So’nggi yangiliklar

18:16Моуринью "Реал"га қайтиши мумкинми?  0 17:48Суперлига. 1-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 17:26Гвардиола "Арсенал" билан чемпионлик пойгаси ҳақида нималар деди?  0 16:58Футболда инқилоб: "Ал Ҳилол" ЕЧЛда ўйнаш истагини билдирди  4 16:31АПЛ клублари Манега даъвогарлик қилмоқда  1 16:05Ирисметов Про лига жамоаси техник директори бўлди  8 15:48Ўзбекистон мезбонлик қиладиган FIFA Series учрашувларининг вақти маълум  9 15:35"Бавария" ҳимоячиси яна жароҳат олди  2 15:07"Барселона" президентлигига номзод "Бавария" раҳбарияти билан Кейн трансфери бўйича боғланди  3 14:39"Челси" ҳужумчисини АПЛнинг бошқа бир клубига сотишга қарши эмас  0 14:13"Бавария" собиқ мураббийи қозоқ жамоасини бошқариши мумкин  2 13:44"Бавария" Жексонни сотиб олишдан воз кечди, аммо АПЛнинг 4 та клуби форвард учун курашишга тайёр  2 13:18Тудор "Тоттенхэм" АПЛда қолишига ишонади  1 12:55Артета: "Бизни ҳақиқий марафон кутиб турибди"  2 12:33Танташев ФИФА семинарида  1

O'FA vakili Nesterov masalasiga oydinlik kiritdi Yangiliklar

O'FA vakili Nesterov masalasiga oydinlik kiritdi

Bir necha daqiqa oldin O'zbekiston terma jamoasi va "Ohod" posboni Ignatiy Nesterovning doping qabul qilgani borasida malumot elon qilindi.

Ignatiy Nesterov doping qabul qilganmi?

Championat.asia sayti ushbu vaziyatni imkon qadar kuzatib borishga harakat qilmoqda. Hozirgina O'zbekiston futbol associaciyasi (O'FA) vakili bilan bog'landik va vaziyatga oydinlik kiritdik.

O'FA vakilining so'zlariga ko'ra, OFK (doping nazorat qo'mitasi) "Ohod" klubi va O'zbekiston futbol associaciyasiga rasmiy ogohlantirish xati yuborgan. Unga ko'ra, Ignatiy Nesterov Osiyo Kubogi paytida WADA (butunjahon antidoping agentligi)ning taqiqlangan ro'yxatiga kiritilgan moddani qabul qilgan. SHu sababli maktubda Nesterovning malum muddatga diskvalikaciya qilinishi yoki qilinmasligi yuzasidan ish olib borilayotganligi, ammo hali yakuniy qaror qabul qilinmaganligini va yakuniy qaror qabul qilingunga qadar ushbu malumotni sir saqlash shart ekanligi belgilab qo'yilgan.

"Ohod" klubi vaziyatga masuliyatsiz yondoshib, OFKning ogohlantiruviga qaramay, hali qaror qabul qilinmagan futbolchiga oid malumotni OAVga tarqatib yuborgan. O'FA vakilining so'zlariga ko'ra, Nesterov shunchaki vazn tashlashga yordam beruvchi vositani qabul qilgan va ushbu vosita WADAning taqiqlangan moddalar bo'yicha so'nggi ro'yxatidan joy olganini bilmagan. Bu modda futbolchiga hech qanday quvvat bermaydi. O'zbekiston futbol associaciyasi ushbu vaziyat yuzasidan Ignatiy Nesterov va zarur bo'lsa terma jamoa shifokori bilan birgalikda OFK vakillari bilan uchrashishga tayyor. Ularning so'zlariga ko'ra, bu u qadar qo'rqinchli modda emas, lekin WADAning taqiqlangan vositalar ro'yxatiga kiritilgan, ko'pincha bunday holatlarda OFK futbolchi tomonda bo'ladi va ularni kechiradi.

O'FA matbuot xizmati tez orada mazkur masala yuzasidan to'liq bayonot berishini malum qilishdi.

Reyting: +76   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика