Odil Ahmedov yangi klubga ko'chib o'tdi
13 apr 2021 10:53
Yangiliklar
Odil Ahmedov yangi klubga ko'chib o'tdi
O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.
Yarim himoyachi Xitoy Superligasi ishtirokchisi "Canchjou Mayti Layons" klubi bilan shartnoma tuzdi.
Ushbu klub 2011 yil 25 fevral kuni tashkil etilgan. O'z uy o'yinlarini 31836 tomoshabinga mo'ljallangan "Cangzhou Stadium" stadionida o'tkazadi. Jamoani ayni paytda eronlik Afshin Gotbi boshqarib bormoqda.
Ushbu klub safida Ahmedovdan tashqari Muriki (Braziliya), Adama Diomande (Norvegiya), Andre Sengor (Senegal) va Stoppila Sunzu (Zambiya) kabi legionerlar ham bor.
"Canchjou" Superliganing 1-turini 21 aprel kuni safarda "Cindao Xuanxay"ga qarshi o'tkazadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar