Odil Ahmedov Osiyo kubogida qaysi mamlakat termasi hayratga solganini aytdi
03 fev 2024 14:09
Yangiliklar
Odil Ahmedov Osiyo kubogida qaysi mamlakat termasi hayratga solganini aytdi
O'FA vice-prezidenti Odil Ahmedov Osiyo kubogida Tojikiston va Iordaniya terma jamoalarining o'yinidan hayratga tushganini aytdi.
“Meni birinchi navbatda qo'shnilarimiz Tojikiston terma jamoasi hayratga soldi. SHuningdek, Iordaniyaga ham shu fikrni bildirsam bo'ladi, ular qo'shnilarimizni taslim etdi va yarim finalga yo'l oldi. Ayniqsa Tojikiston terma jamoasi debyut turnirida ajoyib ishtirok etdi. Meni aynan shu jamoalar xayratga soldi”, — dedi Ahmedov.
Eslatib o'tamiz, Tojikiston Iordaniyaga mag'lub bo'lib, turnirning chorak final bosqichida tark etdi. Iordaniya esa yarim finalda Koreya Respublikasiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar