So’nggi yangiliklar

23:50"Барселона" "Камп Ноу"даги очилиш ўйини учун сюрприз тайёрлаб қўйилганини маълум қилди  1 23:28ЎФА Туркиянинг етакчи қурилиш компаниялари билан учрашув ўтказди. Унда Янги Тошкент Марказий футбол ўйингоҳини бўйича лойиҳалар тақдим этилди  4 23:10"Барселона" 2022/23 йилги мавсумнинг охирида "Бавария"га бонус тўламаслик мақсадида Левандовскидан бошқа гол урмасликни сўраган  0 22:35Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  11 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  2 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  0 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  18 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  1 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  15 19:50"Боруссия Дортмунд" форварди уйидан қурол топилди  0 19:28Александр Хомяков: "Бугун ҳаракатнинг ўзи камлик қилди"  1 19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   10 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  0 18:39Globe Soccer Awards талқини бўйича йил мураббийи мукофотига даъвогарлар номи эълон қилинди  1 17:55Суперлига. "Шўртан" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  5

O'FA Turkiyaning etakchi qurilish kompaniyalari bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda Yangi Toshkent Markaziy futbol o'yingohini bo'yicha loyihalar taqdim etildi Yangiliklar

O'FA Turkiyaning etakchi qurilish kompaniyalari bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda Yangi Toshkent Markaziy futbol o'yingohini bo'yicha loyihalar taqdim etildi

O'zbekiston futbol associaciyasida Turkiyaning etakchi qurilish kompaniyalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mazkur uchrashuv davomida Turkiyaning yirik qurilish kompaniyalari — "KOC Construction” va “Bahadir Kul Architects” vakillari O'zbekistonda barpo etilishi rejalashtirilayotgan Yangi Toshkent Markaziy futbol o'yingohi bo'yicha o'zlarining konceptual loyihalarini taqdim etdilar.

Taqdimot jarayonida mehmonlar stadionning arxitektura echimlari, konstruktiv imkoniyatlari, muxlislar uchun yaratiladigan zamonaviy infratuzilma va xavfsizlik tizimlari, shuningdek, sportchilar hamda texnik xodimlar uchun mo'ljallangan ichki majmualar haqida batafsil malumot berdilar.

O'FA rahbariyati loyiha bo'yicha o'z taklif va tavsiyalarini bildirib, stadion qurilishida barcha texnik meyorlar va jarayonlarning FIFA talablariga to'liq mos bo'lishi zarurligini alohida takidladi. Shuningdek, muxlislar, mutaxassislar va OAV vakillari uchun eng zamonaviy sharoitlar yaratilishi lozimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni davom ettirish va loyihani yanada takomillashtirish yuzasidan kelishib oldilar.

Malumot uchun, "KOC Construction” kompaniyasi yaqindagina Terma jamoalar milliy markazini qurib, topshirgandi. “Bahadir Kul Architects” kompaniyasi "Konya", "Frayburg" kabi stadionlar loyihalarining muallifi hisoblanadi. 


Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
19 noy 23:42:43
chelsea tv
Championat.asiani kuzatadigan lavozimda ishlaydigan akalar iltimos Turklar bilan ishlamanglar ular o'zimizdan battar poraxo'rlar, aytgan narsasini aytgan vaqtida qilishmaydi va sifatini ham dabdala qiladi. Turklar qurgan uylar 5 ballik zilzilaga dosh bermay qanchadan qancha turklar o'lib ketti. Hatto Shaxzodani eri qurayotgan domlar 5 ballik zil zilaga chidab beradiku. Iltimos Turklarga ishonmanglar
   
20 noy 00:10:21
1994 Nurafshon
chelsea tv foydalanuvchining fikriga javob berish
Championat.asiani kuzatadigan lavozimda ishlaydigan akalar iltimos Turklar bilan ishlamanglar ular o'zimizdan battar poraxo'rlar, aytgan narsasini aytgan vaqtida qilishmaydi va sifatini ham dabdala qiladi. Turklar qurgan uylar 5 ballik zilzilaga dosh bermay qanchadan qancha turklar o'lib ketti. Hatto Shaxzodani eri qurayotgan domlar 5 ballik zil zilaga chidab beradiku. Iltimos Turklarga ishonmanglar
Узимизда Курилиш инспекцияси деган ташкилот бор ишни ушалар кабул килади ана ушалар тугри ишласа турклар хеч канака уйин килолмайди.
   
19 noy 23:52:53
Islombek Dusmurodov
Yaponlarga berish kerak edi yoki Australiyaliklarga turklar tulkidan battar ochkoʻz
   
19 noy 23:50:03
Haqiqat-2
Демак Янги стадион пишибди...
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика