OCHLdan so'ng Toshkentda qolib ketgan "Beyjing Goan"ning taqdiri nima bo'ldi?
11 noy 2021 16:33
Yangiliklar
OCHLdan so'ng Toshkentda qolib ketgan "Beyjing Goan"ning taqdiri nima bo'ldi?
Unda "Kavasaki", "Tegu", "Yunayted Siti", "Beyjing Goan", "CHonbuk Xyunday", "Gamba Osaka", "Tampines Rovers", "CHiangray Yunayted" jamoalari ishtirok etishdi.
Musobaqa yakunlangach barcha jamoalar o'z yurtlariga jo'nab ketishdi. Faqat Xitoyning "Beyjing Goan" klubi pandemiya sabab Toshkentda bir necha muddat qolishga majbur bo'lishdi. Musobaqaga yoshlar jamoasi bilan kelgan pekin jamoasi 2 oyga yaqin vaqt davomida poytaxtdagi mehmonxonada istiqomat qilishdi. "Beyjing Goan" jamoasi hali ham Toshkentdami? Bu savolga jamoa bosh murabbiyi quyidagicha javob berdi.
"Yo'q, men ikki oydan beri Pekindaman. U erda hali ham 9 kishi bor",- deydi Zoran Yankovich.
Tez orada ushbu mutaxassis bilan suhbatni etiboringizga havola qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting.
Abdulaziz Iskandarov
Fikrlar