So’nggi yangiliklar

19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  1 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 18:42"Ал Батаэҳ" — "Хорфаккан". Ғаниев асосий таркибда  0 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 17:13"Самахи" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  4 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  0 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  3 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  8

O'FA rahbariyati yangi mavsum oldidan hakamlar bilan uchrashdi Yangiliklar

O'FA rahbariyati yangi mavsum oldidan hakamlar bilan uchrashdi

O'FA tomonidan mamlakatimizda hakamlik sohasini rivojlantirish, futbol hakamlari malaka va salohiyatini oshirish, halollik va shaffoflikni taminlashga qaratilgan tizimli ishlar muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Malumki, bir necha kunlardan so'ng yurtimizda futbol mavsumiga start beriladi. Uni yuqori ruhda o'tkazishda sifatli hakamlikning ham o'rni bor. Kecha O'zbekiston futbol associaciyasining majlislar zalida hakam va nazoratchilar bo'lib o'tgan yig'ilishda ayni shu masalada so'z bordi. Yig'ilishda mavsumni yuqori saviyada o'tkazish uchun nafaqat klublar, balki hakamlar ham o'quv-mashg'ulotlarini o'tkazganligi takidlandi. Yig'inlar yangi bosqichga olib chiqilib, maxsus seminarlarga ilmiy yondashilganligi, VAR simulyatoriga oid maxsus texnologik ko'nikmalar berib borilganligi malum qilindi.

“Professional futbol uchun — sifatli hakamlik zarur. Futbolimizni rivojlantirishda, eng avvalo, hakamlikka etibor qaratishimiz kerak. SHu bois, so'ngi paytlarda ushbu yo'nalishga jiddiy etibor qaratilmoqda. Hakamning bahsli vaziyatlarda chiqarayotgan har bir qarori shaffof va futbol foydasi uchun bo'lishi shart. CHunki hakam, birinchi galda, adolatni va futbolchilarning xavfsizligini taminlaydigan, shuningdek, futbolimizning imidjini yaratadigan odamdir” dedi Ravshan Ermatov.

Uchrashuv davomida hakamlar orasida sog'lom raqobatni shakllantirish kerakligi aytilib, har bir turdan so'ng doimiy ravishda xatolar ustida ishlash va tahlil qilib borish bo'yicha topshiriqlar berildi. Soha imidjini ko'tarish yo'lida barcha hakamlar halol va adolatli qarorlar chiqarish kerakligi yana bir bor eslatildi. Kurashuvchan futbolchilarni tayyorlashda ham hakamlarning o'rni muhimligi aytildi. Bundan tashqari ayollar hakamligiga ham to'xtalinib, xotin-qizlar o'rtasidagi musobaqalarni faqat ayol hakamlari boshqaradigan tizim yo'lida ish olib borilayotgani qayd etildi. Ularning maoshlarini bosqichma bosqich oshirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Yig'ilishda shuningdek, O'FA vice-prezidenti Odil Ahmedov ham so'z olib, futbolning rivojlanishida hakamlarning elkasidagi masuliyat futbolchilarniki kabi katta ekanligini aytdi. Uchrashuv yakunida OFK akademiyalarini yakunlagan yosh hakamlarimiz haqida malumot berildi. O'FA rahbariyati yangi mavsum oldidan barcha hakamlarimizga omad tiladi.





Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика