So’nggi yangiliklar

00:36Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда ўйинга мослашиш қийин кечди"  0 00:13Ҳаким Фузайлов: "Сурхон" ўз имкониятларидан унумли фойдаланиб кетди"  0 23:46Эрлинг Холанд "Ал Насср" йиғинига ташриф буюриб, у ерда Роналду билан учрашди  1 23:15"Атлетико" Галлахер трансферини ҳал қилди. Чоршанба куни – тиббий кўрик  0 22:36Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" – "Хоразм" 3:1. Highlights  0 22:35"Атлетико" Хулиан Альварес билан маош масаласида музокара ўтказмоқда. Трансфер ҳал бўлганича йўқ  1 22:00Ўзбекистон кубоги. "Хоразм"ни мағлуб қилган "Сурхон" ярим финалга йўл олди!  15 21:41Дани Ольмонинг "Барселона"га ўтиши аниқ бўлди! (Фабрицио Романо)  15 21:13Слот "Ливерпуль" нега янги ўйинчилар харид қилмаётганини тушунтирди  0 20:48Анчелотти: "Ҳозирги таркибимиз билан барча турнирларда қатнаша оламиз"  1 20:22Расман: 79 ёшли Мирча Луческу Руминия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  2 20:00"Барселона"га Кьезани таклиф қилишди  4 19:41Ибрагимович: "Мен табиат мўъжизасиман"  17 18:59"Арсенал" Габриэл билан янги шартнома имзолайди  1 18:36Адейеми "Ювентус" қизиқиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди   1

Odil Ahmedov: "Barcha masuliyatni to'liq his qilgan holda o'ynadi" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "Barcha masuliyatni to'liq his qilgan holda o'ynadi"

O'zbekiston - KXDR (3:1) uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"Uchrashuv qiyin kechishini oldindan bilardik. SHuningdek, birinchi davradagi SHimoliy Koreyada o'tgan o'yinda alamli mag'lubiyatga uchragandik. SHu boisdan bugun nima bo'lgan taqdirda ham g'alaba ishtiyoqida maydonga tushgandik. O'tgan galgi mag'lubiyat uchun munosib tarzda javob qaytara oldik. KXDR terma jamoasini juda sinchikovlik bilan o'rgangandik va ularni qanday o'ynashlaridan boxabardik. O'z niyatimizga etganimizdan benihoyat xursandmiz. Hisobda orqaga qolayotganimizga qaramay irodali g'alabani qo'lga kiritdik. Bugun butun jamoa bilan hamjihatlikda o'ynadik va juda muhim uch ochkoga ega chiqdik. Yutuqning asosiy omili deb g'alabaga bo'lgan katta ishtiyoqni aytgan bo'lardim. Muxlislarning ko'magi ham, ularning olqishlari ham bugungi g'alabaga sababchi bo'ldi. Ularga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Barchamiz masuliyatni to'liq his etgan holda o'ynadik va o'z maqsadimizga erishdik", - deydi Odil Ahmedov.


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика