Odil Ahmedov Qatarga urgan golim hayotimni o'zgatirib yubordi
10 jan 2015 03:46
Yangiliklar

Odil Ahmedov Qatarga urgan golim hayotimni o'zgatirib yubordi
Har qanday yirik turnir paytida unda ishtirok etayotgan terma jamoalarning etakchi futolchilariga jurnalistlar tomonidan katta qiziqish bo'lishi tabiiy. SHunday vaziyatlarda ular futbolchilardan intervyu olishga shoshiladilar.
Osiyo Kubogi-2015 bahslari paytida OAV O'zbekiston terma jamoasi futbolchilariga ham katta etibor qaratib ulardan intervyu olishga harakat qilmoqdalar. Futbolchilar ham o'z navbatida jurnalistlarga nisbatan hurmat yuzasidan intervyu berishga qarshilik qilmayaptilar. KXDR terma jamoasiga qarshi o'yin oldidan mahalliy jurnalistlar O'zbekiston terma jamoasi etakchilaridan biri Odil Ahmedovdan intervyu olishdi. Quyida ushbu intervyuni to'lig'icha o'qishingiz mumkin.
-Odil, to'rt yil oldin Qatarda o'tkazilgan Osiyo Kubogi bahslarida musobaqaning ilk golini kiritgan edingiz. O'sha gol juda chiroyli bo'lgan edi. O'sha urgan golingizni hozir eslay olasizmi va umuman u siz uchun qanday ahamiyaga ega?
- Albatta eslayman. O'sha gol Qatardagi musobaqa davomida yana ham yaxshiroq o'ynashga va o'z kuchimga bo'lgan ishonchni ortishiga sababchi bo'lgan edi. Qolaversa, ushbu gol mening xayotimni o'zgartirib yubordi. O'sha goldan so'ng ko'pgina jamoalardan menga taklif tushdi. Yakunda esa Rossiya CHempionatiga yo'l oldim.
- O'sha urgan golingizni Yon Arne Riisening goliga o'xshatishadi. Bu haqda nima deya olasiz?
- Bu haqda sizdan endi eshitdim. SHunday bo'lsa ham, Riisega o'xshagan kuchli futbolchilarga qiyoslashlari yoqimli. Bu menga qo'shimcha kuch berishi mumkin.
- Xuddi shunday golni sizdan KXDRga qarshi o'yinda kutsak bo'ladimi?
- (Kuladi). Agar menda raqib darvozasiga gol urish uchun qulay imkoniyat bo'lsa, albatta undan foydalanishga harakat qilaman. Ertaga shunday vaziyat bo'lib qolsa gol urishga harakat qilaman, ammo xuddi shunday gol bo'ladi deb vada bera olmayman. Buni uddalash juda qiyin. Asosiysi - jamoa g'alabasi. Kim gol urishini esa farqi yo'q, jamoa manfaati birinchi o'rinda bo'lishi kerak.
- Aytingchi, uzoq masofalardan zarba berishni mashq qilyapsizmi?
- Mening poziciyamda o'ynaydigan futbolchi yaqin masofalardan ham, uzoq masofalardan ham zarba berishga tayyor bo'lishi kerak. Umuman, men ham darvoza tomonga zarba berishni xush ko'raman.
- O'zbekiston terma jamoasi Avstraliyadagi musobaqada o'z oldiga qanday maqsadlarni qo'ygan?
- Biz kamida Qatardagi natijamizni yaxshilashni istaymiz. Hozirda guruh bosqichi o'yinlari haqida ko'proq o'ylashimiz kerak.Undan keyingi bosqichdagi har bir o'yin esa finalga teng bo'ladi.
- Agar O'zbekiston Osiyo Kubogida g'alaba qozona olsa, bu siz uchun qanday ahamiyatga ega bo'ladi?
- Biz buni juda istaymiz. Terma jamoa esa, ushbu orzuga erishish uchun bor kuchini ishga soladi. Osiyo Kubogini yutishni albatta hamma istaydi. Bu Osiyo qitasida to'p suradigan har qanday futbolchi uchun sharaf. Biz bu turnirda g'alaba qozona olsak, bu O'zbekistonning har bir fuqarosi uchun bayram bo'lar edi.

Fikrlar