Odiljon Hamrobekov: "Ko'pchilik BAAni favorit hisoblagandi. Tojikistonni tabriklayman"
29 jan 13:09
Yangiliklar
Odiljon Hamrobekov: "Ko'pchilik BAAni favorit hisoblagandi. Tojikistonni tabriklayman"
Ayni paytda Osiyo kubogi 1/8 finali doirasidagi O'zbekiston - Tailand o'rtasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.
"Tailand bilan o'yinga to'liq tayyormiz. Kechagi o'yin bitta jamoa o'ziga kerakli natijaga erisha olishi mumkinligini ko'rsatib berdi. Kecha menimcha ko'pchilik BAAni favorit deb hisoblagandi, ammo o'yinda buning aksi bo'ldi. Tojikistonni chorak finalga chiqqani bilan tabriklayman. Biz Osiyo kubogiga maksimal natija qo'yib kelganmiz. Mana shu maqsad yo'lida ishlashda davom etamiz", - dedi Odiljon Hamrobekov.
Matbuot anjumani tez orada to'liq holda saytimizga joylanadi.
Fikrlar