmiy vakili sifatida faoliyatingizning ilk kunlarini qanday boshlagandingiz?
Evropa futbol federaciyalari tajribasini o'rganish va ular bilan aloqalar o'rnatishdan.
Ayni vaqtda qaysi loyiha hayotga tadbiq etilmoqda?
Bir nechta loyihalar mavjud, ammo rahbariyat o'zgargach, ularni yangilash va amalga oshirish uchun ruxsat olish talab qilinadi.
Evropaliklarda o'zbek futboli bilan hamkorlik qilishdan bosh tortish holatlari ham bo'lganmi?
Yashirmayman, muvaffaqiyatsizliklar bo'lib turadi, ammo bu O'zbekiston bilan bog'liq emas. Balki, Evropa federaciyalarining resurslari cheklangani tufayli yuz bergan.
Evropa futboli funkcionerlari tomonidan o'zbek futboli manzili tomon aytilgan eng yoqimli fikrni ayting.
23 yoshgacha bo'lgan futbolchilarimiz Osiyo chempionligini tantana qilganda Oliver Kan tomonidan yo'llangan tabrik. U bizning yigitlar yaxshi potencialga ega ekanini ham takidlagandi. Katta ehtimol bilan, u o'sha uchrashuvimizdan keyin o'zbek futboli bilan qiziqib qolgan.
Ushbu vazifadagi eng og'ir kuningiz haqida gapiring.
15 yoshgacha bo'lgan bolalardan iborat terma jamoamizning «Della Nazioni 2019» turnirida ishtirok etishdan bosh tortishi. Mazkur musobaqa Italiya futbol federaciyasi tomonidan o'tkaziladigan bolalar o'rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblanadi. Ushbu musobaqada ishtirok etish uchun ko'p ishlar amalga oshirildi. Men italyan futboli rahbarlarini terma jamoamiz mazkur musobaqada ishtirok etishiga ishontirish uchun Rimga uchdim.
Italiya futbol federaciyasi rahbarlari biz bilan uchrashishdi va kutish ro'yxatida boshqa jamoalar bo'lishiga qaramay, bizni musobaqa ishtirokchilari qatoriga kiritishdi. Yigitlarimiz Italiya, Angliya, Portugaliya, Argentina kabi mamalakatlardan kelgan tengdoshlari bilan kuch sinashish imkoniyatiga ega bo'lishgandi. Ammo bazi no'malum sabablar tufayli rahbarlarimiz qarorlarini o'zgartirishdi. Biz musobaqa boshlanishidan bir necha hafta oldin ishtirokdan bosh tortib, tashkilotchilarni noqulay ahvolga solib qo'ygandik.
Intervyularingizdan birida shunday degansiz: «Men futbolchilarimiz uchun Evropaga yo'l ochaman». Ammo tan olishingiz kerak, ularga talab kami?
Qanday bo'lmasin, yigitlarimizga imkon yaratib berishimiz kerak. «Viam supervadet vadens» (izoh. Yo'l yurayotgan odam tomonidan bosib o'tiladi). Asosiysi – jim turish emas, o'zingizni Konfuciy aytgan birinchi qadamni tashlashga majburlay olishdir.
Qaysi o'zbek futbolchisi sizning sharofatingiz bilan Evropa maydonlari tomon yo'l oldi?
Avvalambor, klublarga futbochilarni taklif qilish agentlarning vakolati hisoblanadi. Men esa federaciyalar va ligalar bilan ishlayman. Evropa tajribasi bilan tanishib, hamkasblarimni o'zbek futboli bilan yaqindan tanishtiraman. Mening soham agentlik emas, balki, talim bilan bog'liq. Masalan, men Italiya futbol federaciyasi bilan hamkorlikda O'zbekistonda Italiya murabbiylar asociaciyasi prezidenti Renco Uliveri boshchiligidagi o'quv seminarini o'tkazishga kelishib oldim.
Yaqin kelajakda Angliyadan mutaxassislarni master-klasslar o'tkazish uchun taklif qilish rejalashtirilgan. Men doim O'FA nomidan hamkorlik uchun muzokaralar olib borayotganimda boshqa federaciyalar vakillari bilan mahalliy klublar o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazib, O'zbekistondagi yosh iqtidorlarni kuzatishni taklif qilaman. Yaqin orada Evropa klublari bilan hamkorlik tufayli bizning futbolchilar «Ko'hna qita» sari yo'l olishlariga umid qilaman. (Izoh: ushbu intervyu tayyorlanayotganda «Bunyodkor» klubining yosh futbolchisi Bo'ronbek Mirzasalimov shveycariyaning «Cyurix» klubida ko'rikdan o'tishi elon qilindi.
Anton Valdemar. Samvel Babayan uni terma jamoa asosiy tarkibiga jalb etishga urinib ko'rgandi. Siz ham uni MTJ ga taklif qilishga urinib ko'rdingizmi?
Ha, men uning agenti janob Rene Noeneker va «Gannover 96» klubi vakillari bilan suhbatlashdim. Ammo ular bir ovozdan Valdemarning Germaniya terma jamoasidan chaqiruv kutayotganini aytishdi. O'tgan yili «Gannover 96» quyi divizionga tushib ketdi, hozir jadvalning ekvatorida bormoqda. Mavsum boshlanganiga ko'p bo'lgani yo'q. Ularda Bundesligaga qaytish uchun imkoniyat etarli. Antonning o'zi esa juda ham sifatli futbolchi, u o'tgan yili SHimoliy Germaniyada yilning eng yaxshi sportchisi bo'lgandi. U bizning jamoamizni, albatta, kuchaytira oladi.
Nega yaponlar, eronliklar, koreyslar va hatto suriyaliklar ham Evropada o'ynab keta olyapti, deb o'ylaysiz? Bizning futbolchilarni esa barmoq bilan ham sanab bo'lmaydi?
Bahorda Myunxenning «Bavariya» klubi akademiyasi bilan muzokaralar olib borish jarayonida men so'radim: «Evropa klublarida o'zbek futbolchilariga qiziqish uyg'otish uchun nima qilishimiz kerak?» Myunxenliklar vakili aytdiki, kamida bir nafar o'zbekistonlik futbolchi Top-5 chempionatlardan birida yuqori saviyali o'yin namoyish qilishi kerak ekan, shundan keyin skautlar O'zbekistondan ham iqtidorlarni izlashni boshlashadi.
Ayni vaqtda Evropa maydonlarida to'p sura oladigan o'zbekistonlik 3 ta futbolchini aytolasizmi?
Ikkitasini aytaman: biri – «Rostov» klubi hujumchisi Eldor SHomurodov. Menimcha, Odil Ahmedov ham Evropa chempionatlaridan birida bir mavsum yuqori darajada o'ynab bera oladi.
Tanqidlarga munosabatingiz qanday?
Qadimgi yunon faylasufi Aristotel aytgan: «Tanqidlarning oldini osongina olish mumkin. Buning uchun – hech narsa dema, hech narsa qilma».
Bu haqida o'ylab ko'rsangiz, savol tug'iladi: kim ko'pincha tanqid qilinadi? Ko'zga ko'ringan odam, to'g'rimi? Nega aynan shu odam? CHunki u nimadir qiladi, rivojlantiradi, sinaydi, harakat qiladi. SHuning uchun, siz oson muvaffaqiyat qozonsangiz, ular sizni tanqid qilishadi. Bu siz to'g'ri yo'lda ekaningizning aniq belgisidir. SHu o'rinda, tanqidning foydali qismi ham bor. Men foydali tanqidlarni eshitishni xohlayman. Bu ishonchli motivator bo'lib xizmat qilishi yoki loyihangizdagi xato va kamchiliklarni ochib berishi mumkin.
Suhbatga tayyorlanish chog'ida men turli manbalarni o'qidim va muxlislarning o'zbek futboli Evropada alohida vakilga muhtoj emasligi borasidagi fikrlariga ham ko'zim tushdi. Siz nima deb o'ylaysiz?
Evropa butun dunyo futboli vakillarining manfaatlari jamlangan futbol markazi hisoblanadi. Futbolning rivoji samarali usullar va turli federaciya, ligalar o'rtasida yaqin darajadagi hamkorlikni talab qiladigan jarayondir. UEFA olib borayotgan mintaqaviy futbolni rivojlantirish siyosati muammolarni imkoniyatlarga aylantirishga qaratilgan. Mana shu tajriba bizni Evropa bilan hamkorlik qilishimiz uchun zamin hozirlaydi, chunki bu erda o'zbek futbolini rivojlantirishga hissa qo'shadigan echimlar topiladi.
O'FAning yangi rahbariyati bilan suhbatlashishga ulgurdingizmi?
Ha, biz tanishib olish uchun uchrashuv o'tkazdik.
Unday bo'lsa, Ahmadjonov va Ermatov o'rtasidagi farq nimada?
Umid Maxamadjonovich va Ravshan Sayfiddinovichni taqqoslashga hali erta. Baholaydigan bo'lsak, jamiyatdagi tanqidlarga qaramay, Umid Maxamadjonovich juda katta ko'lamdagi ishlarni bajardi. Uning rahbarligi ostida bolalar va o'smirlar o'rtasida havaskor futbolni ommaviylashtirishda katta qadam tashlandi. Barcha yoshdagi va toifadagi musobaqalar soni sezilarli darajada oshirildi. Bolalar va o'smirlar o'rtasida chempionatlar tashkil qilinib, butun respublika bo'ylab mintaqaviy futbol akademiyalari tashkil qilindi.
Sanat SHaripov. Siz va u faol edinglar. Xususan, nemis futbol federaciyasi bilan memorandum imzolangani uchun ikkingizga rahmat. Sanat muzokarachi/vositachi sifatida kuchlimi yoki hamon futbol agentimi?
Men Sanat bilan Germaniyaga tashrif chog'ida tanishdim. Men nemislar bilan uchrashuv tashkillashtirdim. U esa muzzokaralarda vakolatli vakil sifatida ishtirok etib, memorandum imzolanishida katta hissa qo'shdi. Men unga futbol agenti sifatida baho berishim qiyin. CHunki uning bu sohadagi faoliyati bilan tanish emasman.
Uning O'FAdan ketishiga munosabatingiz qanday bo'ldi?
U juda katta tajribaga ega, buni birinchi uchrashuvimizdayoq anglagandim. Men umumiy vaziyat va mazkur qarorning qabul qilinish sabablarini bilmayman. SHuning uchun bu hodisani baholashdan bosh tortaman.
Sizningcha, o'zbek futbolidagi asosiy professional figuralar kimlar?
Men ularni o'zbek futbolining rasmiylari demoqchiman: 1. Birodar Abduraimov, 2.Ravshan Ermatov, 3. Mirjalol Qosimov va Azamat Abduraimovlar.
O'zbek futbolining asosiy muammolari? (faqat 3ta gap bilan, qisqa va lo'nda)
Hududlarda bolalar va ayollar futbolini rivojlantirish muammolari. Klublarni davlat hisobidan samarasiz moliyalashtirish (ijtimoiy tarmoqlarda viloyat hokimining bonuslarni qisqartirish to'g'risidagi gaplari aks etgan lavha bor). Muxlislar bilan ishlash.
Alaloqibat, nega futbol sohasini tanladingiz?
Men futbolga jurnalistika orqali keldim. Men yashaydigan shaharda (Bad Ragac, SHveycariya) «Dortmund», «Vest Xem», «Volfsburg» singari jamoalar yozgi mashg'ulotlarini o'tkazishadi. Ular tarkibidagi yulduzlar bilan ham journalist, ham muxlis sifatida muloqotda bo'lar ekansiz, futbol hayotingizning ajralmas qismiga aylanib borayotganini his qilasiz.
Yoshligingizda «Jacobs» kompaniyasida qahva sotuvchisi bo'lib ishlaganingiz rostmi?
Albatta, «Bir yigitga qirq hunar oz». Men talabalik davrimda (Bremen universiteti, Evropa va xalqaro huquq fakulteti) men Germaniyaning shimolida, Bremen shahrida yashardim. Bremen – yirok sanoat shahri, u erda ishchi kuchi etishmaydi va yozda hamma tatilga chiqqanda yirik korxonalar talabalarni ishga yollashadi. Germaniyada talabalarning tatili shunday o'tadi.
Germaniyadagi hayot tajribasi sizga nima berdi?
Butunlay mustaqil bo'lish, faqat o'zimga ishonishni o'rgatdi. Katta hayot maktabi bo'lgandi.
Bundesliga bahslarida ishtirok etganmisiz? Ha bo'lsa, nemislarning muxlislik madaniyati haqida gapirib bering.
Germaniyada futbol asosiy sport turlaridan biri hisoblanadi. Har bir uchrashuvda maydonlar to'ladi va nemislar 90 daqiqa tinmay muxlislik qilishadi. Ularning muxlislik madaniyati esa Evropada etakchi hisoblanadi. Germaniyada futbol hammaniki va ular bu bilan faxrlanadilar.
Sir emaski, «Izvestiya» nashri bilan muhbir sifatida hamkorlik qilasiz. Jurnalistikaga qanday kirib kelganingiz haqida ozgina gapirib bering.
Sport va jurnalistika hayotimning ilk kunlaridan beri mening umr yo'ldoshim bo'lib kelmoqda. Sportga bo'lgan muhabbatim otamda o'tgan bo'lsa, onam menga jurnalistika olamini ochib bergan. Jurnalistikaga voyaga etgan paytlarim tasodif tufayli kirib kelganman. 2015 yil yozida Rossiya terma jamoasi Lixtenshteyn bilan uchrashuvga (EVRO-2016 saralashi) tashrif buyurdi. Ruslar bizning shaharda (Bad Ragac, SHveycariya) joylashgandi. Men ularning ochiq mashg'ulotlarini tomosha qilish uchun borganimda «Izvestiya» nashri muhbiri Kirill Plankin bilan tanishib qolganman. U o'sha paytlar yosh, serg'ayrat edi. Hozir nashrning sport yangiliklari bo'limi boshlig'i sifatida faoliyat yuritmoqda. Kelasi yil ruslar Evropa chempionati oldidan yana bizning shaharchaga kelishdi. Bu gal Plankinning ishlariga ko'maklashdim va bu yoqimli tasodif meni rus sport jurnalistikasi namoyondalari Boris Levin, Igor Rabiner, Dima Egorov va Maksim Allanazarovlar bilan uchrashishimga sabab bo'ldi. Oradan 3 oy o'tgach, «Izvestiya»da mening maqolalarim uchun ham joy ajratildi.
Vladimir Poznerning «hozir jurnalistika yo'q» degan fikriga qo'shilasizmi?
Qisman. Agar siz to'liq intervyuni tomosha qilgan bo'lsangiz, unda Vladimir Vladimirovich jurnalistning uchta asosiy fazilatlarini aytib o'tdi. Bu: halollik, obektivlik, befarqlik va bularning barchasini birlashtiradi - istedod. Bunga men to'liq qo'shilaman.
Jurnalistika bilan bog'liq asosiy savolga kelsak, men uning fikriga qo'shilmayman. U bugungi jurnalistikani Sovet davridagi mafkuraviy jurnalistika bilan solishtirmoqda. O'sha paytlar jurnalistika komunistik partiyaning irodasini ifoda etgan. SHu tufayli bugungi sohani chinakam jurnalistika, deb bilaman.
Siz Odil Ahmedovdan intervyu olishingiz kerak edi. U haqida aytilganidek, hayotda kamtar odam ekanligi rostmi?
Odil Ahmedov bilan tanishuv va muloqot menda faqat ijobiy taassurot qoldirdi. U men suhbatlashgan eng yoqimli va muloyim suhbatdoshlardan biri. SHuni takidlashni istardimki, Odil butun mamlakat bo'ylab yoshlar futbolini rivojlantirishga katta hissa qo'shmoqda.
O'zingiz uchun eng esda qolarli ishingiz qaysi?
«Izvestiya» gazetasida chop etilgan ilk maqolam. Menimcha, birinchi jurnalistik tajriba har bir jurnalistning hayotidagi eng muhim qadamdir.
Sizga intervyu berishdan bosh tortgan eng mashhur odam kim?
Mino Rayola. Ammo u bilan uchrashuvdan maqsad intervyu emas, o'zbek futboli bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qilish edi. «Bir eshik yopilsa, boshqasi ochiladi», - deyishadi. Kuzda men Jorje Mendesh bilan uchrashuv rejalashtirgandim va bu tasdiqlandi.
Siz basketbol haqida ham yozgansiz. Ko'p sport turlarini tushunasizmi yoki bu ish majburiyatimi?
Men basketbolni do'stim Franciya tarixidagi afsonaviy basketbolchi, sobiq NBA o'yinchisi Antuan Rigodo bilan bog'layman. Yozda birga oilaviy dam olamiz, o'shanda u menga zamonaviy basketbol muammolari haqida gapiradi. SHu tufayli bu sport turi haqida ozgina malumotga egaman.
«Izvestiya»dagi faoliyatingiz davomida sizga cenzura tasir bildirganmi?
Bugungi kunga qadar, yo'q, kelajakda ham tasir qilmaydi, deb umid qilaman.
Kelajak kasbi – bu …?
Suniy intellekt insonning ish joyidagi kurashida asosiy raqobatchisiga aylanadigan paytlar keladi. Robotlar davriga yaqin qoldi. Ammo hech qanday mashina odamni o'rnini bosa olmaydigan sohalar mavjud, masalan, mehmondo'stlik. Albatta, birorta ham robot mehmondo'st o'zbeklar bilan raqobat qilolmaydi.Bu mehmonxona, restoran va turizm sohalariga tegishli.
SHuningdek, siz Facebook’da sayohat blogingizni yuritasiz. Er yuzidagi eng go'zal joylar - ...?
Sayyoramizda o'zining go'zal va hayratlanarligi bilan ajralib turadigan xilama-xil joylar bor. Ammo men uchun eng go'zali – «Buyuk ipak yo'li» chorrahasida joylashgan Buxoro, Samarqand va Xivadir.
Oshxonachi?
Albatta, bizning milliy o'zbek oshxonamiz.
Ko'pincha qaerda kiyinasiz?
Evropada narsalarni internet-do'konlar yoki yirik do'konlar orqali xarid qilish imkoniyati bor, asosan, Italiyada.
Aytgancha, siz qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?
Mukkamdan ketib muxlislik qiladiganim bu – O'zbekiston terma jamoasi. Klublarga kelsak, o'yin natijalariga qiziqadigani «Verder» va «Krasnodar». «Verder» – Bremenda yashaganim sababli futbol ishqibozi sifatida birinchi tajribam bo'lgan. «Krasnodar»ga esa Odil Ahmedov sababli qiziqib qolganman.
Ota-onangiz aytib bergan eng ibratli voqea qaysi?
Onam payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning (s.a.v.) so'zlarini tez-tez takrorlardilar: «Ko'p odamlar ikki marhamatdan mahrum bo'lishadi: sog'liq va bo'sh vaqt». Onam to'g'ri qaror qabul qilish uchun vaqt va sog'liqdan to'g'ri foydalanishni maslahat berardilar. Bugun qilishimiz mumkin bo'lgan ishni ertaga qo'ymasligimiz kerak. Hech birimiz ertaga nima bo'lishini bilmaymiz.
O'zbek futboli - tirikmi?
Ha, u yashamoqda va rivojlanish uchun yangi turtki olganidan xursand. To'g'ri boshqaruv yo'li bilan biz, albatta, muvaffaqiyatga erishamiz.
Mening ananaviy savolim. Sizga 15 daqiqa vaqt davomida bir piyola kofe va har qanday taniqli odam bilan suhbatlashish imkoniyati beriladi. Kimni tanlagan bo'lardingiz?
Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)
Rus tilidan Faxriddin Ro'ziev tarjima qildi
Fikrlar