Odil Ahmedov: Krasnodar tarixiy g'alabani qo'lga kiritdi

Narzulla Saydullayev
27 noya 2015
Krasnodar yarim himoyachisi Odil Ahmedov Yevropa ligasi doirasidagi Dortmundning Borussiya klubiga qarshi o'yindan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirdi.

Shubhasiz, bu tarixiy g'alaba bo'ldi. Borussiya – Germaniyada eng kuchli ikkinchi jamoa. Albatta, bu har birimiz uchun muhim o'yin edi. Dortmundda yomon o'ynamagandik, ammo mag'lub bo'lgandik.

Bugun ham bor kuchimiz bilan o'ynadik va g'alabaga erishdik. Intilish va ishtiyoq evaziga uch ochkoni qo'lga kiritdik, – deydi Ahmedov.

Eslatib o'tamiz, ushbu g'alabadan so'ng Krasnodar Yevropa ligasi pley-off bosqichiga yo'llanma oldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com