So’nggi yangiliklar

23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  0 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  0 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  12 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  24 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  5 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  2 17:27Каннаваро: "Тимур Кападзе билан ўйин фалсафаларимиз ўхшаш"  31 17:23Ҳожимат Эркинов: "ОКМКда катта футболга мослашганман"  0

Odil Ahmedovni Xitoyga etib borganligi va o'quvchilarga murojaati Yangiliklar

Odil Ahmedovni Xitoyga etib borganligi va o'quvchilarga murojaati

Xabar berib o'tganimizdek, Odil Ahmedov tez orada boshlanishi kutilayotgan Xitoy Superligasida ishtirokini davom ettirish uchun chin yurtiga uchib ketgan.


Odil Ahmedov aynan koronavirus kasalligi boshlanganida Xitoydan ketishga majbur bo'ldi. Qizig'i shundaki, bu epidemiya butun dunyoni qamrab olgan bir paytda, u Xitoyda deyarli tugadi.


O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori bu haqda nima deydi?


Karantin haqida

Biz aynan shu kasallik tufayli chempionatni to'xtatishga majbur bo'lgan edik. Xitoyda barcha narsalar to'xtadi. Yakunda legionerlarga javob berildi. Orada BAAda mashg'ulot o'tdik. SHundan keyin men O'zbekistonda bo'ldim. Ammo yakka tartibda mashg'ulot qilishda davom etdim.


Ayni paytda uyda karantindaman

Xitoyga kelganimga ko'p bo'lmadi, bilasiz, boshqa yurt vakillari uchun eshiklar yopildi. Xalk va Oskar ham kecha so'nggi reysga ulgurishdi. Men esa individual mashg'ulot qilgan holda, uyda karantindaman. Bu borada bosh murabbiyimiz maxsus topshiriq bergan. Kundalik mashg'ulotlar, yakka tartibda bo'lsa-da davom etyapti. Xitoy chempionatiga aprel oyi so'nggida yoki may oyi boshlarida start berilishi kutilyapti.


Futbolsiz hayot...

Eng avvalo sog'liq. Futbolsiz qiyin, ammo barchamiz sog' omon bo'lsakkina ko'ngilga futbol sig'adi. SHunday ekan barcha etiborni karantin shartlariga qaratishimiz kerak. 


Xitoyda boshlangan kasallik, bugun O'zbekistonda

Men o'z ko'zim bilan ko'rdim. Xitoyda hukumat rahbarlari bergan topshiriqlarni 1.5 mlrd xalqqa ega yurt yo'q demay bajardi. Bu kasallikka eng yaxshi davo, bu uyda o'tirish. Hozir O'zbekistonda ham shu chora-tadbirlar yo'lga qo'yildi. Bunga shubhasiz amal qilish kerak. Agar ertaga ham ota-onamiz yonimizda bo'lishini istasak, ertaga ham farzandlarimiz bilan ko'chalarni aylanishni istasak, bugun uyda o'tiraylik. Meni oilam ham uyda o'tiribdi, Siz ham O'zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan topshiriqlarni bajaring, sabr qilib bu kasallikni birga engamiz!


Uyda bo'ling!

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика