O'FA, PFL va klublar soliqlardan ozod etiladi
19 iyu 2023 11:10
Yangiliklar
O'FA, PFL va klublar soliqlardan ozod etiladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ–857, 18.07.2023 y.) bilan Soliq kodeksining 483-moddasiga qo'shimcha kiritildi.
SHunga ko'ra, 2026 yil 1 yanvargacha O'zbekiston futbol associaciyasi, uning hududiy bo'linmalari, “O'zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, O'zbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari quyidagi soliqlarni to'lashdan ozod etildi:
- barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno);
- o'zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan to'lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini;
O'zbekistonga olib kiriladigan, O'zbekistonda o'xshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari, translyaciya qilish uchun zarur bo'lgan asbob-uskunalar, inventar va texnika, farmakologiya tovarlari, sport oziq-ovqatlari, futbol (futzal) maydonlari uchun suniy o'tlar, shokpad, granulalar, maxsus elimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun qo'shilgan qiymat solig'ini.
Qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran kuchga kiradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar