Odil Ahmedov: "Navbatdagi bosqichda bizni juda kuchli raqiblar kutib turibdi"

Aziz Tukhtamuradov
30 mar 2016, 14:18
O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Odil Ahmedov Bahraynga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
O'yin qiyin bo'lishini oldindan bilardik. Chunki, Bahrayn bizning principial raqiblarimizdan hisoblanadi. Bizga natija juda zarur edi. Shu sababli, qo'ldan kelganicha harakat qilib o'zimizga kerakli natijaga erishdik", - deb so'z boshladi yarim himoyachi

Keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritganimizdan xursandmiz. Terma jamoa safida hech qachon oson o'yinlar bo'lmaydi. Navbatdagi bosqichda ham bizni juda kuchli raqiblar kutib turibdi. Oldimizga qo'yilgan maqsad - JCH yo'llanmasini qo'lga kiritish bo'lgani uchun istalgan raqibga qarshi faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

Raqib himoyada yaxshi o'yin ko'rsatdi. Asosan qarshi hujum orqali o'ynashga harakat qilishdi. Shu sababli, bizga biroz qiyin bo'ldi.

Filippinga qaraganda Bahrayn kuchliroq jamoa. Shu sababli, bugungi o'yin qiyinroq bo'ldi.

Ushbu bosqich haqida? JCH saralashining ushbu bosqichida dastlabki o'yinida mag'lub bo'lganimiz uchun har bir o'yinda g'alaba qozonishimiz zarur edi. So'nggi turgacha ham keyingi bosqich masalasi hal qilinmagandi. Shu sababli, juda qiziqarli o'yinlar bo'ldi.

Bahrayn terma jamoasi doimo O'zbekiston uchun noqulay raqib bo'lib kelgan", - deya o'z fikrlarini yakunladi Odil Ahmedov.



O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia