Odil Ahmedov va "SHanxay SIPG" OCHL finalida o'ynamaydi! (+FOTO)
18 okt 2017 17:32
Yangiliklar


Odil Ahmedov va "SHanxay SIPG" OCHL finalida o'ynamaydi! (+FOTO)
"Urava Red Daymonds" hamda "SHanxay SIPG" o'rtasidagi Osiyo CHempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvi yakunlandi.
Xitoyda bo'lib o'tgan birinchi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan edi. Yaponiyadagi javob o'yinida faqat bitta gol urildi. 11-daqiqada burchakdan etkazib berilgan to'pni Rafael Silva boshi bilan "SHanxay SIPG" darvozasiga yo'llab, hisobni ochdi va bahs 1:0 ko'rinishida yakuniga etdi. Uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to'liq ishtirok etdi va bahs oxirida sariq kartochka olishga ham ulgurdi.
OCHL, yarim final. Javob uchrashuvi
"Urava Red Daymonds" - "SHanxay SIPG" 1:0 (umumiy hisob 2:1)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar