Odil Ahmedov bilan Anji, Krasnodar, MTJ va Namangan futboli haqida (I qism)
17 iyu 2014 14:19
Yangiliklar
Odil Ahmedov bilan Anji, Krasnodar, MTJ va Namangan futboli haqida (I qism)
Krasnodar bilan shartnoma imzolagan Odil Ahmedov, ikki kun davomida Krasnodarda bo'lib qaytgan futbolchimiz tibbiy ko'rikdan ham muvaffaqiyatli o'tdi.
Nima uchun Krasnodarni tanladim? Klub prezidenti Sergey Galickiy menga nisbatan juda yaxshi fikrlarni bildirib kelayotgani va ishonchi kattaligi uchun qolgan takliflarni rad etib shu klubda to'xtadim. Krasnodardan tashqari bir nechta arab jamoalari va Moskva klublaridan takliflar bor edi. Krasnodarni tanlashimga yana bir sabab, bu jamoa yoshlardan tashkil topgan va o'z akademiyasiga katta etibor beryapti. U erda yoshlarga yaratilgan sharoitlarni ko'rsangiz havas qilasiz, - deya gap boshladi Odil Ahmedov.
KRASNODARGA O'TISHI
- Galickiy haqida biz ham malumotga egamiz. Nima uchun u sizga yopishib oldi?
- Anji safiga borib qo'shilganimda Krasnodar endi kuchlilar qatoridan joy olgandi. U bilan shaxsan tanish emasman. O'yinlarimdan kelib chiqib jamoa rahbariyatinining ishonchini qozongan bo'lsam kerak. Keyin, har bir kishining o'ziga yoqadigan futbolchisi bo'ladi. Balki shuning uchun Krasnodar men bilan jiddiy qiziqdi.
- Yangi klubni tanlashdan oldin, raqib tarkibiga nazar tashladingizmi?
- Yo'q. CHunki ishonchning o'zi katta gap edi. Arab davlatlariga ketmaganim sababi, Rossiyani o'zidan takliflar ko'p bo'di. CSKAdan ham murojaat bilan chiqishdi.
- CSKAdagi taklif kim tomondan bo'ldi, murabbiymi yoki rahbariyat?
- Bunisini aniq bilmayman. Krasnodar esa meni o'z safiga qo'shish uchun Anjining barcha shartlarini bajarishga tayyor edi.
- Hamon Arsenal haqida gapiradigan muxlislar bor. Lekin yosh o'tar ekan, o'ynaydigan paytda boshqa mamlakat chempionatiga ketib, zaxirada o'tirib qolish to'g'ri bo'lmasa kerak.
- SHuning uchun ham birinchi bo'lib Rossiya chempionatidan tushgan takliflarni o'rganib chiqdim. Kuchli jamoada o'ynab, zaxirada o'tirishdan naf yo'q.
- Krasnodar katta futboldagi uchinchi jamoangiz bo'ldi. Men bir narsaga ahamiyat berdim, qaysi klubga bormang, siz klub rahbarlarining eng yaxshi ko'rgan futbolchisi bo'la olgansiz. O'z paytida Anjida Eto’O va Roberto Karlos o'ynagan paytda ham siz Sulaymon Kerimov uchun yaxshi futbolchi bo'lib qoldingiz. Bu ham bir omad bo'lsa kerak?
- Haqiqatdan ham, bu borada omadli futbolchiman. Paxtakorda to'p tepib yurgan paytlarim ham rahbariyat bilan juda yaxshi chiqishardim. Keyin Anjida shunday munosabatga uchradim. Mana endi Krasnodar. Albatta, rahbariyat ishonchi futbolchining muvaffaqiyatida katta rol o'ynaydi.
- Menimcha, maydondagi o'yin bilan bunday munosabatga erishib bo'lmaydi. Bo'lishi mumkin, jamoada sizdan zo'r o'yinchilar bor. Ammo munosabat ko'ngildagidek emas. Bu maydondan tashqaridagi xulqqa ham bog'liq bo'lsa kerak. Kamtarlik futbolda qanchalik muhim?
- Sizni hurmat qilayotgan kishiga, shunga javoban munosabat bildirish kerak. Hech qachon mahalla ko'y sizni futboldan keyin yaxshi o'yinchi deb gapirmaydi, yaxshi inson yoki dimog'dor kishi deydi.
- Futbol ichida yurib ko'ramiz. SHunday o'yinchilar bo'ladiki, rahbarga yoqish uchun oshirib yuborishadi…
- Kimdir rahbarimga yoqaman deb oshirib yuboradi, kimdir haddan tashqari kamtarligini ko'rsatish uchun, aksincha tushirib yuboradi. SHunchaki o'zida bor narsani ko'rsatish kerak. Undan ko'pi ham, kami ham ortiqcha. Futboldan tashqaridagi hayotda bosiq bo'lish kerak. Boy va kambag'alga bir xilda munosabatda bo'lish lozim.
ANJIDA QOLGAN YILLAR
- Anji safiga borib qo'shilganingizda, bu klubning katta loyiha bo'lishini bilmasdingiz. Yakunda ikki mavsum Evroligada ishtirok etdingiz. Joriy mavsum klubning quyi ligaga tushib ketganini inobatga olmasa, futbolchi sifatida nimalarga ega bo'ldingiz?
