Odil Ahmedov: "Musobaqani 3 ochko bilan boshlash juda muhim edi"
10 jan 2019 11:51
Yangiliklar


Odil Ahmedov: "Musobaqani 3 ochko bilan boshlash juda muhim edi"
Osiyo Kubogi 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Ummon (2:1) uchrashuvidan so'ng jamoamiz sardori Odil Ahmedov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Juda ham qiyin o'yin bo'ldi, qiyin g'alaba. Kerakli g'alaba bo'ldi, chunki musobaqani 3 ochko bilan boshlash juda muhim edi. SHu bois g'alabadan xursandmiz. O'ylaymanki keyingi o'yinlarda bundan ham chiroyli o'yin namoyish etib, oldimizga qo'yilgan vazifani uddalaymiz.
Ketma-ket uchinchi Osiyo Kubogida gol urganimdan albatta xursandman. Asosiysi jamoamiz g'alaba qozonsa bo'lgani.
Navbatdagi o'yinimiz Turkmaniston bilan bo'ladi. Osiyo Kubogida ko'plab sensacion natijalar qayd etilmoqda. SHu bois hech bir o'yinda kim g'alaba qozonishini oldindan aytib bo'lmaydi. Turkmaniston bilan ham qiziqarli o'yin bo'ladi. Bundan ham yaxshi o'yinlarimiz hali oldinda", - deydi Odil Ahmedov.
Narzulla Saydullaev yozib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar