O'FAda Hakamlar bo'yicha ekspertlar guruhi tashkil etildi

Tolibjon Qosimov
17 iyul 2018, 17:07
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vice Prezidenti Umid Ahmadjonovning topshiriga asosan, O'FAning Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi qoshida "Hakamlar bo'yicha ekspertlar guruhi" tashkil etildi.

Ushbu ekspertlar guruhini tashkil etishdan asosiy maqsad, Superliga, Pro-liga hamda O'FA tomonidan tashkil etilayotgan uchrashuvlarni boshqaruvchi hakamlarning saviyasini oshirish, ularning o'yin davomidagi xatolarini kamaytirish, nohalol hakamlikni oldini olishdir.

Ekspertlar guruhi a'zolari etib Bobur Haydarov, Aleksandr Popov, Farhod Abdullaev, Marat Ismoilov, Arslon Hotamov, Baxtiyor Tog'aev, Ravshan Ermatovlar tayinlanishdi.

Tez orada muxlislar va hakamlar orasida interaktiv aloqani yo'lga qo'yish maqsadida yangi platforma ishga tushirilishi mo'ljallangan. Ushbu platforma orqali muxlislar ekspertlarga bo'lib o'tgan o'yinlardagi vaziyatlar, hakamlarning hatti-xarakatlari borasida savollar va takliflar bilan murojaat qilishlari va tegishli javoblar olishlari mumkin bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com