- Mening birinchi maqsadim Rossiyada o'zimni sinab olish edi. Haqiqatdan ham, Anji bunday darajaga chiqadi deb o'ylamagandim. Hammasi tezda bo'lib ketdi. Yaxshilik va yomonliklarga duch keldim. Eng muhimi, professionallikka o'rgandim. Rossiya chempionati va Evropa Ligasida katta tajriba oldim deb o'ylayman. Bu o'zim uchun foyda bo'lganini his etib turibman.
- 2012-13 yilgi mavsum yorqin xotiralarga boy bo'ldi...
- Uch yil ichida Rossiyada to'p tepib ko'plab quvonchli voqealarni ko'rdim. Evro Liganing birinchi o'yinini eslayman. Qattiq hayajon bosgandi. Gannover bilan o'yinda kuchli va yulduzli tarkib bilan to'p tepib g'alaba qozondik. Bularni mazza qilib eslaysiz. Lekin shunday jamoani quyi ligaga tushib ketishi achinarli. Menimcha, futbolning qizig'i shunda bo'lsa kerak.
- Anji nafaqat futbolchilarga, balki struktura jihatdan ham keng ko'lamdagi ishlarni amalga oshirganini ko'rdik. Ayniqsa matbuot xizmati klub byudjeti qisqarib, yulduzlar ketgan bo'lsada, xuddi avvalgidek ishladi.
- Birinchi ligada ham shunday ishlashlariga ishonaman. CHunki matbuotning futbolda tutgan o'rni katta. Buni ular juda yaxshi tushunadilar. Futbolchi cho'qqiga chiqishida jurnalistning mehnati katta. Oddiy arxivni to'playdigan kishilar ham shular.
- So'nggi uch yilda Anji o'z maydonidagi o'yinlarni ham safarda o'tkazdi. Yani, Moskvadan Dog'istonga qatnadi. Bu ham yakunda o'zining salbiy tasirini o'tkazdimi?
- Xuddi shunday bo'ldi. Statistikachilar buni ham hisoblab chiqishdi. Bir mavsumda uchgan parvozlarimizni hisoblasak, er sharini uch marta aylanib chiqar ekanmiz. SHunday vaziyatlar bo'ldiki, mashg'ulot o'tkazishimiz kerak bo'lgan paytlarni aeraportda o'tkazdik. Moskvadan Dog'istonga 3 soat uchamiz. U erdan qaytib, bir kun yotib ertasiga yana Evropa Ligasida tur o'yinini o'tkazish uchun uchishga to'g'ri kelgan. Aslida futbolchini charchatadigan ham shu.
KRASNODAR, HAYOT VA MEDICINA
- Krasnodarda ikki nafar etakchi futbolchi bor, Joazino va Vanderson. Ular haqida nima deya olasiz?
- Ularning ikkisi ham Krasnodarni orqasidan ergashtiradigan futbolchilar. Ularning biri jamoa to'purari, ikkinchisi esa juda kuchli driblingga ega o'yinchi. Ular bilan til topishib keta olaman degan umiddaman.
- Jismoniy futbolga yo'naltirilgan Rossiyada texnika kamdan kam ishlatiladi. Texnikaga ega futbolchi qiyinchiliksiz bir nechta futbolchini aldab o'tishini ko'rdim. Masalan, CSKAdagi Raximich.
- Bu erda azaldan shunday futbol hukmron. Agar haqiqatdan ham siz aytgandek, ham jismoniy tayyorgaligi, ham texnikasi yuqori futbolchi bo'lsa, raqiblarni aldab kirish muammo bo'lmaydi. Muhimi, yakka kurashlarda g'olib chiqib, to'p bilan muomala qilishni davom ettira olish kerak.
- Bu ham boshida sizga qo'l kelgandi. Ammo jamoaga yulduzlar kelganidan keyin to'pni tezroq oldindagi futbolchilarga oshirishga majbur bo'ldingiz. Krasnodarda ham shu uslubda to'p tepib ketishga qanchalik ishonyapsiz?
- O'zimda qanday xislatlar bo'lsa, shularni amalda qo'llamoqchiman. Bu uslub o'zimga ham yoqadi. Balki Galickiy aynan shu uslubimni ko'rib meni o'z jamoasida ko'rishni istagandir.
- Bu yil Krasnodar uchtalikka kirishga harakat qiladi. Puli bor klub g'alaba qozongan sari yana g'alaba qozongisi keladi. Bu bilan Krasnodar sobiq klubingiz holatiga tushib qolmasmikan?
- Yangi mavsumda uchinchi o'rin uchun kurashishni bildirishdi. Lekin Krasnodar katta summaga yulduzlarni taklif qilmaydi. Bu klubda asosan yoshlarga etibor qaratishni maqsad qilishgan. SHuning uchun Evropadagi eng yaxshi akademiyalardan biri qurilib, ishga tushirildi. Aslida Anjining ishi noto'g'ri emasdi. Agar bazi kishilar xato qilmaganida bunday yakun topmasdi.
Davomi bor...
Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi

Fikrlar