So’nggi yangiliklar

14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  0 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  5 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  5 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  7 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  14 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2

O'FA rahbariyati O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi Yangiliklar

O'FA rahbariyati O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, 27 sentyabrdan 8 oktyabrga qadar Kuvaytda futzal bo'yicha Osiyo kubogi bahslari bo'lib o'tadi.

Unda qitamizning eng kuchli jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib boradilar. O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Bahrayn, Tojikiston va Turkmaniston vakillariga qarshi bahs olib boradi.

Bugun O'FA rahbariyati mazkur yirik musobaqa oldidan O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi azolari bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida oldimizda turgan ushbu musobaqaning masuliyati haqida fikr bildirildi. Unga etarlicha tayyorgarlik ko'rilgani, bir qancha yig'inlar va xalqaro uchrashuvlar tashkil etilgani qayd etildi. Futzal terma jamoamiz yirik turnirlarda muntazam ishtirok etib kelayotgani aytilib, bu galgi turnirda ham munosib ishtirok etgan holda yuqori o'rinni qo'lga kiritishga tilak bildirildi.

Butun xalqimiz, futbol jamoatchiligi va muxlislar musobaqa davomida jamoamizni qo'llab-quvvatlashi, vakillarimiz esa birdam bo'lib, Vatanimiz sharafi uchun kurashishi va yurt obro'sini xalqaro maydonda munosib himoya qilishi kerakligi takidlandi.

O'z o'rnida jamoamizning bir qator etakchi futzalchilari ham o'z fikrlarini bildirib o'tishdi. SHundan keyin Ravshan Irmatov murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashdi. Uchrashuv yakunida O'FA rahbariyati masuliyatli turnir oldidan yana bir bor jamoamizga omad tiladi.

Eslatib o'tamiz, vakillarimiz Osiyo kubogidagi ishtirokini 27 sentyabr kuni Turkmanistonga qarshi o'yin bilan boshlaydi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика