So’nggi yangiliklar

22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  2 22:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Фламенго" – "Челси". Таркиблар аниқ!  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  33 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  44 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  2 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0 20:2332 ёшли Парти "Арсенал"ни тарк этади — Туркия клублари ҳаракатда  0 19:38"Ливерпуль" ҳимоя чизиғида ўзгариш кутиляпти — "Кристал Пэлас" ҳимоячиси рўйхатдаги асосий номзодлардан бири  0 18:41Мудрик антодопинг қоидаларини бузганликда айбланса, "Челси" уни судга беради  7 18:18Аморим Рэшфордга чиқиш эшигини кўрсатмоқда: МЮ уни "Реал"га таклиф қилди   3 17:51Жароҳатдан кейинги катта сакраш: "Барселона" ёш истеъдод учун курашмоқда  3 17:23Фабрегас Моратани "Комо"га таклиф қилмоқчи  2 16:56Кореяда хорижлик дарвозабонларга қўйилган тақиқ бекор қилинди  1 16:29Умиджон Эргашев: "ОКМК билан ўйинда бизни ғалабадан бошқа натижа қониқтирмайди"  1

Odil Ahmedov: “Krasnodar” Evropa ligasiga yo'llanma olish uchun kurashadi" Yangiliklar

Odil Ahmedov: “Krasnodar” Evropa ligasiga yo'llanma olish uchun kurashadi"

Rossiyaning "Krasnodar" klubi va O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov o'z fikrlarini bildirdi.

- Safardagi har ikki o'yinda Bahrayn hamda Filippinni yirik hisobda mag'lub etdinglar. Nima deb o'ylaysiz, bu holat futbolchilarimizning biroz hotirjamlikka berilishiga sabab bo'lmaydimi?

- Aslo yo'q. Bu futbol, unda har qanday natija qayd etilishi mumkin. So'nggi paytlarda kutilmagan natijalarga ko'p bor guvoh bo'lyapmiz. O'zi aslida uyda o'ynashdan ko'ra safarda o'ynash osonroq kechadi. Mehmon jamoa birinchi galda etiborini himoyaga qaratadi. Bunday holatda himoya qo'rg'onini yorib kirish qiyin kechadi. Safarda esa mezbonlar muxlislarning qo'llab-quvvatlashi natijasida istamagan holatda ham hujumga o'tadilar.

- Ham chempionat, ham Evropa Ligasida har ikki-uch kunda maydonga tushishingizga to'g'ri keldi. Jismoniy tomondan charchoq alomatlari sezilmayaptimi?

- Bizni oyoqqa turg'izadigan shifokor va massajistlarimiz bor. Ularning yordami bilan o'yindan o'yinga tiklanyapmiz. O'zimda charchoq alomatlarini sezmayapman. Uchrashuvga tayyorman.

- Evropa Ligasida CHexiyaning Sparta klubiga imkoniyatni boy berib qo'ydinglar. Buni kutilmagan natija sifatida qabul qildinglarmi? Umuman, g'alaba uchun nima etishmadi?

- Pragadagi o'yinda 0:1 hisobida yutqazdik. Mezbonlar darvozasini ishg'ol etish uchun imkoniyatlarimiz bo'ldi, lekin ulardan unumli foydalana olmadik. Javob o'yinida esa uchrashuv taqdirini bitta gol hal qilardi. O'sha golni biz qo'yib yubordik. SHundan keyin oldimizda ikkita to'p kiritish vazifasi turardi. Buni amalga oshirish nasib qilmadi. Boshqa tomondan bunga raqiblarimiz yo'l berishmadi. Goldan keyin yopiq futbol ko'rsatishdi. Endi Sparta ham juda kuchli jamoa. Buni ham tan olish kerak. Bejizga chexiyaliklar bizdan keyin Italiyaning Lacio jamoasini ham musobaqadan chiqarib yuborishmadi. Agar kuchsiz jamoa bo'lganida, chorak finalga Lacio yo'l olardi.

- Qura tashlash marosimidan so'ng ko'pchilik Krasnodarga nisbatan olganda kuchsiz raqib tushdi, degan fikrni ilgari surgandi. SHundan kelib chiqib, Sparta kutilganidan ham kuchli o'yin namoyish etdi, deb hisoblaysizmi?


- Haqiqatan ham Sparta kuchli jamoa. Evropa Ligasida kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Har bir chizig'ida individual kuchli futbolchilar jam bo'lgan. SHaxsan men Spartaning shu bosqichga etib kelganini kutilmagan natijaga yo'ymagan bo'lardim. Kuchsiz klub bo'lganida guruhdan chiqa olmasdi. O'zingiz guvohi bo'ldingiz, jamoa pley-off bosqichida ham yaxshi o'yin namoyish etyapti.



- Rossiya premer-ligasining hozircha so'nggisi bo'lib turgan turida o'ziga xos o'zbek derbisiga guvoh bo'ldik. Krasnodar o'z maydonida Vitaliy Denisov to'p surayotgan Lokomotiv klubini qabul qildi. Lekin o'ta muhim va principial uchrashuvda asosiy raqiblaringizdan biriga imkoniyatni boy berib qo'ydinglar. Mag'lubiyatni qanday izohlagan bo'lardingiz?

- O'yinda g'alaba qozonishimiz uchun bizga gol etishmadi. Bu o'yinda qaysidir jamoa yutishi kerak edi. Afsuski, bu jamoa Lokomotiv bo'ldi. Denisov uchun xursandman, lekin Lokomotiv uchun emas. Hisob 1:1 bo'lib turgan bir paytda darvozani ishg'ol qilganimizda, yakun biz uchun ijobiy bo'lardi. Ammo Samedovning goli vazifamizni qiyinlashtirib yubordi. O'zi hisobda ortda qola turib, Pereyraning golidan keyin muvozanatni tiklab olgandik. Ha, juda afsus qilishga arzigulik mag'lubiyat bo'ldi. Agar g'alaba qozonganimizda, turnir jadvalida 3-o'ringa ko'tarilib olardik. Birgina mag'lubiyat bizni 7-o'ringa tushirib yubordi.

- Keyingi turda jamoangiz Dinamo mehmoni bo'ladi...

- Umuman, chempionat yakuniga qadar o'tkaziladigan o'yinlarning hech biri o'tkinchi maqomida bo'lmaydi. Har bir uchrashuv qiyin kechishi aniq. SHu jumladan, Moskvada Dinamoga qarshi kechadigan o'yin ham. Lekin biz oxirigacha kurashamiz. Etarlicha o'yinlar bor. Bu uchrashuvlarda o'zimiz uchun kerakli bo'lgan ochkolarni yig'ib olamiz, deb o'ylayman. CHempionlar Ligasiga beriladigan yo'llanmalarni qo'lga kiritishimiz qiyin kechadi. Lekin kamida Evropa Ligasi yo'llanmalaridan birini qo'lga kiritishimiz shart. Bitta g'alaba bizni kuchli beshlikka qaytarishi mumkin. Endi ochko yo'qotishga va ayniqsa, mag'lub bo'lishga haqqimiz yo'q.

Kamoliddin Alimov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика