So’nggi yangiliklar

01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  8 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  22 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  7 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  4

Odil Ahmedov: Do'st og'ir paytda bilinarkan Yangiliklar

Odil Ahmedov: Do'st og'ir paytda bilinarkan

Yurtimizda bo'lgani kabi, Rossiya chempionatida ham ayni paytda tanaffus vaqti.
SHu munosabat bilan yaqin xorij klublarida to'p surayotgan ko'plab hamyurtlarimiz tatilni mamlakatimizda, o'z oilalari bag'rida o'tkazishmoqda. Ular qatorida milliy terma jamoamizning etakchilaridan biri Odil Ahmedov ham bor. U yaqinda o'zi tug'ilib-o'sgan Namanganda hordiq chiqarib qaytdii. Biz imkoniyatdan unumli foydalanish maqsadida Odil Ahmedov bilan suhbat uyushtirgandik. Quyida uning fikrlarini etiboringizga havola etyapmiz.

Taassurotlar va xatolar

- Yakuniga etgan 2013 yil menda qanday taassurot qoldirgani xususida to'xtaladigan bo'lsam, undagi eng salbiy jihat JCH-2014 yo'llanmasini qo'lga kirita olmaganligimiz bo'ldi. SHu sababdan olib qaraganda, 2013 yil milliy terma jamoamiz uchun omadsiz keldi. Lekin Osiyo kubogi - 2015 saralash bahslarini muvaffaqiyatli yakunlab, ushbu musobaqaning final bosqichiga yo'l oldik.

Bosh jamoamizning Braziliya mundiali yo'llanmasini qo'lga kirita olmaganligiga menimcha, Janubiy Koreyadagi o'yinda mag'lubiyatga uchraganimiz, qatarliklar bilan Toshkentda o'tkazilgan bahsda 2ta to'p etmaganligi sabab bo'ldi. To'g'risi, ko'pchilik, shu jumladan, men ham Janubiy Koreya terma jamoasining o'z maydonida eronliklardan mag'lubiyatga uchrashini kutmagandim. O'z o'rnida takidlash joizki, bizning ham qatarliklar darvozasiga 5ta to'p kiritishimizni ham hech kim kutmagan bo'lsa kerak.

Bilasizmi, bir kishini yomonlasangiz, u yomon bo'lib ketaveradi. Matbuotda ko'pchilik terma jamoamiz legionerlari o'z imkoniyatlari darajasida to'p surishmadi, deb aybni bizga to'nkashdi. Bu futbolni tushunmagan kishilarning gapi. CHunki hech qaysi futbolchi ataylab o'z imkoniyatidan past darajada o'yin ko'rsatmaydi, ataylab gol o'tkazib yubormaydi. Ayrim paytlarda murabbiy va futbolchilarni qo'llab-quvvatlashni ham bilish kerak. Biroq bizda buning aksi bo'ldi. Natijada tashqaridan bo'lgan salbiy tasirlar oqibatida terma jamoaning ichki muhitiga ham putur etdi.

So'nggi paytlarda terma jamoamizga bir qator istedodli yoshlar jalb etilishmoqda. Ular qatorida Sardor Rashidov, Jamshid Iskandarov va Davron Hoshimovlarni misol keltirish mumkin. Vohid SHodiev yosh futbolchi emas. Lekin terma jamoamizga ilk marta jalb etilganiga qaramay, qatorasiga 2ta o'yinda 2ta gol urishning uddasidan chiqdi. Hech kimning terma jamoadagi o'rni yuz foiz kafolatlanmagan. Yurtimizda iqtidorlilar ko'p va ular sekin-asta bosh jamoamizga jalb etilishmoqda.

 Klubi xususida

- Anjining omadsizligiga klubimizni birdaniga 15-16 nafar etakchi futbolchilarning tark etishgani sabab bo'ldi. Bundan tashqari, yaxshi tarkibni aniqlab olish uchun 3-4 oy vaqt talab etiladi. Anjining joriy mavsumdagi o'yinlariga etibor bergan bo'lsangiz, bizda maydonga har bir bahsda har xil futbolchilar tushirildi. Gadjievning qo'l ostida deyarli har bir o'yinda jarohatlar yuz berdi. Bundan tashqari, omad ham bizni chetlab o'tdi. Masalan, o'z maydonimizda Kubanga qarshi kechgan uchrashuvda (19-tur, 0:0) hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtda (90Q3da) penaltidan samarali tarzda foydalana olmadik. Aks holda o'sha o'yinda, joriy mavsumdagi ilk yutug'imizni nishonlagan bo'lardik. O'z o'rnida takidlash joizki, omadsiz uchrashuvlar biz - futbolchilarning ruhiyatimizga juda qattiq tasir o'tkazdi. Futbolda psixologiya ham juda katta rol o'ynaydi. Mabodo biz joriy mavsum boshidagi 2-3ta o'yinni o'z foydamizga hal qilganimizda, Anji bunaqa og'ir ahvolga tushib qolmasdi. Endi chempionatning bahorgi bosqichida klubimizning ishi yaxshi bo'lishiga umid qilamiz.

Kezi kelganida takidlash joizki, Anjida jahonning taniqli mutaxassislaridan biri Gus Xiddinkning qo'l ostida shug'ullandim, Eto~O, Lassana Diarra, Muborak Bussufa, Jusiley, Yuriy Jirkov singari bir qator jahon yulduzlari bilan birga to'p surib, ulardan professionalizmni o'rgandim.

Yana shunga ham oydinlik kiritib o'tish lozimki, mening Anjidagi afrikalik legionerlar bilan yomon munosabatda bo'lganligim, ular bilan kelishmovchilik kelib chiqqani, Igor Denisovning tarafimni olib, ular bilan mushtlashgani bo'lmagan gap. Denisov jamoamizdan o'z xohishiga ko'ra ketdi.

Afrikalik legionerlar bilan munosabatim doimo yaxshi bo'lgan. Mashg'ulotlar jarayonida esa hamma narsa ro'y berishi mumkin. SHeriging o'zi xohlamagan holda, senga nisbatan qo'pol o'yin namoyish etishi ham ehtimoldan xoli emas.

Matbuotda menga CSKA (Moskva), Zenit (Sankt-Peterburg), Krasnodar, shuningdek, Angliyaning Arsenal klublari qiziqayotgani xususida xabarlar bosildi. Lekin hozircha hech qanday rejam yo'q va dam olyapman. Har qanday taklifni shaxsiy agentim Ravshan Salimov ko'rib chiqadi. Keyin maslahatlashib, buni hal qilamiz. Biroq ochig'ini aytish kerak, Anjidan shunchaki ketolmayman. Boisi, klub prezidenti Sulaymon Kerimov meni ko'p marotaba qo'llab-quvvatlab, yaxshilik qildi. Birovning yuziga oyoq bosib ketolmayman. Bu insofdan emas. SHu sababli, menimcha, hammasini vaqt ko'rsatadi.

Jarohatim borasida to'xtaladigan bo'lsam, Evropa Ligasi doirasidagi SHerifga qarshi kechgan uchrashuvda (5-tur, 1:1) barmog'im singandi. Lekin Tomga qarshi kechgan uchrashuvda (18-tur, 0:2) o'sha barmog'imga ukol qildirib, maydonga tushdim. Davralar oralig'idagi tanaffusgacha shunday tarzda o'ynamoqchi edim. Ammo keyinchalik oyog'imga butsa ham sig'may qoldi. SHuning uchun shifokorlar bilan maslahatlashib, gips qo'ydirdik va ayni paytda uyda dam olyapman.

Klubimiz 8 yanvardan Turkiyada o'z o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi. Xudo xohlasa, o'sha erda jamoa tarkibiga qo'shilib, mashg'ulotlarga kirishaman.

O'tgan mavsumda 3-o'rinni egallagan klub bir yildan so'ng premer-ligani tark etsa, yarashmaydi. SHu sababli, iloji boricha jamoamiz elitadagi o'rnini saqlab qolishga intiladi.

To'g'risini aytadigan bo'lsam, shu paytgacha meni qo'llaydigan muxlislarim, tanishlarim ko'p, deb o'ylardim. Ammo ketma-ket jarohatlardan so'ng, faqat eng yaqin kishilarim yonimda qolishdi. Ayniqsa, ota-onam men uchun ko'p qayg'urishdi. Og'ir kunlarda kim do'st, kim dushmanligini ham bilib oldim.

Futbolchi bo'lganimdan hech ham afsuslanmayman. CHunki o'zim yaxshi ko'rgan sport turi bilan shug'ullanyapman, kasbimni sevaman. Jarohatlardan esa hech kim kafolatlanmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика