Odil Ahmedov: "JCH-2018ga chiqsak butun O'zbekistonda bayram bo'ladi"
28 fev 2015 14:29
Yangiliklar
Odil Ahmedov: "JCH-2018ga chiqsak butun O'zbekistonda bayram bo'ladi"
"Krasnodar" yarim himoyachisi Odil Ahmedov "SE" nashriga nima uchun "Anji"da ko'p o'ynagani, Rossiya chempioni taklifini rad qilgani va butun O'zbekiston nimani orzu qilayotgani haqida aytib o'tdi.
"ANJI"
– Osiyo Kubogi-2011dan so'ng "Paxtakor" va arab klublari o'rtasidagi kelishuvni rad qilib Rossiya klubiga o'tganingiz rostmi? Yakunda "Anji"da paydo bo'lgandingiz.
– (Kulib.) SHunga o'xshash holat ro'y bergan. Menda ikkita variant bor edi – BAA va Saudiya Arabistonidan. Osiyo kubogi Qatarda bo'lib o'tgandi, biz uchinchi o'rin uchun bahsda yutqazib qo'ygandik. Juda xafa bo'lib Toshkentga qaytganman. Yakunda men Rossiyaga o'tganman. Aynan shu erda o'ynashni istardim.
– Nima uchun? Ko'p futbolchilar BAAda o'ynashni istashadiku. U erda yaxshigina maosh berishadi.
– U erda futbol o'zgacha. Haqiqiy erkaklar o'rtasidagi kurash yo'q, barcha jamoalar o'yinni to'pni egallab turish va individual harakatlar ustiga qurishadi. U erda dribling va fintlarni sevishadi, "podkat"larni emas.
– O'ylab ko'rsa yomon emasku.
– To'g'ri, lekin butun dunyoda boshqacha o'ynashadi. Xatto Osiyoda ham, faqat Evropada emas. O'ylashimcha, BAAda o'ynashga ulguraman, Rossiyaga o'tishga kech qolishim mumkin edi.
– "Paxtakor" sizni ijaraga berdimi?
– Ha, ammo "Anji" tez orada to'liq sotib olish borasida murojaat qildi. O'sha vaziyatda meni ketishimga qarshilik qilishmagani uchun Toshkent klubiga rahmat aytaman. Ular menga Rossiyada o'ynash imkonini berishdi.
ETO’O
– Barchani ajablantirishi mumkin bo'lgan klubga o'tganingizga darrov bildingizmi?
– Ha. Birinchi Roberto Karlos keldi, keyin – Jusiley va Tardelli, "Krasnodar"dan Laxiyalovni qaytarishdi, so'ngra "Anderlext"dan Bussufa sotib olindi. Yozda – Eto’O, Jirkov, Gabulov, Samba kabi futbolchilar kelishdi. Deyarli barcha transfer bozori vaqtida Maxachqalaga yulduzlar kelaverdi.
– Ko'pchilikning dardi pul edi.
– Jamoa ichida bu haqda emas, g'alabalar haqida o'ylar edik. Eng katta maqsad – chempion bo'lish edi. Bunday klubda ko'pchilik yutish uchun ham o'ynadi.
– Kim ko'proq esda qoldi – Eto’O, Roberto Karlos, balki, Jirkov yoki Denisov?
– Eto’O, albatta, o'z harakatlari bilan hayron qoldirdi. U jamoani birdamlikka chaqirdi. Klub mamurida uy yo'q edi, Samuel buni bilib qolib Maxachqalada uy olib bergandi. Uning tashabbusi bilan mukofot pullaridan oz-ozdan tashashib klub ishchilariga yordam berardi. Eto’O shunday narsalarga ko'p ahamiyat berardi.
– Denisov mashg'ulotlar vaqtida Eto’O bilan urishib qolgani haqida xabarlar chiqqandi. Aytishlaricha ruscha gapirmaydigan futbolchilar sizlarni atayin jarohat olishingizni istashgan ekan.
– Bunday narsa bo'lmagan. Siz aytgan narsalar to'g'ri emas.
– Gus Xiddinkdan qanday xotiralar qoldi?
– Yaxshi, pozitiv inson. O'z atrofidagi yaxshi muhit yarata oladi. Men uchun u katta murabbiy.
– Nima uchun "Anji" 2012/13 yilgi mavsumning malum qismida, 11ta o'yinda 12 ochko olib uchinchi o'rinni egalladi?
– Barcha jamoada ham yomon davr bo'ladi. O'sha paytda "Anji"da aynan shunday davr edi.
– Ko'pchilik bunga aybdor sifatida Xiddinkni ko'rsatishgandi. Qishki yig'inlarni noto'g'ri o'tkazgan deyishadi.
– Yo'q, shunchaki o'sha payt o'yinimizda pasayish bo'lgandi. Bahorgi ilk o'yinlarni omadsiz o'tkazdik. Keyin ochko keltiradigan o'yin namoyish eta olmadik. Yaxshiyam hech bo'lmasa medallarni qo'lga kiritgandik.
KERIMOV
– Tez orada "Anji" loyihasi yakuniga etdi. Jamoa buni sezarmidi yoki barchasi bir kunda ro'y berdimi?
– Bir kunda. Bir kun oldin barchasi oddiy edi, "Krilya"ni mag'lub eta olmaganimizdan keyin yangi hayot boshlangandi.
– Ikki hafta ichida "Anji"ni 10lab futbolchilar va tark etishdi. Siz esa qoldingiz?
– Klub va uning xo'jayini tufayli shunday qildim. Menga odamlar yaxshi munosabatda edilar, muammo paydo bo'lganida shunday keta olmasdim.
– Ketayotganlar bilan xayrlashish qanday kechgandi?
– Barchadan "Anji"da qolish yoki qolmaslikni aniqlab olishni so'rashdi. Yangi hayot boshlanganini, endi qiyin bo'lishini barcha bilardi. Agar kimgadir taklif bo'lsa yashirmaslikni so'rashdi. Varianti bor bo'lgan va ketishni istaganlarni qo'yib yuborishdi.
– Kerimov "Anji" loyihasi tugatilganidan so'ng jamoa bilan uchrashganmidi?
– U shaxsan vaziyatni tushuntirgandi.
– Nimalar degandi?
– Klubni rivojlantirish usulini o'zgartirishga qaror qilganini aytgan. Ortga qadam tashlab keyin oldinga qadam tashlashini malum qilgandi. Ushbu yo'lni birga bosib o'tishni istaganlar klubda qolishi mumkinligini aytgandi.
– Yakunda siz ham klubdan ketdingiz.
– "Anji" yakunda premer-ligani tark etgan. Barcha ketish kerakligini tushunib turardi.
GALICKIY
– CSKA sizga taklif bilan chiqqandi, ammo yakunda Natxoni sotib olishgandi. Nima uchun ECHLda o'ynaydigan klubga o'tmadinigz?
– Klub prezidenti tufayli.
– Sergey Galickiymi?
– Ha. U men uchun ko'p narsa qilgan. Aynan u meni klubga taklif qilgandi. Buni rad qila olmadim.
– Galickiy tomoshabop futbolni yaxshi ko'radi. Uning maqsadi doim bitta - avval chiroyli o'yin, keyin natija. Rossiya futboli haqida nima deya olasiz?
– Bu erda keskin kurashlar juda ko'p. Har bir o'yin – haqiqiy jang. Individual kuchli futbolchilar juda ko'p.
– "Krasnodar" bunday "jang"larda qanday omon qoladi?
– Bizda ham o'z uslubimiz bor, biz ham kerak bo'lsa keskin o'ynay olamiz.
– Krasnodarning iqlimi juda o'zgacha. Qaror qabul qilayotganda buni ham inobatga olganmisiz?
– Oilam xursand bo'lgan. Bolalarim menga qarab shunday deyishdi: Dada, biz endi xuddi Toshkentda yashayotgandekmiz. Krasnodar, albatta, Toshkent emas, ammo qishda issiq.
– Turmush o'rtog'ingiz va farzandlaringiz birga sayohat qilishadimi?
– Ular doim men bilan birga. Katta o'g'lim 4, kichkinasi 2 yoshda.
QOSIMOV
– O'zbekiston terma jamoasini "Alaniya" safida Rossiya chempioni bo'lgan, bizning yaxshi tanishimiz Mirjalol Qosimov boshqarib bormoqda. U o'yinchi sifatida juda kuchli edi? Murabbiy sifatidachi?
– Qattiqo'l, talabchan. O'zbekistonda Qosimovning avtoriteti juda katta.
– Nima uchun ikki karra Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Server Jeparov Rossiyaga o'tmayapti?
– Menimcha, Serverga Osiyoda o'ynash yoqadi. U Koreyada uchinchi klubga o'tdi, ikki yil Saudiya Arabistonida o'ynadi. Hamma ham Evropa va Rossiyaga o'tishni istamaydi. Osiyoda ham kuchli futbolchilar bor, barcha ham yangi sarguzashtlarni yoqtirmaydi. Osiyoda yaxshi maosh berishadi.
– Qishda Avstraliyada Osiyo Kubogi bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqa haqida gapirib bering?
– Juda qiziqarli musobaqa, tashkilotchilik yaxshi, ko'plab tomoshabinlar, TV orqali sifatli futbol. Har bir jamoada kuchli futbolchilar bor. Musobaqa juda yaxshi o'tdi. Faqat O'zbekiston Koreyada yutqazib qo'yib yarim finalga chiqa olmagani yomon bo'ldi. Biroq bizda ham yutuqlar bor. O'smir va yoshlar terma jamoalarimiz Jahon chempionatlarining doimiy ishtirokchilari bo'lib kelishmoqda. O'zbekiston yosh futbolchilarni tarbiyalamoqda, yaqin orada kuchli o'yinchilar etishib chiqadi.
– Ammo milliy terma jamoa JCH final bosqichiga chiqa olmayapti. Nima xalal bermoqda?
– Butun xalqimiz bizni Jahon chempionatiga chiqishimizni kutmoqda. CHiqa olmasligimizning sababini bilmayman. Bazan bizga omad kulib boqmayapti. Bazida ko'p ochko to'playmiz, ammo bizdan ko'proq ochko to'plagan jamoa paydo bo'ladi. Bazida esa Iordaniyaga penaltilar seriyasida 8:9 hisobida mag'lub bo'lamiz yoki FIFA Bahrayn bilan o'yinni bekor qiladi. Ammo biz o'zimizga ishonamiz. Umid qilamanki, 2018 yilgi Jahon chempionatiga chiqa olamiz. Saralashni yozda boshlaymiz. Agar buni uddalay olsak butun O'zbekistonda katta bayram bo'lardi.
– Agar "Krasnodar" CHempionlar ligasiga chiqsa, Toshkent va siz tug'ilgan Namanganda bunga etibor bo'ladimi?
– Albatta. Namangan "Krasnodar"ga muxlislik qiladi, butun O'zbekiston esa Rossiya futbolini diqqat bilan kuzatib boradi.
Narzulla Saydullaev tarjima qildi

Fikrlar