Odil Ahmedov "Tianjin Teda" bilan shartnomasini ikki yilga uzaytiradi
11 noy 2020 19:25
Yangiliklar
Odil Ahmedov "Tianjin Teda" bilan shartnomasini ikki yilga uzaytiradi
O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov yana ikki yil Xitoy Superligasida to'p tepadi.
Tajribali yarim himoyachi "Tianjin Teda" klubi bilan shartnomani yana ikki yilga uzaytiradi. Bu haqda championat.asia sayti xabar berdi. Ayni paytda Odil Ahmedov O'zbekistonda bo'lib turibdi va sport formasini ushlab turish maqsadida "Navbahor" safida mashg'ulot o'tkazmoqda. Futbolchi oktyabr oyi oxirida otasi tufayli yurtimizga uchib kelgandi.
Malumot uchun, Ahmedov 2017 yildan buyon Xitoy Superligasida to'p tepib kelmoqda. 3,5 yil davomida "SHanxay SIPG" safida o'ynagan hamyurtimiz shu yil sentyabr oyi boshida "Tianjin Teda"ga ko'chib o'tgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar