So’nggi yangiliklar

12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  3 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  2 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  20 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3

O'FA tuzilmasi OFK va UEFA tavsiyalari asosida qayta ko'rib chiqiladi Yangiliklar

O'FA tuzilmasi OFK va UEFA tavsiyalari asosida qayta ko'rib chiqiladi

Kuni kecha O'zbekiston futbol associaciyasi Ijroiya qo'mitasining o'tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar hisoboti va keyingi davrning dolzarb vazifalariga bag'ishlangan yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston futbol associaciyasi Prezidenti Abdusalom Azizov, O'FA Ijroiya qo'mitasi azolari va futbol mutaxassislari ishtirok etishdi.

Yig'ilishda mamlakatimizda alohida o'rin tutadigan futbol sport turini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan, o'tgan 1 yil mobaynida O'FA tomonidan bajarilgan ishlar bo'yicha umumiy hisobot tinglandi.

Yillik hisobot qo'mita azolari tomonidan muhokama etilib, ijobiy baholandi va istiqboldagi vazifalarni samarali tarzda amalga oshirish bo'yicha takliflar berildi. Futbol marketingi sohasini yanada rivojlantirish, futbolimizga homiylarni jalb etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

SHuningdek, Ijroiya qo'mita yig'ilishida O'FA tuzilmasini OFK va UEFA tavsiyalari asosida qayta ko'rib chiqish va yangi tahrirda qabul qilish, hududiy futbol associaciyalarining namunaviy tuzilmasi va ustavini tasdiqlash masalalari tahlil etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.


Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика