So’nggi yangiliklar

09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  1 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  10 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  12 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  10 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  14 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  122 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  850

Odil va Aziz, qalblarga "o't yoqing"! Yangiliklar

Odil va Aziz, qalblarga "o't yoqing"!

Ertaga O'zbekiston terma jamoasi g'alaba qozonsa, uchinchi o'rin bilan bo'lsada JCHga chiqish imkoniyatini saqlab qoladi.

Agar g'alaba qozonsak, Eron o'z maydonida yutqizmasa biz to'g'ridan-to'g'ri JCHga yo'l olamiz. Eron - Suriya o'yininisiz ham JCH o'z qo'limizda. SHuning uchun hech bo'lmasa shu uchinchi o'rinni egallashimiz uchun ham ertaga terma jamoamiz g'alaba qozonishi shart.

Yana bir narsani aytib o'taylik, O'zbekiston terma jamoasi Xitoyga mag'lubiyatga uchragach, eng ko'p tanqidiy maqolalarni yozgan sayt bo'ldik. SHuning uchun "dux-pux" degan gaplarni qilmasligingizni so'raymiz. Payti bo'ladi er bilan bitta qilib tanqid qilinadi, payti bo'ladi dalda beriladi. O'zbekistondagi barcha-barcha JCHni istab turgan bir paytda, bir kishiga teskari ketib, uni JCHsiz qolgan ahvolini ko'rishni niyat qilish to'g'ri bo'lmasdi. Keling, JCHga chiqib olaylik, qolganini 12 sentyabr kuni kattalarni o'zlari hal qilib berishsin. 

Ertaga o'yin, kassada chiptalar qolmagan. Kassadagi chiptalar haqida harchand gapirmaylik, foyda bermadi. Markaziy sektorlarning yaxshi-yaxshi joylari kassa ko'rmay, kassada tugadi. Etiroz qilmang janobi chiptafurishlar, o'ylaymanki, o'zgarishi kutilayotgan O'FFning rejasida Sizlar ham albatta borsizlar, qachondir adolat zafar quchishi kerak.

Ahmedov MTJ uchun jonini bermaydi deydiganlar, Xitoy bilan o'yindan keyin uning holatini ko'rdingiz. Aslida Eron bilan o'yindan so'ng uning ko'ziga Xitoydagi millionlar ham ko'rinmay futbolchilik faoliyatiga nuqta qo'ymoqchi bo'ldi. Rost gap bu. Bugun qarib qolgan bo'lsada, Geynrixda shunday vatanparvarlik bor. Vitalik uchun ham bu so'nggi imkoniyatligini yaxshi bilib turibdi, istayapti-ki, u bergan to'plar yarim himoyachiga borib etsa, lekin Odil bilan Vitalik nima qilsin, ular o'zbek futbolidan o'tib ketishgan bo'lsa. Yodingizda bo'lsa bir paytlar SHishelovni yarim himoyachilarimiz topguniga qadar u o'yindan tashqari holatga tushib qolaveradi. Janubiy Koreyadan farqli ravishda, O'zbekiston terma jamoasida ikki xil saviyadagi futbolchilar bor. Istaymizmi, yo'qmi tarozi pallasidagi tosh Koreyani bosadi. 

Lekin... Lekini shunda-ki, Koreya istagan payti JCHga chiqib oladi. Koreyadagi aksar futbolchilar JCHda to'p tepkanlar, tepmaganlari Qatarga borishlari aniqrodek. Ammo Ahmedov, Denisov, Nesterov va Ismoilov uchun bu so'nggi imkoniyat, Haydarov hozir asosiy tarkib azosi bo'lmasada JCHga munosib faoliyat olib bordi. Aynan shularni dahshatli tarzda qo'llab-quvvatlaylik-ki, stadion larzaga kelsin. Hisob raqib foydasiga 0:1 bo'ladimi, 1:2 bo'ladimi, shunday qo'llaylik-ki, raqib o'zini yo'qotsin, o'zbek o'zida iroda topsin. "Kambek" ko'rmaganimizga yillar bo'lib ketdi. Avvalo yaxshi niyat, gol o'tkazmaylik, o'tkazsak ham raqib bizni gol bilan taqib qilsin, biz ularga javob bermaylik. Lekin gol o'tkazib yuborsak birinchi bo'lib, darrov futbolchilarni haqoratlamay turaylik, iltimos qilardim-ki, hakamning o'yin yakuniga etishiga oid hushtagi chalinmaguniga qadar MTJni qo'llaylik, bilib qo'yishsinki, undan keyingi avlod muxlis faqat va faqat ular uchun qayg'urishini. SHunday atmosfera yarataylik-ki, futbolchilarning ko'zidagi so'nib qolgan olov uchqunlarini alanga oldirib yuboraylik. Bir kun, bor yo'g'i 90 daqiqa. Faqat mag'lubiyatga uchramasak bo'lgani, keyini o'zimizning qo'limizda, taqdirimizga bitilgan bo'lsa olis yo'l bilan bo'lsada boramiz yaqinimizdagi Rossiyaga. O'zbekiston - Quvayt o'yini yoshi kattalarning yodida bo'lsa kerak? 

Balki bu gaplarni qaysidir futbolchilar ham o'z dilidan o'tkazayotgan bo'lsalar ajab emas. Lekin ular uchun hozircha matbuot yopiq. Tuppa-tuzuk o'ynaydiganlari ham gapirishdan cho'chib qoldi. Qartabozlarni esa 12 sentyabrdan keyin yo'qotamiz, faqat hozir buni pesh qilmay turaylik. 

SHu narsa aniq bo'lib qoldi-ki, bugungi holatdan keyin Ahmedov, Denisov, Ismoilov va Nesterov MTJ mag'lubiyatga uchrasa MTJdan ketish haqida o'ylayaptilar. Lekin shahsan men MTJni bu to'rt futbolchisiz 2018 yilda tasavvur ham qila olmayman. O'zi shundoq ham emirilib bo'lgan terma jamoamiz, ularsiz qanday kunga tushini o'ylab ko'ring-a? Ko'p emas, bor yo'g'i ikki nafar futbolchi, Alvesh va Xavisiz "Barselona" nima bo'ldi? Bu "Barselona", oddiy klub bo'lsa boshqa edi, "Barselona" bo'lib ularning o'rniga o'yinchi topa olmadi, biz qaerdan topamiz?

MTJdan kim ketsa, ketsin, lekin bu to'rttovi emas. Ertaga mag'lubiyaga uchragan taqdirimizda ham ularni so'kmang, iltimos! Ular borini berdi, bironta o'yinga bepisand qaramadi. Boshqalar bepisand qaradi deb aytmayman, boshqalarni kuchi va malakasi etmadi. 

Hammasi o'z qo'limizda. Haydarovdan iltimosim, bugun tunda barchani yig'sin, bir o'zi. Murabbiylar shtabi aralashmasin. Yigitlarni ko'ziga o't yoqsin. Bisotidagi barcha tasirli gaplarni aytsin. Azizni yoshligidan bilaman, otasi juda istagan edi mashhur futbolchi bo'lishini, mashhur bo'ldi. Lekin otasi rahmatlini yana bir armon bor edi, u ham bo'lsa JCHga chiqish.

Odil, to'g'ri kamgapsan. Maydonda jangchisan, lashkarboshisan, lekin bugun Amir Temur bo'lib barcha-barcha "askarlarni" ertangi jang oldidan qalbiga o't yoq. 

Bizni durang qoniqtirmaydi, bizga faqat g'alaba kerak. O'yinni boshidanoq raqibni taslim etaylik. Anzur, sen va Ignatga ishonamiz! Anzur bu safar xato qilishga haqqing yo'q! Anzur, futbolchilar o'ylamasin bizni dushman deb, biz bir jamoamiz, vaziyat shuni taqozo qildi!

Qatar yutgan, Xitoy yutgan, Eron yutgan Janubiya Koreyani nega biz yutmaylik? Bir o'yinga, 90 daqiqaga kuch toping! Siz buni albatta bajarasiz!

Afsuski, meni o'zim bu o'yinda bo'lmayman. Lekin juda istardim, JCH chiptasini Sizlar bilan birga qo'lga kiritishni!

Kecha taksida ketar ekanman, haydovchi aytdi:

- Agar MTJ JCHga chiqsa, bosib ishlayman, Rossiya yaqin, ko'chada yotib bo'lsa ham bitta o'yinga tushaman.

Ko'rdingizmi, siz uchun ko'chada yotishga tayyor ishqibozingiz bor!


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +124   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика