O'FA texnik direktori Trenerlik konvenciyasi bo'yicha OFKning maxsus tekshiruv komissiyasi tarkibiga kiritildi
17 okt 2019 12:06
Yangiliklar


O'FA texnik direktori Trenerlik konvenciyasi bo'yicha OFKning maxsus tekshiruv komissiyasi tarkibiga kiritildi
Bilasiz, O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan muntazam ravishda trenerlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha OFKning maxsus kurslari o'tkazib kelinadi.
Bu borada olib borilayotgan ishlar samarasi o'laroq O'zbekiston futbol associaciyasi texnik direktori SHovkat Imamov qita futbol uyushmasining Trenerlik konvenciyasi bo'yicha maxsus tekshiruv komissiyasi tarkibiga kiritildi.
Ayni kunlarda mazkur konvenciya bo'yicha maxsus tekshiruv komissiyasi Kuvaytda bo'lib turibdi va Kuvayt futbol federaciyasi tomonidan o'tkaziladigan trenerlar talimi bo'yicha kurslar, bu borada olib borilayotgan ish jarayoni tekshirib, baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar