So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  1 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  0 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  2 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  14 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  239 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

O'FA O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi Yangiliklar

O'FA O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi

O'FA bugun O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgan mutaxassis Denis Ivankov bilan shartnomani uzaytirdi.

Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz shtabida darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlayotgan Denis Ivankov bugun O'FA bilan yangi shartnoma imzolagan. Yaqinda rasman "Nasaf"dan ketgan mutaxassis O'FA bilan 3 yillik bitimga imzo chekdi.

Qayd etish kerakki, Ivankov bundan buyog'iga nafaqat milliy termada, balki Olimpiya terma jamoasi murabbiylar shtabida ham faoliyat ko'rsatadi. Denis Ivankov MTJda Ektor Kuperga, OTJda esa Lyubinko Drulovichga yordam beradi.

Malumot o'rnida shuni aytish mumkinki, Denis Ivankov "Nasaf"dagi faoliyati davomida turli yoshdagi terma jamoalar va MTJ darajasidagi Eldorbek Suyunov, O'tkir Yusupov va Umidjon Ergashev kabi iqtidorli posbonlarni tarbiyalashga muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, Ivankov "Nasaf"dan avval ishlagan "Mashal"dagi faoliyati davomida ham ajoyib posbonlarni chiqarishda jonbozlik ko'rsatgan. Ulardan biri Sanjar Quvvatov. Ayni paytda Ivankovning barcha shogirdlari terma jamoalarga nomzod darvozabonlar hisoblanadi.

Reyting: +78   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика