Odil Ahmedov: "Hakam 2-3 vaziyatda hushtak chalmadi"
20 noy 2022 20:40
Yangiliklar


Odil Ahmedov: "Hakam 2-3 vaziyatda hushtak chalmadi"
O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi va O'FA vice-prezidenti Odil Ahmedov Rossiyaga qarshi kechgan o'rtoqlik bahsidan (0:0) so'ng o'yin haqida fikr bildirdi.
- Yaxshi o'yin bo'ldi, ayniqsa birinchi bo'limda.
- Bahs oxirida muxlislar hakamga qarata "pozor-pozor" deya baqirishdi. Bu Rossiya darvozasiga belgilanmagan penaltiga ishorami?
- SHunday bo'lsa kerak. Yana 2-3 vaziyatda hakam hushtak chalmadi. Penalti bo'ldimi yoki yo'q, aniq bilmayman.
- Lekin 5 haqamning ikkisi O'zbekistondan edi.
- Bosh hakam qozog'istonlik.
- Javob o'yini o'tkazilishiga qanday qaraysiz?
- Yaxshi bo'lard, biz Rossiya bilan o'ynashni judayam xohlaymiz. Munosib raqib" - deydi O'zbekiston futbol associaciyasi vice-prezidenti.
O’xshash yangiliklar
20:27
O'zPFL 4 klubning U21 jamoasi uchun maydonini qabul qilmadi, 1-turdagi 1 o'yin o'tkazilmaydi 3

Fikrlar