So’nggi yangiliklar

02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  138 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  43 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  12 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  29 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  5

O'FA - yashasin "PR"! Sal kamtarroq bo'lish payti kelmadimi? Yangiliklar

O'FA - yashasin "PR"! Sal kamtarroq bo'lish payti kelmadimi?

Teglar :  O'FAPFLTelegram
Ish yuzasidan O'zbekiston futbol associaciyasi va PFLning telegramdagi rasmiy saxifalarini kuzatamiz.

PFLning mavzusi asosan uchta, Superliga, PRO Liga va O'zbekiston Kubogi. Pro Liga va Super Liga uchun maxsus kanal ochib qo'ygan va PFLning rasmiy kanali eng kerakli xabarlarni o'zida bergan holda, qolgan davomiy xabarlarni o'sha bo'limlari orqali yoritib boradi. Kimga qiziq bo'lsa, o'sha yo'l orqali o'qib olishi uchun. 


Huddi shunday vaziyat O'FAning rasmiy kanalida ham mavjud. 2-liga va bolalar futboliga bag'ishlangan maxsus qo'shimcha kanal ochilgan. Odamni asabiga tegadigan shuki, O'FA o'zining ikki kanaliga axborot joylab turib, ularni hammasini yana asosiy, rasmiy kanaliga "forvard" qilishida. Huddi shu ish qilinsa, O'zbekistonda bolalar futboli yoki ikkinchi liga rivojlanib qoladi. Prezident majlisbozlikka qarshi chiqayotgan bir paytda, O'FAda tinimsiz "Zoom" platformasidagi majlislar juda ko'p marotaba taqdim qilib boriladi. Odatda, ish ketmayotgan joyda qo'sha-qo'sha majlislar bo'ladi.


O'FAning rasmiy kanalining asosiy mavzusi bu terma jamoalar faoliyati, ularning o'yin sanalari, tarkiblar va katta-katta loyihalar bo'lishi kerak. Kun so'nggida yakuniy natija va anons sifatida berib qo'yilishi mumkin bo'lgan ommaviy futbol natijalarini, LIVE shaklda berib borilishi, bu rasmiy kanalga zid uslub. 


O'FA matbuot xizmati sekin ishlashda, tashkilot ichidan ko'p bora ayblanadi. Go'yoki, O'FA matbuot xizmati bo'limlar tomonidan amalga oshirilayotgan barcha voqealarni yoritib borishi kerak. Tashkilot degani, sal kamtarroq bo'ladi. Tashkilotning ishini o'zi emas, odamlar qarsak chalib gapirishi kerak.


O'FAning 2018 yildan boshlab kuzatsangiz, ertasi yo'q bo'lgan o'nlab memorandumlarni ko'rasiz. O'FA mutasaddilari palonchi akademiyaga tashrif buyurdi, O'FA buncha musobaqa o'tkazdi, O'FA seminar tashkil qildi, O'FA ikkinchi ligasi palonchi shaharda boshlandi. Agar g'arb matbuoti bo'lganida, O'FA berayotgan xabarlarni o'zidanoq katta katta xatolar va muammolarni topib bergan bo'lardi. Masalan, har kuni tinim bilmay yoritalayotgan O'FA Kubogini olamiz. Ijtimoiy tarmoqlarda ko'chaga chiqmay, imkon boricha uyda o'tirishni metrologlar tavsiya qilayotgan bir paytda, Associaciya 45 gradus issiqda, soat 17:00da musobaqa o'tkazayotganini ko'rasiz. Kondicionerli xonada o'tirgan mansabdorlar, o'zingizni farzandingizni usti ochiq maydonda 50 daqiqa yugurtirib ko'ring!


Farg'onada ikkinchi liga boshlanganlini haqida xabar juda ko'p talqin qilinyapti. Nima uchun yilni o'rtasi kelibdiki, qolgan viloyatlarda 2-liga boshlanmagan? Yoki buni yoritishni O'FAning kanali unutdimikin?


Mana Dushanbeda bo'layotgan ayollar musobaqasi yoritilishi to'g'ri. Bu bevosita terma jamoa va sodda tartibda axborot berilyapti. Lekin KAFA tomonidan tashkil qilingan komissarlar yig'ilishi nimaga kerak? Huddi shunday ikkinchi savol, Namangandagi turnirda hakamlar uchun seminar tashkil qilinganligi. Bu shundoq ham Siz qilishingiz kerak bo'lgan vazifa va biz buni natijasini kanaldagi reklama orqali emas, maydondagi sifat bilan xabar topishimiz kerak. O'yinlarni "analiz" qilish haqidagi bir kunda chiqadigan ikki uchta xabar nimaga kerak? Bu shundoq ham amalga oshirilishi kerak bo'lgan vazifa-ku? Na Germaniya, na Yaponiyada yoshlar yoki qaysidir terma jamoasini tibbiy ko'rikdan o'tkazgani haqidagi xabar biznikidagidek yoritilmaydi. Etibor beryapsizlarmi, O'FA kanalidagi 20ta xabardan bittasi saytimizdan chiqsa chiqdi, chiqmasa shu ham yo'q. CHunki bolalar bog'chasi bo'lib ketdi. CHarm to'p turniri, bu ommaviy futbol, buni ommaga majbur yoritib tiqishtirish kerak emas, sizlar uni qog'oz uchun emas, amalda zo'r qilib o'tkazing, o'sha mahallalardan qatnashayotgan bolalar o'zlarining ijtimoiy tarmoqlarida tashkilotni belgilab "virus" qilib tarqatsin. Lekin amalda bunday emasku, to'g'rimi? Birov yoritmayotgan yoki birov qiziqmayotgan narsani majburan o'tkazish, huddi avvallari bo'lgan gazetalarni majburiy obunasiga o'xshab ketyapti. O'FAdan bitta mansabdor biron erga borsa, albatta katta voqea sifatida yoritiladi. Lekin mana shu 4 yilda katta bir o'zgarish bo'ldimi, bugungi futbolning saviyasini oshigiga sabab bo'ldimi? O'zingiz, o'zingizni reklamangizga aldanib qolmayapsizmi? 


Kamtarroq bo'lish vaqti kelmadimi? Bilib turibmiz, hukumatga o'zingizni ishlayotgandek ko'rsatish asosiy maqsad, lekin yakuniy bahoni xalq berishini unutib qo'ymang!



Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика