So’nggi yangiliklar

02:02КЖЧ. Лео Мессининг супер голи "Интер Майами"га иродали ғалаба тақдим қилди  20 01:50Ўзбекистон U-17 иккинчи ўртоқлик ўйинида Боливия U-17ни мағлуб қилди  20 01:03Женнаро Гаттузо: "Ҳозирги футболда Гаттузони майдонга туширмаган бўлардим"  2 00:33"Барселона" 7 футболчисидан қутулмоқчи  1 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  1 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  7 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  8 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  2 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  51 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  5 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  6

O'FA tomonidan poytaxtimizdagi 431-sonli Ixtisoslashtirilgan maktabgacha talim muassasasida bayram tadbiri o'tkazildi Yangiliklar

O'FA tomonidan poytaxtimizdagi 431-sonli Ixtisoslashtirilgan maktabgacha talim muassasasida bayram tadbiri o'tkazildi

Teglar :  O'FAOdil Ahmedov
O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan poytaxtimizdagi Uchtepa tumanida joylashgan 431-sonli Ixtisoslashtirilgan maktabgacha talim muassasasida 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlab bayram tadbiri o'tkazildi.

Mazkur muassasada ruhiy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar talim olishadi.

1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil qilingan musiqiy sport bayrami tadbirida O'FA Muxlislar bilan ishlash va sport tadbirlarini tashkil bo'limi boshlig'i Fazliddin Hojimuhamedov hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov ishtirok etishdi.  

Odil Ahmedov bolalar bilan turli futbol mashqlari va qiziqarli konkurslar o'tkazib, bolajonlarga quvonch ulashdi.

Tadbir davomida muassasa tarbiyalanuvchilariga O'zbekiston futbol associaciyasining sovg'alari topshirildi.

O'z o'rnida 431-sonli Ixtisoslashtirilgan maktabgacha talim muassasasi mudirasi Musaeva Dilnoza Mirzoxidovna O'zbekiston futbol associaciyasiga minnatdorchilik bildirib, kelgusida yana shunday tadbirlarda qatnashishga taklif qildi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика