

Ushbu qo'mitaga Osiyoning 15ta futbol assotsiatsiyasi vakillari a'zo hisoblanib, ular orasida O'FA Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Diyor Isametdinov ham bor.
Yig'ilishda Osiyoda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, Osiyo mamlakatlarida futbol infratuzilmasini yaxshilash, turli loyihalar asosida futbol maydonlarini barpo etish kabi masalalar muhokama qilinadi.
Qo'mita a'zolari kun tartibidagi masalalar bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tishadi va shu asosida tegishli qarorlar qabul qilinadi.






