So’nggi yangiliklar

15:48Килиан Мбаппе Месси ҳақида: "Бу "митти" мен учун "GOAT" эмас"  4 15:14Ҳакамлар “Насаф”га яна ёрдам беришдими? Суперлиганинг 17-туридан ўрин олган ҳакамлик фаолияти таҳлили  15 14:44Ваниҳоят! "Челси" футболчисини ижарага бера олди  1 13:57Роналду мураббий бўладими? Криштианунинг ўзи бу саволга жавоб берди  4 13:26ОФК Техник қўмитаси Илёс Зейтуллаевнинг мураббийлик дипломи бўйича якуний хулосасини қабул қилди  0 12:53Флорентино Перес "Реал" учун янги дарвозабон топди. Кипернинг трансфер ҳуқуқи "Арсенал"га тегишли, аммо...  1 12:24"Барселона" ПСЖ ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи   5 11:56Аббосбек Файзуллаев ЦСКАдаги асосий муаммо ҳақида гапирди  4 11:21ЖЧ саралаши. Қирғизистон - Ўзбекистон учрашувида "VAR" бўладими?  1 11:03Дансо йўқ! Абдуқодир Ҳусанов учун йўл очилдими?   2 10:44ОЧЛда "Ал Ҳилол" ва "Ал Насср"га 3 тадан гол урган футболчи жамоаси билан янги шартнома имзолади  3 10:20"Рома" "Милан" футболчиси билан шартнома тузишга яқин  4 09:48"Реал Мадрид" тарихидаги энг қиммат трансферини амалга оширмоқчи  3 09:17Криштиану Роналду Евро-2024даги ўйини танқид қилинганига кескин муносабат билдирди  26 08:45"Барселона" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олади  2

Odil Ahmedov nima istayapti? Sodiq Ahmadaliev bilan batafsil suhbat Yangiliklar

Odil Ahmedov nima istayapti? Sodiq Ahmadaliev bilan batafsil suhbat

Odil Ahmedovni Namangan futboli yo'lida qilayotgan ishlarini ko'pchiligimiz yaxshi bilmaymiz.

 To'g'risini aytsam, o'zim ham bunchalik katta ishlar bo'layotganini kecha To'raqo'rg'onga borib bildim.

3 yil avval Namangan sport kollejiga 2004 yillarda tug'ilgan futbolchilarni ko'rikdan o'tkazgani Rauf Inileev va Dilshod Nuraliev kelishgan edi. O'shanda ular vodiydagi eng yaxshi 2004 yilda tug'ilgan bolalarni kollejga kiritib, Namangan viloyati bilan hamkorlikda ularni tarbiyalab kelayaptilar. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sardori aynan shu kollejda o'qiyotganini men ham yaqinda bildim. Yana 3 nafar futbolchi esa terma jamoaga nomzod ekan. Bu futbolchilar 2020 yil "Navbahor" farm klubi sifatida Namangan viloyati 2-ligasida qatnashishadi. Ularga "Lokomotiv" klubi jiddiy qiziqayotganini hamma bilib bo'ldi. Ammo Ahmedov va uning jamoasi endigi ishlar Namangan futboli rivoji yo'lida bo'lishini takidlab o'tibdi.

O'sha imtihonda men Dilshod aka Nuralievga 2001 yilda tug'ilgan futbolchilar orasida bitta yaxshi bola borligini aytgandim. Aknazarov Ulug'bek, Ortiqov Sodiq va Qayumboev Rasulbek degan bolalarni tavsiya qilgan edim. Buni qarangki, bu erda etiborsiz qolgan futbolchini Toshkentga olib ketishdi. 1 yil u erda Odil Ahmedov homiyligida o'ynadi, keyin "Navbahor" o'rinbosarlari tarkibiga chaqirishganida, indamay qaytarib olib kelishdi. Bu bilan nima demoqchiman, bunday futbolchilar juda ko'p O'zbekistonda. Kecha "Qo'qon-1912" darvozasiga 2ta gol urib "Paxtakor"ni g'alabasiga xissa qo'shgan SHohrux Mahmudxojiev yaqin-yaqindayam CHustdagi BO'SMda yurgan bola edi. Afsuski bunday namanganlik futbolchilar Respublikamizda serob.

Har yili o'tkazilinadigan "Odil Cup" musobaqasining finaliga viloyatimiz hokimi, Xayrulla Hayitboevich ham tashrif buyurdilar. Qizig'i shundaki, final o'yinidan keyin Viloyatimizning barcha futbolga oid insonlarini yig'ib, katta majlis o'tkazgan holda yangi topshiriqlarni berdilar. SHuhrat Mirxoldirshoev viloyat futbol associaciyasining yangi Vice-prezidenti etib tayinlandi. Odil Ahmedov esa bolalar futboliga yordam beradigan bo'ldi, To'raqo'rg'onda yangi qurib bitkazilgan O'zbekistondagi birinchi xususiy futbol akademiyani ko'rsangiz edi. Menimcha yaqin 5 yilda O'zbekistonning eng kuchli bolalar futboliga ega hududga aylanamiz.



Men tadbirdan keyin do'stimiz, ukamiz Odil Ahmedov bilan birga o'sgan Sodiqjon Ahmadaliev bilan loyiha bo'yicha suhbat qurdim.


"Odilning fikri hayoli Namanganda. SHuncha ish qilsada, ota - onasi va aka-ukalarining bari Namanganda yashaydilar. Unda Namangandan ketish fikri umuman yo'q. SHuning uchun bu erga jon kuydirib yotibdi. 5-6 yildan keyin Namanganga qaytsa, shu klubni OCHLning doimiy ishtirokchisiga aylantirish haqida o'ylayapti. Buning uchun hozirdan viloyatda bolalar futboliga katta etibor qaratib, o'rinbosarlar safiga yaxshi saviyadagi futbolchilarni etkazib berishni maqsad qilgan. Buning uchun poytaxtda katta maktab ochdik. Maqsadimiz, Namangandagi bolalarni endi o'zimiz poytaxtga olib borib, ularni "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv" yoki "Nasaf"ga emas, qaytib "Navbahor"ga olib kelish. Bu loyixamiz ish berishiga ishonaman. Muxlislar bizlarga ozgina vaqt bersinlar. 2020 yil o'rinbosarlar jamoasining o'yinidan rohat olasizlar. O'rinbosarlarimiz natija uchun emas, 17-19 yoshli futbolchilarni kashf qilish uchun maydonga chiqadilar. SHunda 2021 yilda "Navbahor"da kamida 2 nafar saviyali futbolchini ko'rishimiz mumkin bo'ladi", - deydi Sodiqjon.

- Mana shu ishlarni amalga oshishiga ishonasizmi?


- Aka, ishonmasak shu bazani qurarmidik, qancha mablag' ketdi. Hammasi bolalar uchun. Vodiyni futbolini sal boshqacharoq qilib rivojlantiramiz. Undan tashqari Xayrulla Hayitboevichdek hokimi bor viloyatda shu ishni bugun qilmasak, qachon qilamiz? Aynan viloyat hokimiyatining qo'llab-quvvatlashi bizni ishtahamizni ochib yubordi. Bilsangiz Toshkentdagi eng yaxshi bolalar o'rtasidagi musobaqalarni aynan, poytaxtdagi klubimiz amalga oshiradi. 2 yil ichida "Odil Junior" jamoasi katta yutuqlarga erishdi. Poytaxtdagi do'stimiz Nodirxo'ja bilan kelishib oldik, endi hamma yaxshi musobaqalar VODIYda bo'ladi. Bu bilan biz nimaga erishamiz, poytaxtga borishga imkoniyati yo'q jamoalarga o'yin amaliyoti beramiz. Eng sara futbolchilar terma jamoasini tuzamiz va bazamizda poytaxt va xorijdan tashrif buyuradigan murabbiylar bilan mashg'ulot o'tkazamiz. 3 yil ichida Namangan viloyatida kamida 100 nafar "S" va 30 nafar "B" licenziyasi bor murabbiylarni kashf qilamiz. Barchasi Evropadaka bo'ladi. 2008 yilda tavallud topgan o'zimizni to'raqo'rg'onlik darvozabon "Lokobol" musobaqasining 1 va 2 - bosqich o'yinlarida eng yaxshi darvozabon bo'ldi. Mana shunday bolalar "Navbahor" sharafini himoya qilsagina, pul uchun emas, or-nomus uchun maydonga chiqadilar.



- Qachon bizning klublar boqimandalikdan chiqadilar deb o'ylaysiz?


- Etibor qiling, klublarda yildan yilga byudjet kamayib borayapti. Afsuski bu bizni uyg'otmayapti. Hozirdan yaxshi futbolchilarni tarbiyalab sotish tizimiga o'tishimiz kerak. SHuning uchun ishni bolalar futbolidan boshlayapmiz. Ko'rasiz, 5 yil ichida "Navbahor" O'zbekiston Olimpiya, yoshlar va o'smirlar terma jamoasining negiziga aylanadi. Bu ishni bajarish juda qiyin, qarshiliklar ham yo'q emas. Ammo shu ishga bel bog'ladik.

- Akademiyaning ochilish marosimi qachonga reja qilingan.


- SHu yilning kuz faslida barchasi tayyor bo'lishi kerak. Hozir katta musobaqa ustida ishlayapmiz. "Milan", "Inter", "Roma", "Fiorentina", "Lacio" kabi klublarga taklifnoma yubordik, albatta bolalar jamoasiga. Agar ular taklifimizga rozi bo'lsalar, Namangan O'zbekistonga Evropadan bolalar TOP jamoasi tashrif buyurgan birinchi viloyatga aylanadi.



Farhod Umaraliev suhbatlashdi


Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика