O'FA tomonidan yosh hakamlar uchun seminar tashkil etildi
18 may 2019 16:10
Yangiliklar


O'FA tomonidan yosh hakamlar uchun seminar tashkil etildi
O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan hakamlar malakasini oshirib borish, yosh hakamlarni katta musobaqalarga tayyorlab borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan yosh hakamlar uchun seminar tashkil qilindi. Seminar mashg'ulotlari poytaxtimizdagi "CHig'atoy" sport bazasi va "Bunyodkor" akademiyasi binolarida bo'lib o'tdi. Seminarni tajribali hakamlar Ravshan Ermatov, Vladislav Ceytlin hamda hakamlar nazoratchilari Marat Ismoilov va Arslon Hotamov olib borishdi.
Yosh hakamlar bilan nazariy va amaliy mashg'ulotlar olib borildi. Seminarda jami 31 nafar yosh hakamlar ishtirok etishdi. Bu kabi seminarlar yil davomida muntazam ravishda tashkil etib boriladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar