So’nggi yangiliklar

22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  2 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  2 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  6 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  5 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  5 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  5 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  1 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  2

OCHLda porlashi kutilayotgan 8 futbolchi. Ular orasida hamyurtimiz ham bor Yangiliklar

OCHLda porlashi kutilayotgan 8 futbolchi. Ular orasida hamyurtimiz ham bor

Ertaga, 10 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasining navbatdagi mavsum guruh o'yinlariga start beriladi.

SHu munosabat bilan OFK sayti musobaqaga doir bir nechta qiziqarli malumotlarni berib boryapti. Quyida bu mavsum porlashi kutilayotgan 8 nafar futbolchini keltirib o'tamiz. Quvonarlisi shundaki, ular orasida hamyurtimiz Aziz G'aniev ham bor. 

Yaxshi bilasiz, Azizjon G'aniev yaqinda BAAning "SHabab Al Ahli" klubiga ko'chib o'tdi va endilikda ushbu jamoa sharafini himoya qiladi. 

1. Feras Al Brikan ("Al Nasr", Saudiya Arabistoni)

U-23 Osiyo chempionatida Saudiya Arabistoni ikkinchi o'rinni egalladi. Jamoa safida eng yaxshi futbolchilardan biri Feras Al Brikan bo'ldi. Uning Suriya darvozasiga kiritgan goli "Musobaqaning eng chiroyli goli" deb topildi. To'g'ri, "Al Nasr"da jamoa to'purari Abdurazzoq Hamdallah bor, lekin muxlislarning Feras Al Brikandan ham umidi katta. 


2. Kim Jin YA ("Seul FK", Janubiy Koreya)

U-23 Osiyo chempionatining yana bir kashfiyot futbolchisi Kim Jin YA hamyurtimiz Ikrom Aliboev bilan bitta klubda o'ynaydi. Kim Jin YA U-23 Osiyo chempionatida koreyaliklar safida barcha uchrashuvlarda maydonga tushib to'liq harakat qildi. 


3. Mehdi Gaedi ("Istiqlol", Eron)

Mehdi Gaedi haqida iliq fikrlar bildirilyapti. Hatto uni "eronlik Neymar" deyayotganlar ham yo'q emas. Gaedi bu mavsum "Iqtilol"ning asosiy futbolchilaridan biri bo'lishi kutilyapti. OCHL pley-off bosqichida Qatarning "Al Rayan" klubi bilan kechgan bahsda Mehdi Gaedi raqib darvozasiga ikkita to'p kiritdi. 


4. Aziz G'aniev ("SHabab Al Ahli", BAA)

21 yosh futbolchi yaqinda BAAning "SHabab Al Ahli Dubay" klubiga ko'chib o'tdi. Ikki yil oldin U-23 Osiyo chempionatida porlagan G'aniev bu yilgi musobaqada ham yorqin o'yin namoyish etishga harakat qildi. Natijada uning o'yini arablarga maqul kelib, "Nasaf" yarim himoyachisini o'z saflariga qo'shib olishdi. 


5. Nikolas D'Agostino ("Pert Glori", Avstraliya)

Bu futbolchini ham yaxshi taniysiz. U-23 Osiyo chempionatida 3-o'rin uchun kechgan bahsda bizga gol urgan hujumchi. 2019 yilning o'rtasida "Brisben Roar"dan "Pert Glori"ga ko'chib o'tgan futbolchi Osiyo chempionlar ligasida ilk golini urgan payt 18 yoshda edi. U OCHLdagi birinchi golini 2017 yil kiritgan. 

SHuningdek, bu yil porlashi kutilayotgan 8 nafar yosh futbolchi qatoriga Ju CHenjie ("SHanxay SHenxua", Xitoy), Ekanit Panya ("CHiangrai Yunayted", Tailand) hamda Yahyo Nodir ("Al Ayn", BAA) ham kiritilgan.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика