So’nggi yangiliklar

01:55"Челси" "Бетис"ни йирик ҳисобда мағлуб қилиб, Конференциялар лигасида ғолиб чиқди!  28 01:45U21 биринчилиги. "Сўғдиёна" "Бухоро"ни, "Навбаҳор" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  1 01:01Килиан Мбаппе "Реал"даги биринчи мавсумини баҳолади  3 23:31Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Францияга қарши ўйин олдидан йиғинларни бошлади  1 22:47“CAFA U-17 Championship 2025”. Ўзбекистон ўсмирлари Эронга қарши фантастик камбэк қайд этиб, финалга йўл олишди!  9 22:24Ямал "Барса" сафида 2031 йилгача ўйнайди! Супер юлдузнинг янги шартномаси ҳақида (мутолаа учун)  8 21:49"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб олишни истамоқда. Футболчи ҳам рози  2 21:25Лаутаро Мартинес "Барселона"га қарши жароҳат билан ўйнаганини айтиб берди  2 21:02Миллий терма жамоа Жаҳон чемпионати йўлидаги охирги йиғинни бошлади  6 20:42"Ман Юнайтед" Малайзиядаги йиғинда Жануби-Шарқий Осиё юлдузлар жамоасига ютқазди  2 20:20Марадона мухлислари футболчининг ўлимида айбланаётган шифокорга ҳужум қилишди  3 20:05Ўзбекистон миллий терма жамоасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ   5 19:45Игорь Сергеев: "Астойдил тайёрланамиз ва шунга монанд жанг қиламиз"  27 19:35Ислом Тўхтахўжаев: "БААдан байрамона кайфиятда қайтиш насиб қилсин"  12 19:25Францияга қарши ўйнайдиган Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  1

Odil Ahmedov ikkita savolga javob oldi, Abramov va Kapadze omad tiladi. O'zbekiston MTJ shifokori Abror Pirrievning yangi kitobining taqdimot marosimi o'tkazildi Yangiliklar

Odil Ahmedov ikkita savolga javob oldi, Abramov va Kapadze omad tiladi. O'zbekiston MTJ shifokori Abror Pirrievning yangi kitobining taqdimot marosimi o'tkazildi

Sportda jismoniy kuch bilan birgalikda aqlan ham harakat qilish muhim hisoblanadi. Aqlan fikrlashni rivojlantirishning eng samarali usuli kitob mutolaasidir.

Kecha poytaxtimizda joylashgan "Regal stage hotel" mehmonxonasida O'zbekiston milliy terma jamoasi shifokori Abror Pirrievning "Sayr ham sayr, sport ham..yoxud terma taqim tabibining taassurotlari" qissalaridan iborat "Marokashning maroqli va mahzun manzaralari" nomli birinchi turkum kitobining taqdimotiga bag'ishlangan marosim tashkillashtirildi. Mazkur kitob haqida qisqacha to'xtaladigan bo'lsak, Abror Pirriev milliy terma jamoamiz bilan Marokashga uyushtirgan safaridagi qiziqarli voqealar, taassurotlar va jamoadagi muhit, maydondan tashqaridagi holatlar, u erda bo'lgan xodisalar haqida so'z yuritadi. Hususan yig'in davomida bo'lib o'tgan Senegal va Marokashga qarshi o'yin oldi jarayonlari, Kasablankadagi sarguzashtlar borasidagi savollarga ham mazkur kitobdan javob olishimiz mumkin bo'ladi. 

"Ko'pchilik bilsa kerak uzoq yillardan beri futboldaman. Milliy terma jamoamizda shifokor sifatida faoliyat olib borayotganimga ham o'n yildan oshdi. Terma jamoa bilan ancha yillardan beri turli safarlarga bordik. Olis mamlakatlarga borganimizda chiroyli taassurotlar qoladi. SHularni adabiyot ahliga, futbol jamoatchiligiga kitob tarzida etkazish niyati bo'lar edi. Borgan joylarimda ko'p narsalarni ko'rishga va kuzatishga harakat qilganman. Uchrashuvlar arafasida vaqt ziq bo'lardi, o'zimizning kun tartibimiz bor. SHunga ham qaramasdan mamlakatning muqaddas qadamjolarini, etiborga loyiq joylarni ko'rishga ulgurardik. O'sha erlardan olgan taassurotlarimni, qiziqarli voqealarni, qog'ozga tushirib yozib borardim. Birga bo'lgan jamoa, insonlar, undagi ichki muhit kabilarni turkum qissa sifatida yozishga kirishdim. Nomi ishqibozlarga tushunarliroq bo'lishi uchun ham,"Sayr ham sayr, sport ham...yoxud terma taqim tabibining taassurotlari". Taqim - turkchadan olingan bo'lib jamoa degan manoni beradi. Agar hammasini jamlaganimizda katta kitob bo'lardi.

SHuning uchun har bir borilgan manzilni  alohida kitob qilib yozishga qaror qildim. Ularning birinchisi ushbu kitobda "Marokashning maroqli va mahzun manzaralari" deb nomlangan hikoyalardan iborat. "Tunisning totli taassurotlari" degan ikkinchi turkum kitob ham nashrga tayyorlanmoqda. Bundan asosiy maqsadim nima, futbol ixlosmandlari ko'p narsalarni, borgan joylarimizdagi voqealardan bexabar qolishadi. Mana shu kitob orqali ularga etkazishni maqsad qilganman. O'ylaymanki, ular uchun ham bu qiziq bo'ladi. Kitobdagi 95 foiz bo'lgan narsalar. Faqat besh foizi badiiy ishlov",- deydi Abror Pirriev. 


 Anjumanda taniqli yozuvchilardan Xalqaro CHingiz Aytmatov akademiyasi akademigi Nurali Qobul, taniqli bolalar shoirasi Kavsar Turdieva, jurnalistlardan Murod Rizaev, Yoqubjon Bobojonov, Jamoliddin Bobojonov, Davron Fayziev, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov va jamoa sardori Odil Ahmedov, murabbiy Temur Kapadze, Islom To'xtaxo'jaevlar ishtirok etishdi va o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi. 

Vadim Abramov (O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi): - Aslida buni siz jurnalistlar yozishingiz kerak edi.(kuladi). Abrorga faqat va faqat omad tilayman. U ajoyib shifokor, endilikda mahoratli yozuvchi ham deyishim mumkin.

Odil Ahmedov (O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori): -  Bugun men ikkita savolimga javob oldim. Qaysi mamlakatga borsak Abror aka yo'q bo'lib qolardi, bu jumboqning javobini bugungi tadbirda topgandek bo'ldim. Milliy terma jamoaning telegramda o'z kanali bor, unda turli malumotlar berib boriladi. Tug'ilgan kunmi boshqa tantanami Abror aka chiroyli sherlar keladi. Bu meni o'ylantirardi, o'zlari yozarmikin yoki boshqaning sherini olib o'ziniki qilib olarmikin degan hayolga borardim. SHu ikki savolga javob topdim. Abror akaning ishlariga omad tilayman. Bundan ham katta yutuqlarga erishishlariga tilakdoshman. Endilikda safarga borsak boshqa bezovta qilmaymiz (kuladi).

Temur Kapadze (O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi): - Marokash yig'ini va terma jamoa boshqaruvi murabbiylik faoliyatimdagi ilk qadamlar sanalardi, o'ziga hos qiziqarli o'tgan. Ayniqsa Marokash va Senegal terma jamoalariga qarshi o'yinlar masuliyat ham yuklardi. Murabbiylar asosan jamoa bilan mashg'ul bo'ladi, ularni o'yinga tayyorlaydi. Aylanishlarga, tarixiy joylarga borishga, vaqtimiz bo'lmaydi. To'g'ri yo'lda, mehmonxona oldida ko'zimiz tushadi. Aniq kun tartibimiz bo'ladi. Abror aka shunga qaramay aylanishga vaqt topa olganlari men hayron qoldirdi. Albatta, bunday kitobning taqdimotida bo'lganimdan xursandman, juda ham yoqimli holat. Murabbiy sifatida ham men uchun bu kitob qiziq. 

Quyida tadbirdan olingan fotosuratlarni ko'rishingiz mumkin.

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика