So’nggi yangiliklar

23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  0 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  1 22:53Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Осасуна". Таркиблар маълум, "Реал" юришини бошламоқда!  8 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  6 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  9 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  2 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  3 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  13 18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  15 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   5 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  1 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  4

Eron nashri OFK prezidentligi nomzodiga atab maqola elon qildi Yangiliklar

Eron nashri OFK prezidentligi nomzodiga atab maqola elon qildi

Teglar :  OFKRumaysiy
General-mayor Muhammad Halfan Al Rumaysiy, Abu Dabi policiyasining shef-komandiri va BAAning sport bo'yicha bosh boshqarmalari raisi, OFK prezidentligiga nomzod, Osiyo futboli uchun separatistlik g'oyalari bilan tahdid bo'lishi iddao qilinmoqda.

Bu haqida Eronning mashreghnews.ir sayti xabar qilmoqda. 6 aprel kuni OFK prezidentligiga saylovlar bo'lib o'tadi. Bu qita futbolidagi eng katta voqea sanaladi. Bu voqealar, ayniqsa, Eron bilan bog'iq masalalar uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Zero, uchchala nomzod ham bu yil prezidentlik uchun kurash olib borishini elon qildi.

Birinchisi, amaldagi prezident SHayx Salmon, ikkinchisi qatarlik Saud al Muhannadiy, uchinchisi va hozirda juda ko'p muhokama va munozaralarga sabab bo'layotgan General Muhammad Xalfan al Rumaysiydir.

Erondagi yangiliklar agentliklarining jar solishicha, agarda OFK prezidentlik kursisini Rumaysiy egallasa, quyidagilar ro'y berishi mumkin:

- Barcha masalalarga harbiy-siyosiy hamda noreallikka asoslgan yondashuv. U o'z vaqtida Abu Dabi policiyasining boshlig'i bo'lgan. U sportdan ko'ra harbiy va siyosiy ishlarda rahbarlik lavozimlarida ishlaganligi uchun ham harbiy-siyosiy sohani yaxshi tushunadi. 

- Al-Rumaysiy Abu Dabi bir necha kun avval bo'lib o'tgan o'zining birinchi matbuot anjuanida muhbirlarga rang-barang vadalar berdi. Birinchisi, Osiyo futboli taraqqiyotiga 320 millionlik investiciya kiritish istagi. Eron nashrlarining yozishicha, bu juda katta mablag' va amalga oshirilishi qiyin bo'lgan ishdir.

- Saylov dasturida kreativlilikning yo'qligi va FIFA prezidenti Janni Infantinodan bu borada nusxa olinganligidan tashqari, Osiyo futboli taraqqiyotiga millionlab dollarlarning kiritilishi haqida gap boradi. Masalan, Osiyoda ayollar futbolini ko'tarish kabi bir qator vadalar hayratlanarli darajada Infantinoning saylovoldi dasturida ham keltirilgan va deyarli dastur ko'chirib olingan.

- Al Rumaysiy Eron va qolaversa Osiyo futboliga separatistik g'oyalari bilan tahdid solishi mumkin, agarda u OFKda ish boshlasa. CHunki, u Eron bilan bog'liq masalalarga doim arab mamlakatlari bilan birgalikda kurashish kerakligini uqtirib kelgan. Masalan, u hatto, Erondagi Osiyo chempionlar ligasiga kelishdan ham bosh tortgan. Lekin, OFK Rumaysiyning talablari hamda iddaolariga quloq solmagan va BAA klubariga Tehronda o'ynashga buyruq bergan. 

Mana shunday jihatlari uchun ham hozirda Eron Rumaysiyning hokimiyat tepasiga kelishini istamayapti. Boshqa so'z bilan aytganda BAA va Qatar o'rtasiga o'xshash mojaro futbolga qanday zarar keltirayotgan bo'lsa, Rumaysiyning kelishi bilan ushbu mojaroga o'xshash yangi muammo paydo bo'lishi mumkin, deb yozadi Eron nashrlari.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика