O'FA Hakamlar va nazoratchilar departamentida Mamur Saidqosimov o'rniga yangi direktor tayinlandi
02 may 2019 18:55
Yangiliklar


O'FA Hakamlar va nazoratchilar departamentida Mamur Saidqosimov o'rniga yangi direktor tayinlandi
O'zbekiston futbol associaciyasi mamlakatimizdagi hakamlar malakasini oshirish va ularning saviyasini yuksaltirish bo'yicha muntazam ravishda chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Jumladan, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan hakamlar va nazoratchilar bilan ish olib borishni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida O'FA Hakamlar va nazoratchilar departamentiga yosh mutaxassis Bekzod Aripov tayinlandi.
Bekzod Aripov 1989 yil 19 iyun kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. Malumoti oliy. 2013 yilda O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. O'z vaqtida "CHig'atoy", "Paxtakor", "Bunyodkor" klublarida futbolchi sifatida to'p surgan. Bungacha Bekzod Aripov O'zbekiston Professional futbol ligasida ishlab kelayotgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar