So’nggi yangiliklar

20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  1 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  0 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  5 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  6 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  6 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  20 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  7 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2

O'FA sport jurnalistlarini bayram bilan tabrikladi Yangiliklar

O'FA sport jurnalistlarini bayram bilan tabrikladi

Bugun, 2 iyul - Xalqaro sport jurnalistlari kuni.

Ushbu sana dunyo bo'ylab sport sohasida faoliyat olib borayotgan jurnalistlar o'rtasida keng nishonlanadi. SHu munosabat bilan bugun ommaviy axborot vositalari vakillari O'zbekiston futbol associaciyasiga taklif etildi.

O'FA rahbariyati jurnalistlarni bayram bilan tabriklab, tezkorlik va xolislik bilan faoliyat olib borishlarida omad va zafarlar tiladi. O'z navbatida O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov so'zga chiqib, jurnalistlar futbolni keng yoritib borish, tahlil qilish, kerak joyda esa tanqid qilish, kamchiliklarga ko'zgu tutish orqali shubhasiz, futbol rivojiga ulkan hissa qo'shib kelayotganligini alohida takidladi. 

"Tezkorlik, holislik, tahlil, to'g'riso'zlik, jonkuyarlik borasida aynan sport jurnalistlari sohada etakchilar hisoblanishadi. Kasbingiz qanchalik mashaqqatli va sinovlarga boy ekanligini yaxshi bilamiz, buni qadrlaymiz. Eng avvalo, sizga mustahkam sog'liq tilaymiz, ijodiy faoliyatingizda ilhom, kuch-quvvat va shijoat tark etmasin, futbolimiz rivoji yo'lida doimo elkama-elka faoliyat olib borish nasib etsin", – dedi Ravshan Ermatov.

Yig'ilish yakunida O'FA tashkil etgan tadbirlarni va terma jamoalar faoliyatini muntazam yoritib borishda yaqindan hamkorlik qilganligi hamda Respublikamizda futbol ommaviyligini oshirish va sog'lom turmush tarzini aholi orasida keng targ'ib etganligi uchun jurnalistlarga minnatdorchilik sifatida maxsus sovg'alar taqdim etildi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика