So’nggi yangiliklar

17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  0 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   0 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  2 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  6 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  19 15:22"Фулхэм" "Арсенал" футболчиси бўйича таклиф билан чиқди  2 14:59"Манчестер Сити" Хулиан Альвареснинг нархини белгилади  3 14:36"Рома" янги стадион лойиҳасини намойиш этди  1 14:13Алексис Санчес "Удинезе"га қайтиши мумкин  2 13:49"Нефтчи" ва "Навбаҳор"га ўрнатилган тақиқ кучида қолди. Ушбу клублар ёзги трансфер ойнасида хорижлик футболчини рўйхатдан ўтказа олмайди   16 13:25Савич Туркия топ-клубига ўтди  1 13:02Клублар ўртасидаги ЖЧнинг 32 иштирокчисидан 29 таси аниқ!  12 12:39"Ўзбекистоннинг ўйини мен учун кутилмаган воқеа бўлмади" — Испания олимпия термаси устози  21 12:15"Челси" Испаниядан дарвозабон топди  2

"Odil Junior" hafta ichida: Toshkent shahar chempionatida debyut, vodiy uchun sovg'a Yangiliklar

"Odil Junior" hafta ichida: Toshkent shahar chempionatida debyut, vodiy uchun sovg'a

Klub matbuot xizmati jamoaning 1 hafta ichida bajargan ishlarini hisobot tariqasida berib borishda davom etadi.

"Odil Junior" U-15 Namangan Toshkentda

Bundan ikki yil avval Namangan viloyati hokimi Hayrulla Bozorov va Odil Ahmedov tomonidan hududning 2004 yilda tavallud topgan eng sara futbolchilarini Dilshod Nuraliev va Rauf Inileev bilan hamkorlikda imtihon asosida saralab olingan edi. SHerzod Jo'raev boshchiligida tarbiya topayotgan o'smir yoshidagi jamoamiz kuni kecha Toshkentda 8 kun davomida qator o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushdilar. Bo'lib o'tgan 4ta o'rtoqlik o'yinlarida quyidagi natijalar qayd etildi. 

ROZSK 2003 - "Odil Junior" 3:2

ROZSK 2004 - "Odil Junior" 1:3

O'zbekiston U16 (Toshkent jamoalaridan tashkil topgan terma jamoasi) - "Odil Junior" 4:3

"Lokomotiv" - "Odil Junior" 1:2

Azamat Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 1 kunlik yig'in o'tkazgan holda vakillarimizga qarshi bahs olib bordilar. Unda faqat Toshkentda istiqomat qilayotgan futbolchilar qatnashdilar. 

SHanba kuni Namanganda faoliyat olib borayotgan jamoamiz uchun ajoyib sovg'a taqdim etildi. Ular juda ko'plab mahoratli futbolchilarni katta maydonga kirib kelishiga sabab bo'lgan Toshkent shahar chempionatida ishtirok etadigan bo'ldilar. Bu erda SHerzod Jo'raev shogirdlari "Paxtakor", "Lokomotiv", "Spartak", "Bunyodkor" kabi kuchli raqiblar bilan doimiy bahs olib boradilar. Bu esa tabiiyki "Navbahor" jamoasi uchun tayyor zaxira futbolchilarini etishib chiqishiga zamin yaratadi.


"Avvalo bizga shu sharoitlarni yaratib berayotgan "Odil Junior" vakillariga rahmat. Bolalarimiz yanada yaxshi saviyaga chiqishlari uchun kuchli musobaqalar juda kerak. Toshkent shahar chempionati biz uchun ayni muddao bo'ldi. Qolaversa, terma jamoaga nomzod bo'lgan 3 nafar futbolchimiz doimiy ravishda murabbiylar nazoratida bo'lib turishlari ulardagi masuliyatni oshiradi", - deydi SHerzod Jo'raev.


Toshkent, boshladi!

2 yil davomida eng kichik yoshdagi futbolchilarni yig'ib katta sahnaga kirgan klub uchun kechagi yakshanba tarix zarvaraqlariga muxrlanadigan bo'ldi. Ilk marotaba "Odil Junior" jamoasi Toshkent shahar chempionatida o'z ishtirokini boshladi. "Odil Junior" jamoasi 3ta hududga bo'lingan musobaqaning 2ta hududiga o'z jamoalarini qo'ydi. 


Jamoalarimiz quyidagi tartib asosida bo'lindilar: 

"A" - 2004, 2006, 2007 va 2008-09.

"B" - 2003, 2006-07, 2007-08, 2008.


1-tur natijalari, "A".

2004. "Traktor" - "Odil Junior" 2:7

2006. "Traktor-07" - "Odil Junior" 1:1 (-/+)

2007. "Traktor" - "Odil Junior" 2:3

2008. "Traktor" - "Odil Junior-09" 2:7


1-tur natijalari, "B".

2003. "Odil Junior" - "CHig'atoy" 1:1

2006. "Odil Junior" - "CHig'atoy" 2:2

2007. "Odil Junior" - "CHig'atoy" 4:2

2008. "Odil Junior" - "CHig'atoy" 1:1

2-turda "A" hudud vakillari BO'SM CHilonzor mehmoni bo'ladilar, "B" hudud jamoamiz esa IBO'SM klubiga safar etadilar.


Jajjilarda nima gap? 

2010 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasidagi musobaqa 20 aprel kuni start oladi. 

2011 yillarda tarbiya topayotgan futbolchilarimiz 2:1 hisobda "Spartak"ka imkoniyatni boy berdilar. 2012 yillardagilar esa 5:1 hisobida "Mega Sport" jamoasini mag'lubiyatga uchratdilar. 


To'raqo'rg'onda Odil Ahmedov akademiyasi ishga tushadi

Namangan viloyatining To'raqo'rg'on tumanida Odil Ahmedov va uning do'sti Sodiq Ahmadaliev bilan hamkorlikda shu yilning iyun oyida vodiy futbol akademiyasi ishga tushish arafasida. Bitta standart va yarim standart usti yopiq suniy maydonlar orqali ko'plab istedodlar uchun vodiy futbol markazini bunyod etish ko'zda tutilgan. U erda 2004 yilda tavallud topgan vodiyning eng yaxshi futbolchilari uchun sharoit yaratiladi. Ular O'zbekiston Futbol Associaciyasi va Toshkent shahar futbol federaciyasi bilan hamkorlikda keyingi ikki yilda shahar chempionatida ishtirok etadilar. Undan tashqari 2020 yil Namangan viloyati 2-liga musobaqalarida ham o'z imkoniyatlarini sinab ko'radilar. Mazkur avlod vakillari 2022 yilga kelib "Navbahor" jamoasining o'rinbosarlar tarkibini negizini tashkil qilishlari kerak. 


Qo'qonda Ibrohim Rahimov futbol maktabi faoliyat boshlaydi

"Traktor" va "Lokomotiv" jamoalari orqali muxlislarga yaqin tanish bo'lgan qo'qonlik Ibrohim Rahimov may oyidan Buvayda tumanidagi BO'SM va "Odil Junior" jamoasi bilan hamkorlikda futbol maktabini ishga tushiradi. Futbol maktabida 2009, 2010, 2011 va 2012 yillarda tug'ilgan eng sara bolalar tanlab olinadi. Istedodli bolalar uchun barchasi mutlaqo bepul bo'ladi! Eng muhimi futbol klubi kerakli inventarlar bilan boyitildi. Murabbiy esa ayni paytda Toshkentda o'z bilimini oshirayapti. 

"Futbol orqali kam bo'lmadik. Buvaydani Qo'qonning "Bavariya"si deb atashardi. Vodiy futbolini tiklashimiz uchun ishni bolalar futbolidan boshlashimiz kerak. Bu borada Odil Ahmedov qilayotgan ishlarni o'zim tug'ilib o'sgan tumanda amalga oshirishga qaror qildim. Yaqin 10 yil ichida mehnatimiz o'z samarasini berishi aniq. Endigi etiborimni Buvaydida istiqomat qilayotgan kelajak avlod vakillariga qarataman", - deydi Ibrohim Rahimov.


Buvayda futbol maktabi bilan bog'lanish uchun telefon: (+99899) 9997722 va (+99899) 9948457

Akmal Xolmatov murabbiylik faoliyatini boshlash arafasida

Vodiy futboli yulduzi, o'z paytida chiroyli o'yinlari bilan "Neftchi" muxlislarining yoqimtoyiga aylangan Akmal Xolmatov futbolchilik faoliyatini yakunlab murabbiylik kurslarida o'qishni boshlashga qaror qildi. Murabbiylik kurslarida o'qish uchun avvalo bolalar futbol klubida amaliyot o'tash lozim bo'ladi. SHuning uchun Xolmatov Toshkent shahar chempionatida o'z ishtirokini boshlagan 2006-08 yillarda tug'ilgan bolalar bilan haftada ikki marotaba standart vaziyatlardan qanday to'g'ri foydalanish kerakligi bo'yicha o'zining ko'p yillik tajribasi bilan o'rtoqlashadi. Bilasiz, Akmal Xolmatov jarima zarbasi bergan chog'da to'p ko'p hollarda raqib darvozasi to'ridan o'rin olardi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика