So’nggi yangiliklar

12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  4 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  0 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  1 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  10 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  14 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  5 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  39

O'FA rahbariyati futbol klublari masullari bilan ko'rishdi Yangiliklar

O'FA rahbariyati futbol klublari masullari bilan ko'rishdi

Bugun O'zbekiston Futbol Associaciyasi prezidenti Abdusalom Azizov professional futbol klublari vakillari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi.

Kun tartibiga ko'ra, o'tgan mavsum yakunlari va yangi mavsum rejalari ko'rib chiqildi, klublarning faoliyati, ifratuzilmasi va moliyaviy hisobotlari aniq raqamlar asosida tahlil qilindi. 

Mablag'larni klublar rivoji uchun maqsadli sarflash, legionarlarni jalb qilishda ularning darajasini tahlil qilish, akademiya, ayollar futboli, futzal va infratuzilmaga etibor qaratish borasida talablar qo'yildi. Hakamlarning halol ishlashi, hakamlik sifatini oshirish, VAR tizimini takomillashtirishga etibor qaratildi. Kelishilgan o'yinlarga qarshi keskin va ayovsiz kurash jadallik bilan davom ettirilishi malum qilindi. 



Masullarga transferlar jarayonini nazorat qilish zarurligi takidlandi. Yosh futbolchilarga ko'proq o'yin amaliyoti berish va ularning klubda tajribasini oshirib borish muhimligi aytildi. 



"Biz U-20, U-23 Osiyo chempionatlari kabi nufuzli turnirlarga mezbonlik qilmaganimizda bir qator yosh futbolchilarimiz kuchli ligalarga, katta klublarga transfer qilinmagan bo'lardi. Klublarda ham istedodlarga muntazam ishonch bildirish zarur. Ularda ishtiyoq va intilish yuqori darajada", – dedi Abdusalom Abdumavlonovich.

Yig'ilishda O'FA rahbariyati tomonidan klublardagi mavjud muammolar tinglandi. Ushbu muammolar echimida jamoalarga kerakli yordam ko'rsatilishi malum qilindi. Klublar terma jamoalar bilan hamjihat ishlagan holda, istedodli futbolchilarni tarbiyalashi ustuvor vazifa etib belgilandi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика