So’nggi yangiliklar

16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  0 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  0 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  0 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  22 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  19

Odil Ahmedov: "Anji"ga pul uchun o'tmaganman" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "Anji"ga pul uchun o'tmaganman"

"Anji" sobiq yarim himoyachisi, ayni damda "SHanxay SIPG" sharafini himoya qilayotgan Odil Ahmedov Maxachkala klubida o'tkazgan vaqtlarni esladi.

"Anji"dagi qaysi damlarni ko'proq qo'msayman? O'sha yulduzli tarkibni yodga oling! Kim o'sha jamoaning asosiy tarkib futbolchisi bo'lishdan bosh tortardi? Har bir poziciyada mamlakatning eng kuchli sportchilari bo'lgan. Bolaligimda televizor orqali kuzatgan futbolchilar bilan birga o'ynash - bu hissiyotlarni so'z bilan tushuntirib bo'lmaydi.

"Anji" legionerlari hamda rossiyalik futbolchilar o'rtasidagi kelishmovchilik? Bazida shunaqasi ham bo'lardi. Igor Denisovning transferidan so'ng, u va franciyalik Lassana Diarra o'rtasida kelishmovchilik bo'lgan. Natijada bu ichki atmosferaga tasir ko'rsatgan. Hammasi nima bilan yakunlanganini barcha yaxshi biladi.

Voqealar rivoji boshqa tomonga burilganidan so'ng nega klubni tark etmadim? Boshqacha yo'l tuta olmasdim. "Anji"ga pul uchun emas, Rossiya chempionatida o'zimni ko'rsatish uchun o'tganman. Klub menga imkoniyat berdi, qanday qilib jamoani og'ir vaziyatda tashlab ketardim?" - deydi Odil Ahmedov.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика