So’nggi yangiliklar

22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  0 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  6 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  1 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  5 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  94 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  2 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3

O'FA Abduqodir Husanov kabi yulduzlarni o'z himoyasiga olishi kerakmi? Yangiliklar

O'FA Abduqodir Husanov kabi yulduzlarni o'z himoyasiga olishi kerakmi?

Avval xabar berganimizdek, yaqin o'tmish yulduzi Odil Ahmedov "90minutuz" podkastida ishtirok etdi.

Bugungi kunda O'FA vice-prezidenti lavozimida ishlab kelayotgan mutaxassis "Manchester Siti" va milliy terma jamoa himoyachisi Abduqodir Husanov bilan bog'liq vaziyat bo'yicha fikrlarini bildirdi.

"Futbol ommalashib ketdi. Bizning mentalitetimizda bu holatni nazoratga olish biroz mushkul. Futbolchi keldimi, men tanishimanmi, mendan kimdir iltimos qiladi. Unga telefon qiladi, bunga telefon qiladi. Shunaqa narsalar ko'payib ketadi. Biroq baribir ko'p narsa futbolchining o'ziga bog'liq bo'ladi. Hurmat-etiborni saqlagan holda diqqatini o'yinga qaratishi va qolgan narsalarni chetga surib qo'yishi zarur. Har kimni ko'ngliga qarayman deb, o'zingiz pand eb qo'yishingiz mumkin", – dedi Ahmedov.

Podkast mualliflaridan biri Mirkomil Musaev Ahmedovdan O'zbekiston MTJning oldingi va hozirgi o'rtoqlik o'yinlari o'rtasidagi farq haqida to'xtalib, milliy jamoa 2022 yildan beri Shveciya, Meksika, AQSH va boshqa termalarga qarshi uchrashuvlar tashkil etayotganini qayd etdi. 

Mirkomil Musaev: "O'sha paytda nega biz nisbatan saviyasi pastroq jamoalarga qarshi o'ynaganmiz? Shu savol siz futbolchilarda ham tug'ilganmi?"

Odil Ahmedov: "Albatta, bu savol doim tug'ilgan. O'sha paytlarda associaciyada kimlarni ishlaganini eslolmayman. Bu narsa bugungi kunda xalqaro bo'lim yaxshi faoliyat yuritayotganidan darak beradi. Xalqaro munosabatlar ham yaxshi va associaciya prezidenti har bir uchrashuv uchun imkoniyat yaratib beradi. Shuning uchun bizda o'rtoqlik o'yinlari ko'paydi va takliflar kelib tushmoqda. Nafaqat, asosiy terma jamoa, balki yoshlar va o'smirlar ham Braziliya, Argentina mamlakatlarida o'ynab kelishdi. Ko'rinyaptiki, kuchliroq terma jamoalar bilan qanchalik ko'y o'ynasak, natijalar ham shunchalik yaxshi bo'ladi. Bizning vaqtimizda nimalar bo'lganidan xabarim yo'q, chunki biz kelib, vazifamizni bajarardik va o'ynab ketardik".


"90minutuz" podkasti to'liq holda:


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика