Odil Ahmedov: Rubinga qarshi o'yin 6 ochkolik edi
08 apr 2015 08:49
Yangiliklar
Odil Ahmedov: Rubinga qarshi o'yin 6 ochkolik edi
Krasnodar yarim himoyachisi Odil Ahmedov Rossiya chempionati 22-turi doirasidagi Rubinga qarshi o'yindan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.
– Natija o'yinga mos bo'ldimi?
– Albatta, natija adolatli. Biz yaxshi o'ynadik, ayniqsa ikkinchi bo'limda. O'z futbolimizni ko'rsatdik. Oxirgi 4ta o'yinda yutgan Rubinga qarshi o'yinda buni amalga oshira olganimiz yaxshi. Bizga g'alaba juda kerak edi. Bu 6 ochkolik o'yin edi.
– Uchrashuv suniy maydonda o'tgani sizlarga qandaydir noqulaylik tug'dirdimi?
– Rubin uchun bu ustunlik berardi. Axir ular shu erda o'ynashadi, mashg'ulot o'tkazishadi.
– G'alaba goli urilgan vaqtda Rubin futbolchisi shifokorlardan yordam olayotgandi...
– Ikkinchi gol urilganda nima bo'lganini ko'rmay qoldim. Ammo vaziyatlarni kuzatib boradigan hakamlar bor, – deydi Ahmedov.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar