So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Сўғдиёна" — "Насаф" 0:0 (матнли трансляция)  8 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 19:00Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  21 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4

O'FA Etika qo'mitasining qarori. Qo'qon-1912 hakamlarni sotib olganlikda aybor deb topildi Yangiliklar

O'FA Etika qo'mitasining qarori. Qo'qon-1912 hakamlarni sotib olganlikda aybor deb topildi

O'zbekiston futbol associaciyasi Etika qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston futbol associaciyasining futbol faoliyatini nazorat qilish bo'yicha maxsus inspekciyasi tomonidan taqdim etilgan O'zFHM hakamlari Xusan Muzaffarov, Obid Jumaev va Jasur Rustamov hamda «Qo'qon-1912» futbol klubi sport direktori SHuhrat Mo'minovning kelishilgan o'yinlarda ishtirok etganligi to'g'risidagi ish ko'rib chiqildi.

Qo'mita tomonidan kun tartibidagi masalani o'rganish davomida aniqlanishicha, 2023 yil 22 mart kuni Proliga doirasida bo'lib o'tgan «Qo'qon-1912» – «Mashal» futbol klublari o'rtasidagi uchrashuvdan oldin «Qo'qon-1912» futbol klubi vakili SHuhrat Mo'minov O'zbekiston futbol hakamlari markazi hakami Xusan Muzaffarovga «Qo'qon-1912» futbol klubi foydasiga hakamlik qilishini so'rab murojaat qilgan hamda evaziga pul mablag'i taklif qilgan. Uchrashuv bosh hakami Xusan Muzaffarov ushbu taklifga rozi bo'lgan va o'yin «Qo'qon-1912» futbol klubi foydasiga yakunlangan.

SHuningdek, 2023 yil 18 iyun sanasida Proliga doirasida bo'lib o'tgan «Orol» – «Qo'qon-1912» futbol klublari o'rtasidagi uchrashuv oldidan «Qo'qon-1912» klubi vakili SHuhrat Mo'minov o'yin hakamlari Xusan Muzaffarov, Obid Jumaev va Jasur Rustamovlarga uchrashuvni «Qo'qon-1912» klubi foydasiga hal bo'lishi uchun moddiy manfaat taklif etgan. Uchrashuv bosh hakami Xusan Muzaffarov mazkur taklifga rozi bo'lgan hamda pul mablag'larini yordamchi hakamlar Obid Jumaev va Jasur Rustamovlar bilan o'zaro bo'lib olganlar.

O'zbekiston futbol associaciyasi Etika qo'mitasi mazkur holatlar yuzasidan O'zbekiston futbol hakamlari markazi hakamlari Xusan Muzaffarov, Obid Jumaev va Jasur Rustamovni O'FA Intizom kodeksining tegishli bandlarini buzgan deb topdi. Ularga nisbatan futbol bilan bog'liq faoliyatning barcha turidan umrbod chetlatish hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanildi.

SHuningdek, «Qo'qon-1912» futbol klubi sport direktori SHuhrat Mo'minov O'FA Intizom kodeksining tegishli bandlariga asosan aybdor deb topilib, unga nisbatan futbol bilan bog'liq faoliyatning barcha turidan umrbod chetlatish jazosi tayinlandi.

O'zbekiston futbol associaciyasi kelishilgan o'yinlarni aniqlash bo'yicha FIFA, OFK, «Sportradar» va boshqa tegishli tashkilotlar bilan muntazam ravishda hamkorlik qilib kelayotganligini malum qiladi. O'z navbatida, kelgusida aniqlanadigan holatlar yuzasidan aybdor shaxslarga nisbatan qatiy choralar ko'rilishi to'g'risida ogohlantiradi.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика