So’nggi yangiliklar

01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  0 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  1 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  24 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1

O'FA "Metallurg" futbolchisini 2 o'yinga chetlatdi, "Navbahor" rasmiysini jazoladi va boshqa xabarlar Yangiliklar

O'FA "Metallurg" futbolchisini 2 o'yinga chetlatdi, "Navbahor" rasmiysini jazoladi va boshqa xabarlar

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.

Tartib-intizom qo'mitasining qarorlari

Superliga

“Olimpik” — “Metallurg”

O'zbekiston Superligasining 13-turi doirasidagi “Olimpik” — “Metallurg” uchrashuvining 58-daqiqasida “Metallurg” futbol klubi futbolchisi Husniddin G'ofurov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisini qorin qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Husniddin G'ofurovga (“Metallurg”) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

O'zbekiston kubogi

“Olimpik” — “Navbahor lochinlari”

O'zbekiston Kubogining 3-guruh bosqichi doirasidagi “Olimpik” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvi yakunlangandan so'ng “Navbahor lochinlari” futbol klubining rasmiy vakili Otabek Samatov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Otabek Samatovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

“Aral” — “Paxtakor”

O'zbekiston Kubogining 3-guruh bosqichi doirasidagi “Aral” — “Paxtakor” uchrashuvning 28-daqiqasida “Paxtakor” klubi futbolchisi Muhammadrasul Abdumajidov to'p maydonda bo'lgan vaqtda raqib o'yinchisining yuziga tizza qismi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Muhammadrasul Abdumajidovga (Paxtakor) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Paxtakor-79” — “Xorazm”

O'zbekiston Kubogining 3-guruh bosqichi doirasidagi “Paxtakor-79” — “Xorazm” uchrashuvi yakunlangandan so'ng “Paxtakor-79” futbol klubining rahbari Kelvin Logo bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Kelvin Logoga (Paxtakor-79) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

"Yunired” — “Bunyodkor”

O'zbekiston Kubogining 3-guruh bosqichi doirasidagi “Yunired” — “Bunyodkor” uchrashuvning 90+3-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Muhammadsafo Fozilov raqib o'yinchisining shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Muhammadsafo Fozilovga (Bunyodkor) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

Pro liga

“Aral” — “Yunired”

Pro liganing 11-turi doirasidagi “Aral” — “Yunired” uchrashuvning 21-daqiqasida “Yunired” futbol klubi futbolchisi Islom Karimov to'p uchun kurash vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining son qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Islom Karimovga (Yunired) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

Birinchi liga

“Nurafshon” — “Olimpiya”

Birinchi liganing 8-turi doirasidagi “Nurafshon” — “Olimpiya” uchrashuvning 88-daqiqasida “Nurafshon” futbol klubi futbolchisi Sardor Sulaymonov to'psiz vaziyatda qo'l qismi bilan raqib o'yinchisiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Sardor Sulaymonovga (Nurafshon) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Lokomotiv BFK” — “Cementchi”

Birinchi liganing 8-turi doirasidagi “Lokomotiv BFK” — “Cementchi” uchrashuvning 60-daqiqasida “Cementchi” futbol klubining murabbiyi Ilhom Zaylabiddinov zaxira hakami shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Uchrashuv yakunlangandan so'ng “Lokomotiv BFK” futbol klubi futbolchisi Azizbek Mahmudov raqib o'yinchisining shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. SHuningdek, “Cementchi” vakillari SHuhratillo Rahmonov va Nodirbek Yo'ldoshev ham xuddi shunday harakatlari uchun chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining ushbu o'yinda sodir etilgan holatlar bo'yicha quyidagicha intizom choralarini qo'lladi:

Ilhom Zaylabiddinovga (Cementchi) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi;

Nodirbek Yo'ldoshev (Cementchi) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish chorasi;

Azizbek Mahmudovga (Lokomotiv BFK) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish chorasi;

SHuhratillo Rahmonovga (Cementchi) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi.

“Jizzax Zvezda Buston” — “Zomin bo'rilari”

Birinchi liganing 8-turi doirasidagi “Jizzax Zvezda Buston” — “Zomin bo'rilari” uchrashuvning 85-daqiqasida “Zomin bo'rilari” futbol klubi futbolchisi Mirjalol Suyunov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan. Uchrashuvning 90+5-daqiqasida “Jizzax Zvezda Buston” futbol klubi futbolchisi Nodirbek Qo'yboqov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyog'iga zarba bergani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Mirjalol Suyunovga (Zomin bo'rilari) nisbatan 3 ta, Nodirbek Qo'yboqovga (Jizzax Zvezda Buston) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Bunyodkor farm” — “Paxtakor-79”

Birinchi liganing 8-turi doirasidagi “Bunyodkor farm” — “Paxtakor-79” uchrashuvning 61-daqiqasida “Paxtakor-79” futbol klubi futbolchisi A. Lutfullaev to'p uchun kurashish vaqtida raqib o'yinchisining ko'krak qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. O'yin yakunlangandan so'ng “Bunyodkor farm” jamoasi futbolchisi S.Xursandov raqib o'yinchisiga tajovuzkor harakat qilib, oyoq qism bilan zarba bergani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, A. Lutfullaevga (Paxtakor-79) nisbatan 2 ta, Sardor Xursandovga (Bunyodkor farm) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Nasaf farm” — “Qumqo'rg'on-1977”

Birinchi liganing 8-turi doirasidagi “Nasaf farm” — “Qumqo'rg'on-1977” uchrashuvning 83-daqiqasida “Qumqo'rg'on-1977” futbol klubi futbolchisi Islom SHodmonov to'p uchun kurashish vaqtida raqib o'yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Islom SHodmonovga (Qumqo'rg'on-1977) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

U-21 chempionati

“Paxtakor U-21” — “Surxon U-21”

U-21 chempionatining 12-turi doirasidagi “Paxtakor U-21” — “Surxon U-21” uchrashuvning 31-daqiqasida “Surxon U-21” jamoasi futbolchisi Jo'rabek Mamatqulov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining tizza qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Jo'rabek Mamatqulovga (Surxon U-21) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Navbahor lochinlari U-21” — “Olimpik U-21”

U-21 chempionatining 12-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari U-21” — “Olimpik U-21” uchrashuvining 68-daqiqasida “Olimpik U-21” jamoasi futbolchisi SHahzod Toirov yordamchi hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, SHahzod Toirovga (Olimpik U-21) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

U-19 chempionati

“Qo'qon-1912 U-19” — “Andijon SGS U-19”

U-19 chempionatining 10-turi doirasidagi “Qo'qon-1912 U-19” — “Andijon SGS U-19” uchrashuvning 83-daqiqasida “Qo'qon-1912 U-19” jamoasi futbolchisi Jasurbek Mahmudjonov to'p uchun kurashish vaqtida raqib o'yinchisining yuz qismiga oyoq qismi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Jasurbek Mahmudjonovga (Qo'qon-1912 U-19) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“SHo'rtan U-19” — “Neftchi U-19”

U-19 chempionatining 12-turi doirasidagi “SHo'rtan U-19” — “Neftchi U-19” uchrashuvining 77-daqiqasida “Neftchi U-19” jamoasining futbolchisi Husanboy Umirzoqov raqib jamoa darvozaboni to'pni qo'lga olgandan so'ng qasddan qo'l qismiga oyoq bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Husanboy Umirzoqovga (Neftchi U-19) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Buxoro U-19” — “Yunired U-19”

U-19 chempionatining 10-turi doirasidagi “Buxoro U-19” — “Yunired U-19” uchrashuvning 86-daqiqasida “Buxoro U-19” jamoasi futbolchisi SHodmonbek Baxtiyorov hamda “Yunired U-19” jamoasi futbolchisi Oybek Xamraqulovlar bir-birlarini urib tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, SHodmonbek Baxtiyorov (Buxoro) va Oybek Xamraqulovga (Yunired) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Turon U-19” — “G'ijduvon U-19”

U-19 chempionatining 6-turi doirasidagi “Turon U-19” — “G'ijduvon U-19” uchrashuvning 81-daqiqasida “G'ijduvon U-19” jamoasi futbolchisi Albert Nurullaev to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyog'iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Albert Nurullaevga (G'ijduvon U-19) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Qizilqum U-19” — “OKMK U-19”

U-19 chempionatining 7-turi doirasidagi “Qizilqum U-19” — “OKMK U-19” uchrashuvning 33-daqiqasida “OKMK U-19” jamoasi futbolchisi Asadbek Ahmadjonov raqib o'yinchining shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Asadbek Ahmadjonovga (OKMK U-19) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Xorazm U-19” — “Navbahor farm U-19”

U-19 chempionatining 8-turi doirasidagi “Xorazm U-19” — “Navbahor farm U-19”uchrashuvning 90+3-daqiqasida “Navbahor farm U-19” jamoasining futbolchisi SHohruhbek Isomiddinov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisini oyog'iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, SHohruhbek Isomiddinovga (Navbahor farm U-19) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Olimpik U-19” — “Paxtakor U-19”

U-19 chempionatining 9-turi doirasidagi “Olimpik U-19” — “Paxtakor U-19” uchrashuvi davomida hamda uchrashuv yakunlangandan so'ng “Paxtakor U-19” jamoasi darbozabonlar murabbiyi Mixail Spiridonov o'zini agressiv tutib, O'zPFL komissariga qo'pol muomalada bo'lgan va haqoratli so'zlar ishlatgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Mixail Spiridonovga (Paxtakor U-19) nisbatan 5 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

“Xorazm U-19” — “Neftchi U-19”

U-19 chempionatining 10-turi doirasidagi “Xorazm U-19” — “Neftchi U-19” uchrashuvning 62-daqiqasida “Neftchi U-19” jamoasi futbolchisi Martavali Turg'unov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyog'iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Martavali Turg'unovga (Neftchi U-19) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

Futzal. O'zbekiston kubogi

“Surxon” — “Qizilqum”

O'zbekiston Kubogi saralash bosqichi doirasidagi “Surxon” — “Qizilqum” futzal jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlangandan so'ng “Surxon” futzal jamoasi futbolchisi SHarofjon Rashidov hamda jamoa rasmiy vakili Elyor Uzoqov hakamlar shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, SHarofjon Rashidov va  Elyor Uzoqovga (Surxon) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Nasaf” — “Metallurg”

O'zbekiston Kubogi 1/8 bosqichi “Nasaf” — “Metallurg” futzal jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlangandan so'ng “Metallurg” futzal jamoasining futbolchisi Oxunjon Xonumqulov hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Oxunjon Xonumqulovga (Metallurg) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Dinamo plyus” — O'zSQB

O'zbekiston Kubogi 1/8 bosqichi “Dinamo plyus ” — O'zSQB uchrashuvning 20-daqiqasida “Dinamo plyus” jamoasi darvozabonlar murabbiyi Ikrom Karimov raqib o'yinchisi shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ikrom Karimovga (Dinamo plyus) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

Futzal. U-18 chempionati

“Paxtakor U-18” — “Metallurg U-18”

Futzal bo'yicha U-18 chempionati doirasidagi “Paxtakor U-18” — “Metallurg U-18” futzal jamoalari o'rtasidagi uchrashuvning 20-daqiqasida “Paxtakor U-18” futzal jamoasining futzalchisi Nodirbek Tuliev texnik zonani tark etib, raqib o'yinchisining ko'krak qismidan itarib yuborganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Nodirbek Tulievga (Paxtakor U-18) nisbatan 4 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Paxtakor U-18” — “Metallurg U-18”

Futzal bo'yicha U-18 chempionati doirasidagi “Paxtakor U-18” — “Metallurg U-18” futzal jamoalari o'rtasidagi uchrashuvning 20-daqiqasida “Paxtakor U-18” futzal jamoasi futbolchisi Amin Sviridov texnik zonani tark etib raqib o'yinchisini ko'krak qismiga qo'lining kaft qismi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Amin Sviridovga (Paxtakor U-18) nisbatan 4 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Oil Star” — “Lokomotiv”

O'zbekiston Kubogi 1/4 bosqichi doirasidagi “Oil Star” — “Lokomotiv” futzal jamoalari o'rtasidagi uchrashuvining 15-daqiqasida “Oil Star” jamoasi futbolchisi Isoxon Ibragimov uchrashuv to'xtatilgan vaqtda erda yotgan raqibining bosh qismiga to'p bilan tepganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Isoxon Ibragimovga (Oil Star) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

Ayollar birinchi ligasi

“Lokomotiv 2-W” — “Andijanka-W”

Ayollar birinchi ligasining 4-turi doirasidagi “Lokomotiv 2-W” — “Andijanka-W” uchrashuvning 80-daqiqasida “Lokomotiv 2-W” jamoasi futbolchisi Nilufar Nurmuxamedova hamda “Andijanka-W” jamoasi futbolchisi Robiyaxon Mirzaevalar bir-birlariga nisbatan tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Nilufar Nurmuxamedova (Lokomotiv-W) va Robiyaxon Mirzaevaga (Andijanka) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Surxon-W” — “Navbahor-W”

Ayollar birinchi ligasi 4-turi doirasidagi “Surxon-W” — “Navbahor-W” uchrashuvi yakunlangandan so'ng “Navbahor-W” jamoasi futbolchisi Zarina Xodjaeva bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Zarina Xodjaevaga (Navbahor-W) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Surxon-W” — “Navbahor-W”

Ayollar birinchi ligasi 4-turi doirasidagi “Surxon-W” — “Navbahor-W” uchrashuvning 56-daqiqasida “Navbahor-W” jamoasi futbolchisi Vazira Xayitova ikkinchi sariq kartochka olib, chetlashtirilgandan so'ng bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani hamda bosh hakamning bo'yin qismidan bo'g'gani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Vazira Xayitovaga (Navbahor-W) nisbatan 5 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Lokomotiv-W” — “Andijanka”

Ayollar birinchi ligasi 4-turi doirasidagi “Lokomotiv-W” — “Andijanka” uchrashuvning 80-daqiqasida “Lokomotiv-W” jamoasi murabbiyi Komron Baxavutdinov texnik zonani tark etib, haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Komron Baxavutdinovga (Lokomotiv-W) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика